Korxonalar buxgalteriyasida dasturiy ta’minotlar. Korxona


Download 22.24 Kb.
bet4/5
Sana11.05.2023
Hajmi22.24 Kb.
#1451247
1   2   3   4   5
Bog'liq
Akt atamalar lug\'ati

BUXGALTERIYA BALANSI - korxona faoliyatining pul hisobidagi ko rsatkichlar tizimi. Hisobot sanasida mablag'laming sarflanishi, manbayi va maqsadini ta’riflovchi, jamlovchi jadvalda aks ettiriladi. Ikki qismdan iborat: chap tomoni aktiv, o‘ng tomoni passiv. Aktiv va passiv natijalari bir xil bo'lishi shart.

  • BUXGALTERIYA DAFTARLARI - sintetik va analitik hisobni hujjatlarga asosan qayd qilish.

  • BUXGALTERIYA HISOBI - korxonaning xo'jalik yuritish hujjatlari asosida yoppasiga, uzluksiz va o'zaro bog'liq holda xo'jalik faoliyatini qiymat ifodasida aks ettirishdir. Buxgalterlik hisobining predmeti korxonaning pul shaklida ifodalangan xo'jalik mablag'lari, ularning tashkil topish manbalari va xo'jalik jarayonlari hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi xo'jalik faoliyatini tahlil qilish, boshqarish va nazorat qilish vazifalarini amalga oshiradi. Quyidagilar buxgalteriya hisobi elementlari hisoblanadi: hujjatlar - xo'jalik operatsiyasi tugaganligi haqida yozma ma’lumot (guvoh)nomalar; inventarizatsiya mavjud moddiy qiymatlarni tekshirish (asosiy vositalar; pul mablag'lari; aylanma (oborot) vositalar). Bular ularning aslidagi mavjud holati va buxgalteriya hisobiga to'g'ri kelishini aniqlash maqsadida qilinadi; kalkulyatsiya (rejali va aslidagi); buxgalteriya hisobi schyotlari; ikkiyoqlama yozuv; balans. Bu elementlarning har biridan foydalanish amaldagi qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi.

  • BUXGALTERIYA HISOBI HUJJATLARI - xo'jalik yurituvchi subyekt tomonidan buxgalteriya hisobini o'tkazish jarayonida ma’lum talablariga rioya qilingan holda tuziladigan ma’lumotlarning moddiy ko'rinishidagi yig'indisi bo'lib, o'z tarkibiga quyidagilarni oladi: a) dastlabki hisob hujjatlari; b) erkin hisob hujjatlari; v) buxgalteriya hisobi registri (ro'yxati); g) ichki buxgalteriya oboroti ma’lumotlari.

  • BUXGALTERIYA HISOBI REGISTRLARI - buxgalteriya hisobi registrlari ikkiyoqlama yozuv qoidalariga muvofiq yuritiladigan jurnallar, qaydnomalar, daftarlar, tasdiqlangan blankalar (shakllar)dir.


  • Download 22.24 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling