Korxonalar iqtisodiy nochorligini baholash va tahlil qilish
Bankrotlikning hayot sikli
Download 205.78 Kb.
|
Korxonalar iqtisodiy nochorligini baholash va tahlil qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oyoqqa turish va faoliyatni kengaytirish
- Gullash, taraqqiy etish
Bankrotlikning hayot sikliTashkil topish va faoliyatni boshlash Oyoqqa turish va faoliyatni kengaytirish O‘sish, rivojlanish Gullash, taraqqiy etish Cho‘kish va sinish davri “Tashkil topish va faoliyatni boshlash”davrida yangi tovar bozorga tavsiya etiladi, tovarni bozor talabi kuzatilmaydi va sotish darajasi juda past bo‘ladi. Mazkur bosqichda ko‘proq tovar bilan tanishuvni ta’minlash lozim bo‘ladi. “Oyoqqa turish va faoliyatni kengaytirish” davrida korxonaning bozorga chiqishi va tovarlarni tavsiya etishi biroz jonlanadi, sotish hajmi bir oz o‘sishiga erishiladi, shu bilan birgalikda tovarlarga yangilik kiritish xarajatlari ko‘payadi “O‘sish, rivojlanish” tovarlarni sotish hajmi, bozorni solishtirma sig‘imi o‘sib boradi, raqobat kuchayadi va keskin tus oladi. Mazkur bosqichning asosiy vazifasi tovarlarni sotish hajmini va assortimentini oshirish hisobiga maksimal foyda olishga qaratiladi. “Gullash, taraqqiy etish” tovarlarni sotish hajmi, o‘sish darajasi eng yuqori (maksimal) darajaga ko‘tariladi, bozor ushbu mollar bilan haddan ziyod to‘yinadi, yangiliklarga oid xarajatlar kamayadi, ish hajmini bundan ortiq oshirib bo‘lmay qoladi. “Cho‘kish va sinish davri” tovar iste’mol uchun jozibadorligini yo‘qotadi, sotish hajmi, mahsulotning bozordagi sig‘imi tushib ketadi. Iqtisodiy nochorlik davomiyligi har bitta korxonada turlicha kechadi va yakun topadi. Bundan shunday xulosaga kelinadiki, har qanday korxonaning oxirgi manzili bu iqtisodiy nochorlik, bankrotlik ekan. Faqat ushbu davriylik har qaysi korxonada turlicha davriylikda kechadi. Ya’ni siklik jarayon bitta korxonada tezroq, bitta korxonada sekinroq kechadi.
Download 205.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling