Korxonalar moliyasi va ularni tashkil etish
— moddiy ishlab chiqarishda turli tuman, ko'p qirrali moliyaviy
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
1.KORXONA MOLYASI VA ULARNI TASHKIL ETISH111
— moddiy ishlab chiqarishda turli tuman, ko'p qirrali moliyaviy
munosabatlar yuz beradi, bunga turli mulk shakllarining mavjudligi tarmoq xususiyatlari, tabiiy iqlim sharoitlari kabi omillar ta’sir etadi; — moddiy ishlab chiqarish sohasi moliyasi ishlab chiqarish fondlarining shakllanishi, doimiy to'lib borishi, yangilanishi va o'sishini ta'minlaydi; — moddiy ishlab chiqarish korxonalari moliyasi mamlakat moliya tizimining boshlang'ich asosini tashkil qiladi; — moddiy ishlab chiqarish moliyasi yuqori aktivlikka, xo'jalik yuritishning barcha tomonlariga ta'sir etishning keng imkoniyatlariga ega. Noishlab chiqarish sohasida sodir bo'ladigan moliyaviy munosabatlar ham turli tuman bo'lib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin. Barcha moddiy ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, noishlab chiqarish sohasi muassasa va tashkilotlarining bir qismi bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat hisobi asosida ish yuritadilar. Noishlab chiqarish muassasaiarining bir qismi tijorat hisobi asosida ish yuritsalar, bir qismi notijorat asosida faoliyat yuritadilar. Bu faoliyatning pirovard maqsadi — foyda olish bo'lmaydi. lekin ularning qo'shimcha daromadlarni jalb qilish intilishlarini ham inkor etmaydi. Xo'jalik yiiritishning tashkiliy huquqiy shakllari va tarmoq xususiyatlarining korxonalar moliyasini tashkil qilishga ta'siri. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish xo'jalik yuritishning turli tashkiliy huquqiy shakllarini shakllantirdiki, buning natijasida turli mulkka asoslangan har xil turdagi korxonalar faoliyat olib bormoqda. Ular: — tadbirkorlik faoliyatini olib borishda teng huquqqa egadirlar — ularga bozor qonunlariga bo'ysunishda birxil talablar qo'yiladi. Lekin ularning tashkiliy huquqiy shakllaridagi farqlar ular moliyasini tashkil etishda o'ziga xos xususiyatlarning bo'lishini taqozo etadi, ya'ni: — ustav kapitalini shakllantirish manbalari va tartibida; — foyda (daromad) ning taqsimlanishida; — moliyabank tizimi bilan bo'ladigan munosabatlarida. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling