Korxonada moliyaviy holatning nosog’lom ekanligi


Debitorlik va kreditorlik qarzlari balansini tuzish. Muddati uzaytirilgan qarzlarning vujudga kelish sabablari


Download 23.59 Kb.
bet2/2
Sana12.02.2023
Hajmi23.59 Kb.
#1191247
1   2
Bog'liq
manba 02

Debitorlik va kreditorlik qarzlari balansini tuzish. Muddati uzaytirilgan qarzlarning vujudga kelish sabablari.

Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalarning debitorlik va kreditorlik qarzlariga baho berishda ularni balans holatiga keltirib o’rganish ham mumkin bo’ladi. Debitorlik va kreditorlik qarzlari balansi ular orasidagi o’zaro tenglik nisbatini xarakterlaydi. Bunda debitorlik majburiyatlarining kreditorlik majburiyatlaridan ortib ketishi yoki aksincha holatlari ifodalanadi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrda 140-sonli buyrug’iga ko’ra tasdiqlangan buxgalteriya balansiga ko’ra quyidagi qatorlar kiritiladi:
Debitorlar tarkibiga:


  • xaridorlar va buyurtmachilarning qarzi (4000 dan 4900 ning ayirmasi);


  • ajratilgan bo’linmalarning qarzi (4110);


  • sho’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarining qarzi (4120);


  • xodimlarga berilgan bo’naklar (4200);


  • mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga berilgan bo’naklar (4300);


  • budjetga soliq va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari (4400);


  • maqsadli davlat jamg’armalari va sug’urtalar bo’yicha bo’nak to’lovlari (4500);


  • ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha qarzi (4600);


  • xodimlarning boshqa operatsiyalari bo’yicha qarzi (4700);


  • boshqa debitorlik qarzlari (4800).



Kreditorlar tarkibiga:

  • mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz (6000);


  • ajratilgan bo’linmalarga qarz (6110);


  • sho’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga qarz (6120);


  • soliq va majburiy to’lovlar bo’yicha kechiktirilgan majburiyatlar (6240);


  • olingan bo’naklar (6300);


  • budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (6400);


  • sug’urtalar bo’yicha qarz (6510);


  • maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarz (6520);


  • ta’sischilarga bo’lgan qarzlar (6600);


  • mehnatga haq to’lash bo’yicha qarz (6700);


  • boshqa kreditorlik qarzlari (6950 dan tashqari 6900).



Raqobatdosh iqtisodiyotda har bir xo’jalik subyekti o’z faoliyatini olib borish jarayonida, albatta, ma’lum darajadagi debitorlik yoki kreditorlik qarzdorlikka yo’l qo’yadi, chunki ishlab chiqarish korxonalarida mahsulotni yetkazib berish bilan uning to’lovi o’rtasida doimo ma’lum bir vaqt tafovutlari (farqlanishlar) bo’lishi tabiiy. Shu sababli ham debitorlik qarzlarining tarkibiy tuzilishini va ularning vujudga kelish muddatlarini o’rganib, tahlil qilib chiqish muhim hisoblanadi. Debitorlik qarzlari tarkibi deganda uning yuzaga chiqish qatorlari yoki o’rni tushuniladi. Korxona balansi bo’yicha uning quyidagi qatorlarini tarkiblab o’tganmiz. Xaridor va buyurtmachilardan bo’lgan debitorlik qarzlar, xodimlar bilan hisob-kitoblar bo’yicha debitorlik qarzlar, ish haqidan ajratmalar yuzasidan debitorlik qarzlar, soliqlar va turli boshqa to’lovlar bo’yicha debitorlik qarzlari va hokazo. Shuningdek, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari tarkibida muddati o’tgan, to’lov muddati kelgan va to’lov muddati o’tmagan majburiyatlarni a’lohida tarkiblash mumkin. Muddati o’tgan va to’lash muddati kelgan majburiyatlar alohidaalohida hisobga olinadi va boshqariladi. Muddati o’tgan debitorlik qarzlari «Debitorlik va kreditorlik majburiyatlari to’g’risidagi ma’lumotnoma»da alohida qatorlanadi. Ularning respublika ichkarisidagi korxonalar va respublikadan tashqaridagi korxonalar o’rtasida muddati o’tgan majburiyatlarga ajratish mumkin. Muddati o’tkazib yuborilgan majburiyatlar korxona moliyaviy holatini og’irlashtiruvchi asosiy sabab sifatida olinadi va muhim e’tibor beriladi. Tahlil etishda debitorlik qarzlarining hajmi, tarkibi hamda vujudga kelish muddati bo’yicha o’rganish asosida ularning holatiga, aylanuvchanlik darajasiga, debitorlik qarzlari bilan bog’liq bo’lgan moliyaviy holat ko’rsatkichlariga baho beriladi.
Erkin iqtisodiy munosabatlar sharoitida har bir xo’jalik sub’ekti o’z faoliyatini olib borish jarayonida albatta ma’lum darajadagi debitorlik yoki kreditorlik qarzdorlikka yo’l qo’yadi. Chunki, ishlab chiqarish korxonalarida mahsulotni yetkazib berish bilan uning to’lovi o’rtasida doimo ma’lum bir farqlanishlar bo’lishi tabiiydir. Shu sababli ham, debitorlik qarzlarining tarkibiy tuzilishini va ularning vujudga kelish muddatlarini o’rganib, tahlil qilib chiqish muhim hisoblanadi.
Debitorlik majburiyatlari tarkibi deganda uning yuzaga chiqish qatorlari yoki o’rni tushiniladi. Korxona balansi bo’yicha uning quyidagi qatorlarini tarkiblab o’tganmiz. Xaridor va buyurtmachilarga bo’lgan debitorlik majburiyatlari, xodimlar bilan hisob-kitoblar bo’yicha debitorlik majburiyatlar, ish haqidan ajratmalar yuzasidan debitorlik majburiyatlari, soliqlar va turli boshqa to’lovlar bo’yicha debitorlik majburiyatlari va h.k.
Shuningdek, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari tarkibida muddati o’tgan, to’lov muddati kelgan va to’lov muddati o’tmagan majburiyatlarni a’lohida tarkiblash mumkin.
Muddati o’tgan va to’lash muddati kelgan majburiyatlar alohida-alohida hisobga olinadi va boshqariladi. Muddati o’tgan debitorlik majburiyatlar debitorlik va kreditorlik majburiyatlari to’g’risidagi ma’lumotnomada alohida qatorlanadi. Ularning Respublika ichkarisidagi korxonalar va respublikadan tashqaridagi korxonalar o’rtasida muddati o’tgan majburiyatlarga ajratish mumkin. Muddati o’tkazib yuborilgan majburiyatlar korxona moliyaviy holatini og’irlashtiruvchi asosiy sabab faktori sifatida olinadi va muhim e’tibor beriladi.
Debitorlik majburiyatlarining aylanuvchanligi deganda qarz majburiyatlarining undirib olish muddati va ularning aylanish koeffitsenti tushuniladi. Bu bevosita bugungi yuzaga kelgan majburiyatning necha kundan keyin naqd pulga aylanish darajasini xarakterlaydi.
Debitorlik majburiyatlarining aylanuvchanligi sotishdan olingan tushumni debitorlik majburiyatlarining mavjud summasiga bo’lish asosida aniqlanadi.
Debitorlik majburiyatlarining mavjud summasini tahlil etish davrining kalendar kuniga ko’paytirish va sotishdan olingan sof tushum summasiga bo’lish asosida debitorlik qarzlarining aylanishlar kuni aniqlanadi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlarining tarkibi deganda ularning yuzaga chiqish qatorlari tushuniladi. Qatorlarning yagona tarkibini buxgalteriya balansining tegishli qatorlariga mos ravishda tuzib chiqish mumkin.
Debitorlik qarzlari: xaridor va buyurtmachilarning qarzi, ajratilgan bo‘linmalarning qarzi, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining qarzi, xodimlarga berilgan bo‘naklar, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar, byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, maqsadli davlat jamg‘armalari va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha qarzi, xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzi va boshqa debitorlik qarzlari.
Kreditorlik qarzlari: mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarga qarz, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar, olingan bo‘naklar, byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz, sug‘urtalar bo‘yicha qarz, maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz, ta’sischilarga bo‘lgan qarzlar, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarz va boshqa kreditorlik qarzlari.
Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik tahlilida qarzlarning tarkibi, muddati, hajmigagina emas, balki ularning balansiga ham muhim ahamiyat qaratiladi.
Download 23.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling