Korxonada marketingning funksiyalarining mazmun mohiyatiga ilmiy sharh
-rasm. Innovatsion va anʼanaviy marketing vositalarida mahsulotni
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
ZDIT17038
2-rasm. Innovatsion va anʼanaviy marketing vositalarida mahsulotni
siljitish pozitsiyasini belgilovchi “mahsulot-talab-marketing” matritsa Yuqoridagi xolatlarda koordinatamizning x va z oʻqlarini x1 va z1 ga siljitsak, u - oʻzgarishi quyidagicha boʻladi: 1.Anʼanaviy marketing(z1)–anaʼanaviy mahsulot(x1)→doimiy talab sharoiti (y1); 2.Anʼanaviy marketing (z1) – innovatsion mahsulot (x2)→yashirin talab (y2); 3.Innovatsion marketing (z2) - anaʼanaviy mahsulot(x1) → yashirin talab (y2); 4.Innovatsion marketing (z2)– innovatsion mahsulot(x2) → yashirin talab (y2); 5.Anʼanaviy marketing (z1)– innovatsion mahsulot (x2)→ doimiy talab sharoiti (y1); 6.Innovatsion marketing (z2)– anaʼanaviy mahsulot (x1) → doimiy talab sharoiti (y1); 7.Innovatsion marketing (z2)– innovatsion mahsulot (x2) → doimiy talab sharoiti (y1); Ushbu kombinatsiyalarning eng murakkabi innovatsion mahsulotni yashirin talab davrida innovatsion marketing vositalari yordamida siljitish hisoblanadi. Ammo anʼanaviy mahsulotni doimiy talab sharoitida anʼanaviy marketing vositalari yordamida siljitishning eng oddiy usuli sifatida qarashimiz mumkin. Marketing samaradorligini baholashga yondashuvlar xilma-xilligini hisobga olgan holda biz tadqiqotlarimizdan kelib chiqib, marketing faoliyati tarkibiy qismlarining alohida samaradorligini baholashni taklif etmoqdamiz. Biz taklif etayotgan yondashuvda marketing funksiyalari doirasida bajariladigan faoliyat yoʻnalishlarini alohida samaradorligi aniqlanadi. 1. Rejalashtirishdan oldingi tahlil samaradorligi: ¾ marketing tadqiqotlari, ¾ segmentlarga ajratish, joylashishni aniqlash va maqsadli bozorni tanlash. 2. Rejalashtirish samaradorligi: ¾ marketing rejalarining barcha turlarini (strategik, joriy, individual bozorlar sharoitida, mahsulotlar) ishlab chiqish samaradorligini baholash, marketing auditini oʻtkazish bilan sifatli amalga oshirilishi mumkin, ¾ ishlab chiqarilayotgan va yangi mahsulotlar boʻyicha (mahsulot markasi, servis darajasi, upakovka va b.q.) mahsulot siyosati samaradorligini aniqlash, ¾ narx siyosati samaradorligini aniqlash, ¾ tovar tarqatish kanallari samaradorligini aniqlash, ¾ siljitishning alohida usullarini baholash. 3. Korxona marketingining samaradorligi: ¾ marketing boshqaruvi tashkiliy tuzilmasining samaradorligi, ¾ marketing xizmatida vazifalar, javobgarliklar va huquqlarni taqsimlash samaradorligi, ¾ korxonaning boshqa boʻlimlari bilan marketing xizmatining aloqasi samaradorligi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling