Korxonalar buxgalteriyasida dasturiy ta’minotlar. Korxona


KORXONANING INNOVATSION SALOHIYATI


Download 22.24 Kb.
bet3/5
Sana11.05.2023
Hajmi22.24 Kb.
#1451247
1   2   3   4   5
Bog'liq
Akt atamalar lug\'ati

KORXONANING INNOVATSION SALOHIYATI - korxonaning yangiliklarni joriy qilish yordamida bozor sharoitlarida faoliyatning samaradorligini oshirish maqsadida korxonaning o'ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadigan rivojlanish qobiliyati. Korxonaning innovatsion salohiyati ichki innovatsiya jarayonidagi barcha bosqichlaming (ijtimoiy mehnat va resurslarning sarf me’yorlari asosida) bir maromda kechishiga imkon beradi.

  • KORXONANING OPTIMAL HAJMI - mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko'rsatish) bo'yicha imzolangan shartnoma va majburiyatlarni o'z muddatida, eng kam xarajatlar bilan eng yuqori samaradorlikka erishgan holda bajarish imkonini beruvchi korxona hajmi.

  • KORXONANING SOF DAROMADI - korxona xodimlarining mehnati bilan yaratilgan qo'shimcha mahsulotning pulda ifodalanishi, mahsulotning sotish narxi qiymati bilan to'la tannarxi o'rtasidagi farq, korxona sof daromadi yalpi daromaddan mehnatga haq to'lash fondi tashkil etilgandan keyin qoladigan qismidir.

  • KORXONANING TASHKILIY MADANIYATI - xodimlar tomonidan umume’tirof etilgan va qat’iy amal qilinadigan qadriyatlar, qoidalar, odat-udumlar, ananalar majmuyi.

  • KORXONANING TIJORAT SIRLARI - korxonaning ishlab chiqarish, texnologiyalar, boshqaruv va boshqa turdagi faoliyati bilan bog'liq, oshkor qilinishi korxona manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan, davlat sirlariga aloqasi bo'lmagan ma’Iumotlar.

  • KORXONANING YALPI DAROMADI - yaratilgan mahsulotni sotishdan, turli pullik xizmatlar ko'rsatishdan, korxona ixtiyoriga tushadigan pul tushumlari yig'indisi (ya’ni yalpi mahsuloti)dan korxona moddiy xarajatlarini chegirib tashlaganda qolgan qismi. Korxona sof daromadi bilan ishchi, xizmatchilarga to'langan mehnat haqi birgalikda korxona yalpi daromadini tashkil etadi.

  • BUXGALTER - buxgalteriya qonun qoidalariga rioya qilgan holda savdo va hisobga olish daftarlarini yurituvchi shaxs


  • Download 22.24 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling