bunday pul hech bir firma yoki xonadonda bo‘lmaydi. 2009-yil
O‘zbekiston davlatining qo‘lida 10,8 trillion so‘m bo‘lib, bu YAIMning
23,0 foiziga teng bo‘ldi.
99
Budjet nima uchun kerak? Budjet davlatga o‘z vazifalarini bajarishi
uchun zarur bo‘ladi, chunki bu pul sarflashni talab qiladi. Shu pul
hisobidan davlat jamiyatga ijtimoiy xizmat, ya’ni ne’matlar yetkazib
beradi. Bular jumlasiga mudofaa, tinchlik va xotirjamlikni, ijtimoiy
tartibni ta’minlash, ommaviy obodonchilik va sanitariya-gigiyena
ishlarini bajarish, davlatni idora qilish, turmush xavfsizligini ta’minlash,
ekologik muhitni asrash, tabiiy boyliklarni himoya qilish, ommaviy
savodxonlikni ta’minlash, nochorlarga yordam berish kabi ishlar kiradi.
Bular uchun zarur pulni davlat soliqlar yordamida yig‘ib oladi.
Budjetga pul soliqdan tashqari boshqa pul to‘lovlari orqali ham keladi.
Masalan, O‘zbekistonda pensiya,
bandlik, ijtimoiy sug‘urta, yo‘l va
maktab fondi uchun ham korxona
va tashkilotlar davlatga pul o‘tka-
zadilar. Budjetga davlat mulkini
sotish yoki ijaraga berishdan, davlat
zayomlarini sotishdan kelgan pul,
davlat qo‘lidagi aksiyalarga tekkan
dividend shaklidagi va nihoyat
chetdan olingan qarz sifatidagi
pullar ham tushadi (10.1-rasm).
Davlatning daromadlari uning
sarf-xarajatlarini qoplash uchun kerak. Davlat xarajatlari 3 turda bo‘ladi:
1. Iqtisodiy xarajatlar. O‘zbekistonda iqtisodiy xarajatlar xalq
xo‘jaligi xarajati deb yuritiladi. Bularga moddiy zaxiralarni tashkil etish,
korxonalarga moliyaviy yordam ko‘rsatish, ishlab chiqarish va ijtimoiy
sohalarga pulni investitsiyalash, davlat qarzini to‘lash kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |