Korxonada personal auditining mohiyati, vazifalari va asosiy yo’nalishlari


Auditorlik faoliyatining maqsad va vazifalari tavsifidan kelib chiqib, uni quyidagicha tasniflash mumkin


Download 60.87 Kb.
bet10/22
Sana02.01.2022
Hajmi60.87 Kb.
#193674
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
Korxonada personal auditining mohiyati

Auditorlik faoliyatining maqsad va vazifalari tavsifidan kelib chiqib, uni quyidagicha tasniflash mumkin.


Auditorlik faoliyati



Auditorlik

tekshiruvlar






Auditorlik tashkilotlarining

professional xizmatlari











  • Majburiy auditorlik tekshiruvi






  • Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvi




  • buxgalteriya hisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va yuritish;

  • moliyaviy hisobotni tuzish;

  • milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o’tkazish;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini tahlil qilish;

  • buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menedjment va moliya-xo’jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati;

  • auditorlik faoliyatining milliy standartlarida nazarda tutilgan boshqa professional xizmatlar

Hisobot ma’lumotlarining ishonchliligini, birinchi navbatda, buxgalteriya balansi (1-shakl), moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (2-shakl), shuningdek boshqa hisobotlarning ishonchliligi va unda keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tasdiqlash (yoki tasdiqlamaslik) auditorlik xizmatining eng muhim vazifasi hisoblanadi.

Тa’kidlash joizki, buxgalteriya hisobotlari buxgalteriya apparati, boshqa iqtisodiy xizmatlar va korxona bo’limlari, hamda ishlab chiqarish bo’linmalaridagi ko’p sonli xodimlarning uzoq davom etgan va mashaqqatli mehnatlari natijasi hisoblanadi. Hisob axborotlari va ular asosida tuziladigan hisobotlarning ishonchliligi va sifati dastlabki hisobning qanday tashkil etilganligiga, hujjatlashtirish intizomining qanchalik mustahkamligiga va umuman korxona hisob siyosatining qay darajada malakali tuzilganligiga ko’p jihatdan bog’liq.

Buxgalterlik amaliyotini o’rganish shuni ko’rsatmoqdaki, ayrim korxonalarda buxgalterlar malakasi yetishmasligi oqibatida dastlabki hujjatlarga ishlov berish, guruhlash va buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri (yoki butunlay) aks ettirmasdan (asosan pul va hisob-kitob muomalalari), ularni devonxona papkalarida saqlab qo’yish bilan cheklaniladi. Natijada, hisobotlarni tuzishda ko’plab chalkashliklar, noaniqliklar, joriy hisob ma’lumotlari va hisobot ko’rsatkichlaridagi nomuvofiqliklar yuzaga keladi. Agar buxgalterlik hisobini tashkil etish va yuritishga talab darajasida e’tibor qilinganida, bunday chalkashliklar paydo bo’lmas edi.

shuning uchun buxgalterlik hisobining qay darajada tashkil etilganligi va yuritilayotganligini, buxgalterlarning malakasi va intizomini, dastlabki hujjatlarga ishlov berilish sifati va korxona moliya-xo’jalik faoliyati hamda uning natijalarini aks ettiruvchi buxgalterlik yozuvlarining to’g’riligini aniqlamasdan, yuqorida qayd etilgan asosiy vazifani hal etish mumkin emas.

Auditorlik tekshiruvlari ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish, korxonadagi tartib, mehnat va texnologik intizomni, tovar-moddiy zahiralarning omborlar va boshqa saqlash joylaridagi hisobi, mulklarning saqlanishi, hisob-kitoblar holati va korxona moliya-xo’jalik faoliyati hamda uning natijalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadigan boshqa ko’plab holatlarni qamrab oladi. shuning uchun auditorlik hisobotida korxona moliya-xo’jalik faoliyati va uning natijalariga bevosita ta’sir-ko’rsatadigan, hamda hisob ma’lumotlari va hisobot ko’rsatkichlari ishonchliligini pasaytirishiga olib keladigan, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishdagi katta kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar berilishi lozim.

shuningdek, O’zbekistondagi auditorlik faoliyati oldida turgan muhim vazifalardan biri – xorijlik hamkorlar tan oladigan auditorlik xulosasi berish qobiliyatiga ega, sertarmoq va professional darajadagi umummilliy auditorlik kompaniyalari tashkil etish hisoblanadi.

Audit - bu butun korxonani to'liq o'rganish va tahlil qilish, shuningdek, tekshirish davomida aniqlangan ortiqcha narsalarni yo'q qilishdir.



Auditorlik tekshiruvini o'tkazish uchun mustaqil sharhlovchi birinchi navbatda mijoz bilan uchrashadi va kelajakda kompaniya bilan amalga oshiradigan harakatlarini muhokama qiladi. Keyin u qayta ko'rib chiqishga kirishadi:

  • eski tekshiruvlarni ko'rib chiqadi va ularni tahlil qiladi,

  • yarashtirish mavjud pul tashkilotda va ularni bankdagi ko'rsatilgan ma'lumotlar bilan taqqoslasa,

  • korporatsiyaning barcha aktivlarini ma'lum bir raqamga yozib oladi va ularning buxgalteriya hisobida to'g'ri aks ettirilganligini tekshiradi,

  • barchasini baholaydi buxgalteriya faoliyati,

  • inventarizatsiya usullarini o'rganadi,

  • barcha etkazib beruvchilarning hisobotlari uchun eslatmalar,

  • uning tahlili asosida olib borilgan tadqiqotlarni sinovdan o'tkazadi.


Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining ikkinchi pog’onasi – auditorlik faoliyatining milliy standartlarini (AFMS) va boshqa me’yoriy hujjatlarni o’z ichiga oladi. Auditorlik faoliyati milliy standartlari (AFMS) – bu barcha auditorlik tashkilotlari o’zlarining professional faoliyatlari jarayonida rioya qilishlari lozim bo’lgan yagona asosiy tamoillardir. Standartlar O’zbekiston Respublikasi Moliyaviy Vazirligida Buxgalteriya hisobi, hisoboti va audit uslubiyoti boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilib tasdiqlanadi va Adliya Vazirligida ro’yxatga olinadi. O’zbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyati Milliy Standartlari (AFMS) Auditning Хalqaro Standartlari – AХS (International Standards of Auditing - ISAs) negizida ishlab chiqiladi va asosan auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish qoidalarini belgilaydi. Bu qoidalar moliya-xo’-jalik faoliyatining barcha sub’ektlarida bir xil qo’llaniladi.

Auditorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida auditorlik standartlariga rioya qilish audit sifatini va uning natijalari ishonchliligini kafolatlaydi.

Auditorlik standartlarining ahamiyati quyidagilardan iborat:

  • ularga rioya qilinganda auditorlik tekshiruvlarining yuqori sifatli bo’lishi ta’minlanadi;

  • auditorlik amaliyotiga yangi ilmiy yutuqlarni joriy qilishga yordam beradi;

  • muayyan vaziyatlarda auditorlar qanday ish tutishlarini belgilab beradi..

Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining shakllanishi va rivojlanishida professional jamoat tashkilotlari muhim o’rin tutadi.


Download 60.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling