Korxonada kuzatuv tamoyili


Rejalashtirishning uzluksizligi


Download 21.9 Kb.
bet4/12
Sana08.01.2022
Hajmi21.9 Kb.
#246196
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KORXONADA KUZATUV TAMOYILI

Rejalashtirishning uzluksizligi ishlab chiqarishni va umuman, korxona faoliyatini tashkil etishning muhim tamoyili hisoblanadi. Bu tamoyil amalda joriy rejalarning istiqboldagi rejalar bilan, istiqboldagi rejalarning esa bashoratlar (prognoz) bilan bog’liq bo’lishida o’z aksini topadi. Boshqacha qilib aytganda, rejalashtirish qisqa muddatli tavsifga ega bo’lgan indikativ reja tabiatiga mos kelmovchi, yanvardan martgacha yoki martdan dekabrgacha, ya’ni “...dan” “...gacha” tamoyili asosida amalga oshirilmasligi lozim. Rejalashtirishning “...dan” “...gacha” tamoyilini inkor qilganda biz avvalo vaqt bo’yicha rejalashtirish uzilishining oldini olishni ko’zda tutamiz. Masalan, o’sha indikativ reja o’z davomiga ega bo’lishi, ya’ni korxona o’z faolitini yanvar-mart oylariga rejalashtirganda keyingi davrlarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan vazifalarni ham, albatta, bozor kon’yunkturasi, iste’molchilar manfaati va ishlab chiqarish holatlarining o’zgarishini ko’zda tutishi lozim. Bu vazifa asosan yil davomida amalga oshiriluvchi rejalarni aniqlashtirish va muayyanlashtirish yo’li bilan bajariladi.

Optimallik ham rejalashtirish tamoyillari qatoriga kiradi. Rejalar barcha ishlab chiqarish resurslaridan chiqitlar va yo’ldosh mahsulotlardan keng foydalanishni inobatga olgan holda iloji boricha ratsional va unumli foydalanishni ta’minlashi hamda yuqori natijalarga erishish uchun eng samarali yo’llarni tanlashi kerak.

Rejalashtirishning optimalligiga iqtisodiy-matematik usullar va elektron hisoblash mashinalarini qo’llash, rejalarning bir nechta variantlarini ishlab chiqish yordamida erishiladi. Ko’p variantlilik eng tejamkor reja varianti yoki korxona faoliyati dasturini tanlashga imkon yaratadi.




Download 21.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling