Korxonalar moliyasi va ularni tashkil etish
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGIGA
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
1.KORXONA MOLYASI VA ULARNI TASHKIL ETISH111
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGIGA
BINOAN MAMLAKATIMIZDA XO'JALIK YURITISHNING QUYIDAGI TURDAGI TASHKILIY HUQUQIY SHAKLLARI MAVJUD: — davlat korxonalari; — xususiy korxonalar; — aksiyadorlik jamiyatlari; — mas'uliyati cheklangan va qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar; — xo'jalik shirkatlari va sh.k. Bundan tashqari, kichik biznes subyektlari, kasanachilik asosida faoliyat yurituvchilar, yakka tadbirkorlar ham bugungi kunda iqtisodiyotimizning hal qiluvchi bo'g'inlariga aylanib bormoqda. Yuqorida sanab o'tilgan tashkiliyhuquqiy shakllardagi korxonalar haqidagi umumiy qoidalar, ularning vakolatlari, mulkiy munosabatlari, ustav kapitalining shakllanishi, moliya xo'jalik faoliyati, bu faoliyat ustidan nazoratni tashkil qilish va shu kabi boshqa masala lar «Korxonalar to'g'risida»gi, «Aksiyadorlik jamiyatlari to'g'ri sida»gi, «Xo'jalik jamiyatlari va shirkatlari to'g'risida»gi, «Mulkchilik to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan belgilab berilgan. Davlat korxonalari - mulki to'liq yoki qisman davlatga qarashli bo'lgan mustaqil xo'jalik moliyaviy faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlar. Davlat mulkiga asoslangan korxona va tashkilotlarning quvidagi shakllari mavjud: budjet tashkilotlari; ulushida davlatning ishtiroki bo'lgan aralash mulkka asoslangan korxonalar, to'liq davlat unitar korxonalari. Aksiyadorlik jamiyati — ko'rsatilgan nominal qiymatiga teng aksiyalarning muayyan miqdoriga bo'lingan ustav fondiga ega bo'lgan hamda majburiyatlari bo'yicha faqat o'z molmulki bilan javobgar bo'ladigan jamiyatdir. Aksiyadorlik jamiyati ochiq va yopiq turda bo'lishi mumkin. Qatnashchilari o'zlariga tegishli aksiyalarini o'zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo'lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Ochiq turdagi jamiyat o'zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o'tkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir. Ochiq turdagi jamiyat o'zi chiqarayotgan aksiyalarga yopiq obuna o'tkazishga haqli, jamiyat ustavida va qonun hujjatlarida yopiq obunani o'tkazish imkoniyati cheklab qo'yilgan Mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining hozirgi bosqichidagi muhim masalalardan bittasi uning halqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini va jahon xo'jaligi aloqalaridagi faol ishtirokini ta'ininlashdir. Bu masalaning ijobiy hal etilishi, avvalo, bozor iqtisodiyotining asosi bo ’lmish turli mulkka asoslangan korxonalar faolivatining keng taraqqiyoti bilan bogliq. Keyingi yillar taraqqiyoti ko'rsatkichlari shundan dalolat bermoqdaki, «2009yilda O’zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o'sishi 8,1 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 9,0 foizga ko'paydi. qishloq xo'jaligidagi o'sish 5,7 foizni tashkil etdi, chakana savdo aylanmalari 16,6 foiz, aholiga puliik xizmat ko'rsatish 12,9 foizga oshdi». Bunday natija erishishda hukumatimiz tomonidan tadbirkorlikni, ishlab chiqarishni va xizmatlar ko'rsatish sohalarini qo'llab quvvatlash tadbirlarining amalga oshirilishi, ular faoliyatini ham haqiqiy, ham iqtisodiy. ham moliyaviy jihatdan rag'batlantirish choralarining ko'rilishi muhim omil bo ’lib xizmat qildi. Tijorat asosida faoliyat yurituvchi korxonalar moliyasi. Biz yuqorida tijorat hisobi asosida faoliyat yurituvchi korxonalar moliyasiga to'xtalib, barcha moddiy ishlab chiqarish korxonalari bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat hisobi asosida ish yuritadilar deb ta'kidlagan edik. Tijorat hisobi — xo'jalik faoliyati davomida amalga oshirilgan xarajatlarni va faoliyat natijalarini pul shaklida solishtirishga asoslangan xo'jalik yuritish usuli bo'lib, uning maqsadi eng kamxarajat qilib maksimum darajada foyda olish hisoblanadi. Tijorat hisobi tadbirkorlik faoliyatini davom ettirish va kengaytirish maqsadida so'zsiz foyda olish va yetarli rentabellik darajasiga erishishni nazarda tutadi. Tijorat siri — korxona uchun o'zining raqobatchilari oldida ustunlikka erishish va maksimum foyda olish uchun xizmat qiladigan har qanday konfidensial boshqaruv, iqtisodiy, ishlab chiqarish ilmiytexnik, savdo, moliyaviy va boshqa turdagi axborot. Tijorat hisobi asosida va tijorat sirining ta'siri sharoitida xo'jalik faoliyatini yuritish korxonalar moliyasini tashkil qilishga ham o’z ta'sirini o'tkazadi. Tijorat hisobi asosida ish yurituvchi korxonalar moliyasining o'ziga xos xususiyatlari to'liq moliyaviy mustaqillikka egaligi, xo'jalik subyektlaridagi moliyaviy munosabatlarga davlatning ma'muriy usullar bilan aralashuviga yo'l qo'yilmasligi subyektlarning ish natijalari yuzasidan, o'z majburiyatlarini o'z vaqtida bajarish yuzasidan real iqtisodiy javobgarligi, subyektlarning banklar, sug'urta kompaniyalari, davlat bilan tijorat asoslarini mustahkamlashga qaratilgan munosabatlariga kirishishida teng huquqli hamkor sifatida o'z manfaatlarini ko'zlagan holda moliyaviy operatsiyalarda ishtirok etishi Korxona moliyaviy resurslari. Ma'lumki, har qanday xo'jalik yurituvchi subyekt raqobatbardoshligiga uning moliyaviy resurslari harakatini samarali boshqarish orqali erishiladi. Moliyaviy resurslarning shakllanishi va ishlatilishi mexanizmi ularning mohiyatini tushunib olishni, amaliyotda moliyaviy menejment uslublari va ko'rsatmalaridan, Moliyaviy resurslar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlarini moliyaviy ta'minlashga qaratilgan pul mablag'larining bir qismidir. Korxonalar moliyasi tizimida tadbirkorlik kapitali degan tushuncha ham mavjud bo'lib, u korxona aylanmasiga solingan ushbu aylanmadan daromad keltiruvchi pul yoki «o’z hisobidan o'suvchi qiymat»dir. MOLIYAVIY RESURSLARNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY TAMOYILLARIGA QUYIDAGILAR KIRADI: - moliyaviy resurlar tarkibi va tuzilishi; - moliyaviy resurslaming tashkil topish manbalari; ~ moliyaviy resurslardan maqsadli foydalanish; - moliyaviy resurslar saqlanishini ta'minlash. Moliyaviy resurslar tarkibi va tuzilishi iqtisodiyotning tin 11 tarmoqlari va sohalari korxonalarida bir biridan farq qiladi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, moliyaviy resurslar ikki shaklda: fondlar tashkil etish orqali va fond tashkil etmasdan ishlatilishi mumkin Moliyaviy resurslar tashkil topishi va ishlatilishining birinchi shakli moliyaviy fondlar tashkil etilishining to'laligi, o'z vaqtidaligi va maqsadli ishlatilishini nazorat qilish nuqtayi nazaridan qulavdir Ikkinchi shakl esa moliyaviy resurslarning muhim xususiyati bo'Imish harakatchanlikni ta'minlaydi. Korxonalarda mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushumning taqsimlanishida birlamchi moliyaviy resurslar (amortizatsiya fondi, foyda va boshqalar) shakllanadi. Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish unumdorligi tufayli moliyaviy resurslar qayta taqsimlanadi: ularning ma' lum qismi budjet va budjetdan tashqari fondlarga ajratiladi. Umum davlat moliyaviy resurslari, o'z navbatida, qayta taqsimlanadi va ularning ma'lum qismi korxonalar ixtiyoriga kelib tushadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy resurslarning saqlanishi va maqsadli ishlatilishini nazorat qilish muammosi mulk egalari manfaatlari himoya etilishini ta'minlash bilan bog'liq. Shu nuqtayi nazardan moliyaviy resurslarni tashkil etish korxonada moliyaviy menejmentning bosh masalalaridan biridir. Bozor munosabatlarining taraqqiyoti sharoitida korxonalarning samarali faoliyatiga ularning ixtiyorida yetarli miqdordagi moliyaviy resurslarsiz erishib bo'lmaydi. Korxonalarda moliyaviy resurslarning vetarliligi uning hamkor sifatida mol yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarida to'lovga layoqatliligi garovi hamda xaridorlar oldida majburiyatlarini o'z vaqtida bajarish, budjetga va budjetdan tashqari fondlarga to'lovlarning va kreditlarning o'z vaqtida qaytarilishini ta'minlash kafolatidir. Darhaqiqat, moliyaviy resurslarning tashkil topish shakllari va usullari (daromadlar va tushumlar) ulardan foydalanish shakl- lari va usullari (pul mablag'lari fondlari) singari, korxona moliyaviy resurslari o'sishi uchun bir xilda muhim ahamiyatga ega. Biroq pul mablag'lari fondlari korxona moliyaviy resurslarini ishlatishning yagona yo'nalishi emas. Ularning bir qismi mazkur fondlar doiraviy aylanishining uzluksizligini ta'minlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, moliyaviy resurslar butunlay ishlatilmasligi yoki fondlar tashkil qilinmasdan ham ishlatilishi mumkin. Mahsulot yuklab jo'natish bo'yicha sotish operatsiyasini buxgalteriya hisobida aks ettiruvchi korxonalar moliyaviy resurslarining muhim manbayi bo'lgan foydaga ega bo'lishlari mumkin, biroq bu hali korxonaning budjetga, budjetdan tashqari fondlarga, mol yetkazib beruvchilarga to'lovlarining o'z vaqtida o'tkazilishini kafolatlamaydi. Shu jumladan moliyaviy tahlil, prognozlar tuzish va rejajashtirish kabi vositalardan fovdalanishni talab etadi. Shu jihatdan qaraganda, korxonalar moliyaviy resurslari mohiyatini o'rganish va ularning yanada samaraliroq harakatini tashkil etish yo'llarini qidirib topish xo'jalik amaliyoti nazariyasi uchun dolzarb ahamiyatga ega. «Moliyaviy resurslar» tushunchasini talqin etishda uning ichki mohiyatini, korxona mablag'lari doiraviy aylanishi jarayonidagi ahamiyatini hamda unga xos fuuksiyalarni ajratib ko'rsatish lozim. Korxona moliyaviy resurslari — kengaytirilgan takror ishlab chiqarish yuzasidan xarajatlarni amalga oshirishga, moliya kredit tizimi oldidagi majburiyatlarni bajarishga hamda xodimlarni moddiy rag'batlantirishga qaratilgan pul daromadlari va jamg'armalaridir. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling