Korxonalar buxgalteriyasida dasturiy ta’minotlar. Korxona
Download 22.24 Kb.
|
Akt atamalar lug\'ati
- Bu sahifa navigatsiya:
- KORXONALARGA PREFERENSIYA BERISH
- KORXONALARNI TEXNIK QAYTA QUROLLANTIRISH
- KORXONALARNING DAVLAT REESTRI
- KORXONANING BANKROTLIGI
KORXONA PERSONALI - umumiy tarzda mazkur korxona va tashkilotning barcha yollangan xodimlarini qamrab oladi va ular mutlaqo aniq vazifalarni bajaradilar.
KORXONA RESURSLARI - ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatishda foydalaniladigan resurslar bo'lib, ularni uch guruhga ajratish mumkin: natural yoki tabiiy resurslar, moddiy resurslar va inson resurslari. KORXONALARGA PREFERENSIYA BERISH - milliy iqtisodiyotda faoliyat ko'rsatuvchi korxonalarni moliyaviy qo'llab-quwatlash maqsadida ular tomonidan ishlab chiqarishga chet eldan olib kiriladigan xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, shuningdek, asbob-uskunalami olib kirishda boj to'lovlari va boshqa jarayonlar bo'yicha yengilliklar (imtiyozlar) berilishi. KORXONALARNI TEXNIK QAYTA QUROLLANTIRISH - ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, eskirgan qurilma va uskunalarni yangilash va almashtirish, ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini yaxshilash yo'li bilan korxonaning texnik darajasini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar majmuasi. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab chiqarish quwatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga yo'naltirilgan bo'ladi. KORXONALARNING DAVLAT REESTRI - soliq to'lovchilarni soliq inspeksiyasida hisobga olish uchun qo'llaniladi va xo'jalik yurituvchi subyektlarni identifikatsiyalashtirishni ta’minlaydi. KORXONANING BANKDAGI HISOBIDAN KO'CHIRMA korxonaning hisob-kitob, joriy va maxsus schyotlaridagi pul mablag'larining harakati haqida bank muassasasining yuborgan hujjati. KORXONANING BANKROTLIGI - korxona moliyaviy-xo'jalik faoliyatining nochorlikka yuz tutishi natijasida o'z qarz majburiyatlarini bajara olmasligi. Korxona xo'jalik sudining qaroriga ko'ra, rasmiy holda bankrot deb e’lon qilinadi. KORXONANING HISOB SIYOSATI - xo'jalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan qo'llaniladigan buhgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tuzish bo'yicha qoida va usullar yig'indisi. O'zbekiston Respublikasi hududida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning tashkiliy-uslubiy asosini 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to'g'risida’gi qonun, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida’gi nizom, o'z tarkibiga 21-sonli Buxgalteriya hisobi milliy standarti “Xo'jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo'jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo'llash bo'yicha yo'riqnoma”ni ham qo'shgan holda, buxgalteriya hisobiningmilliy standartlari vaboshqa normativ hujjatlar tashkil etadi. Hisobot yili uchun ishlab chiqilgan hisob siyosati korxona rahbari tomonidan tasdiqlangandan so'ng yuridik hujjat maqomiga ega bo'ladi. Download 22.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling