Korxonalar jihozlari


-MAVZU:O‘simlik mahsulotlaridan zaharlanishlar Reja


Download 134.6 Kb.
bet11/15
Sana22.11.2023
Hajmi134.6 Kb.
#1794381
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Korxonalar jihozlari-fayllar.org

13-MAVZU:O‘simlik mahsulotlaridan zaharlanishlar
Reja:
1. O‘simliklar haqida malumotlar
2. Zaharlik o‘zimliklar haqida ma'lumotlar
Ba‘zi o‘simliklar ko‘rinishidan beozorgina bo‘lsa ham, aslida ularga tegishning o‘zi o‘lim xavfini chaqiradi. O‘simliklar dunyosida foydali o‘simliklar bilan bir qatorda zaharli o‘simliklar ham bor. Ana shu o‘simliklardan bir nechtasi haqida ma’lumot beramiz. Boisi, ayni yozgi ta’til davrida o‘g‘il-qizlar turli sayohatlar, oilaviy sayrlarga chiqishi mumkin. Shunday kezlarda ushbu biologik ma’lumotlarga ehtiyoj seziladi. Jumladan, sassiq alaf, mingdevona, belladonna, badiyoni rumi kabi o‘simliklar o‘ta zaharli hisoblanadi.
Sassiq alaf — daryo bo‘ylari va botqoq­liklarda tarqalgan bo‘lib, hamma joyi zaharli. Faqat ildizi shirin, xushbo‘y. U o‘zida silutoksin degan zaharli modda saqlaydi. Agar biror kishi bu o‘simlikdan zaharlansa, uning boshi og‘riydi, qayt qilgisi keladi, shilliq qavatlarda ko‘karish, tonik talvasalar kuzatiladi. Bu o‘simlikning zahari uzun­choq miya markazlariga ta’sir ko‘rsatadi. Zaharlanish ko‘p hollarda o‘lim bilan tugaydi.
Mingdevona — o‘z tarkibida giosiamin va skopopolamin tutadi. Urug‘i qizg‘aldoq urug‘iga o‘xshaydi. Iste’mol qilingandan keyin dastlabki soatdayoq zaharlanish alomati seziladi, ya’ni es-hush xiralashuvi, asab qo‘zg‘alishi, gallyusinatsiya holatlari paydo bo‘ladi.
Belladonna — bo‘sh yotgan joylarda, dala chekkalarida o‘sadi. Mevasi mayda olchaga o‘xshaydi, tarkibida atropin bor. 3-4 dona mevasidan yeyilgandan keyin ko‘ngil aynishi, alahlash, ko‘rish qobiliyatining buzilishi, qorachiqlarning kengayishi kabi alomatlar paydo bo‘ladi.
Badiyoni rumi — yo‘l yoqalarida, qarovsiz joylarda, chiqindixonalar yaqinida o‘sadi. Barglari petrushka bargiga o‘xshaydi. Poyasi va barglari o‘zida konin zaharini saqlaydi. Kasallikda asab sistemasi zaharlanadi, talvasa tutadi, nafas markazi falajlanadi.
Bu o‘simliklardan zaharlanishning oldini olish maqsadida o‘quvchilarga tushuntirish ishlarini olib borishimiz zarur. Bu kabi tadbirlarni bolalar yozgi sog‘lomlashtirish orom­gohlariga, dalalarga ekskursiyalariga borishidan oldin o‘tkazish maqsadga muvofiq.
O‘simliklarning zaharliligi ularda alkalond va glikozid kabi kimyoviy birikmalar mavjudligiga bog`liq. Zahar tarkibini kimyoshunoslar o'rganadi, siz esa ularning ta’sir etish usullarini bilishing kerak.
Ayrim o‘simliklar agarda ularga tegib ketsangizgina zarar yetkazadi, bunday zaharlanish tog’ridan-tog’ri zaharlanish deyiladi. Boshqa zaharlar qon orqali organizmga ta’sir etadi. Bularga misol sarguzasht romanlardagi "kurare” zahari. Uchinchisi esa oldin oshqozonga tushib, keyin qonga o‘tadi.
To‘rtinchi guruh zaharlar nafas olish yoilari orqali ta’sir etadi. Bunday zaharga ega o‘simliklarga tegmay turib ham nafas olish orqali zaharlanish mumkin. O‘simliklardagi zahar bir xilda taqsimlanmagan.
Ayrim hollarda zahar o’simlikning ildiz va urugiarida to‘planadi, boshqa hollarda butun tanasida: guli, poyasi, bargi, ildizi va mevasida bo`lishi mumkin.
Har bir o‘simlikning "zahar yig’ish mavsumi” bor, ayrimlari gullaganda, boshqalari gulidan avval yoki gulbarglarini to’kkandan keyin eng ko’p zahar yig‘adi, yana boshqalari mevasi pishganda. Ba’zi o’simliklardagi zahar miqdori tuproq va iqlimga bog'liqligini odamlar bilib olgan.
Markaziy Osiyoda zaharli o'simliklarning ko‘plab turi uchraydi. Ularning orasida eng xavflisi - akonitdirdir. U dunyo bo’yicha ham eng zaharli o‘simlik hisoblanadi. Unga qo‘l tegizmagan ma’qul.
Soyabongullilar oilasiga mansub beladonna, uy va ariqlar yaqinida o‘suvchi bangidevona, it petrushkasi, jumladan hammaga tanish boigan it uzumi zaharlidir. Soyabongulli o‘simliklaming makkorligi shundaki, ular qarindoshlari: sabzi, selderey, ukrop, petrushkalarga o‘xshab ketadi.
Ituzumdoshlar oilasiga mansub o‘simliklar o‘zlarining mevalari bilan zaharlidir. Sizlarga yana bir maslahatimiz: o‘z xavfsizligingizni o‘ylab, zaharli o'simliklarni tanishingiz, eslab qolishingiz va ularning qaysi qismi zaharli hisoblanishini bilishingiz kerak. Tabiatdagi o'simliklarni yig'ishda, ular orasida zaharli, odamlar va hayvonlar uchun juda xavfli bo'lganini unutmaslik kerak. Ularning ko'pchiligi kuchli dori -darmonlardir, lekin ularning dozasini bilish kerak. O'tmishning taniqli shifokori Paracelsus donolik bilan aytgan: "Faqat doz faqat moddani zahar yoki dori qiladi".Darhaqiqat, o'simlik zahari, agar keng miqyosda yig'ilsa, qisman kimyoviy, biologik qurollarning o'rnini bosishi mumkin ... va hatto ba'zi hollarda oddiy qurol. Hikoyalar borki, bag'ishlangan odamlar o'simlik zaharlarini g'ayriinsoniy maqsadlar uchun ishlatganlar, masalan, dushmanni yo'q qilishgan.Umuman olganda, dunyoda 10 mingga yaqin zaharli o'simliklar ma'lum, ularning ko'pchiligi tropikada, subtropikada o'sadi, lekin rus tuprog'ida deyarli har doim gullar va ko'katlar uchraydi, ular ma'lum sharoitlarda odamlarga zarar etkazishi mumkin. Shunchaki, biz ovqatlanmaymiz va barcha o'simliklarni qo'limizga olamiz - bu bizni oqibatlardan qutqaradi. Biroq, o'rmonga tashrif buyurganingizda, ayniqsa bolalar bilan, o'tlar orasida qanchalik katta xavf bo'lishi mumkinligini unutmang, chunki ko'pincha bolalar zaharli o'simliklardan zaharlanishadi.
Kutubxonadan o‘simliklar atlasini olib Markaziy Osiyoda о‘sadigan zaharli o'simliklarni bilib qo'ying. Ularga duch kelganingizda ehtiyot bo`ling!
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Zaharli o‘simliklar haqida malulot bering?
2. Qanday zaharlik o‘simliklarni bilib oldingiz?
:

Download 134.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling