Mavzu : Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitda sanoat korxonalarida innovatsion jarayonlar rivojlanishining xususiyatlari .
Reja :
Kirish.
Korxonalarda innovatsion faoliyati va innovatsiya.Korxonalarda innovatsion faoliyatini tashkil qilish va usullari. Innovatsion loyiha yaratish va amalga oshirishning asosiy bosqichlari . Kichik biznes innovatsion faoliyatini rivojlantirish
istiqbollari .
Kichik biznes korxonalari innovatsion faoliyatini moliyalashtirish tahlili .
Xulasa va takliflar .
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxat .
Kirish
Mavzuning dolzarbligi : Mamlakatimizda 2019 yilni “Faol investitsiyalar va ijtimoiy,rivojlanish.yili”deb nomlanishi ham chuqur ma`no kasb etadi. Sababi investitsiyalarni,jalb,etmasdan,turib, iqtisodiyotda mavjud bo`lgan kapital ehtiyojini,qondirib,bo`lmaydi. Shunday ekan, investitsion faoliyatni samarali ishlashi uchun qulay muhitni yaratish,uning,murakkablik jihatlarini yumshatishga qaratilgan siyosatni amalga oshirish,dolzarblik,kasb,etadi.
Hozirgi sharoitda barqaror va samarali faoliyat olib boradigan iqtisodiy
jarayonlarni ta`minlash zamonaviy iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar modelini aks ettiradi. Jumladan, iqtisodiy o`sishning moliyaviy omillari qatorida asosiy
ko`rsatkich sifatida investitsion faoliyatni qayd etishimiz mumkin. Zamonaviy
sharoitda esa, investitsion potentsial inobatga olingan holda investitsion
jozibadorlikni vujudga keltirish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
Mamlakatimizda o`tkazilayotgan demokratik bozor islohotlarining va
O`zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2017-2021 yillarga
Harakatlar strategiyasining diqqat markazida turgan eng muhim ustuvor biri – milliy iqtisodiyotda tarkibiy o`zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy
iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish
hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish sanaladi1.
Jumladan,“..milliy iqtisodiyotning tarkibida sanoat ulushini ko`paytirish,
yuqori texnologiyali sanoat va qayta ishlash tarmoqlarini jadal rivojlantirish, yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, har bir hududning sanoat
salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta`minlash, yangi sanoat
korxonalari va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish2” deb ta`kidlangan. O`zbekiston Respublikasida faoliyat ko`rsatayotgan kichik biznes sub`ektlarining innovatsion faoliyati tanlangan. Tadqiqotning predmeti kichik biznes sub`ektlari innovatsion faoliyatini qo`llab-quvvatlash va moliyalashtirish mexanizmi hamda uni takomillashtirish bilan bog’liq tashkiliy – iqtisodiy munosabatlarni o`z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |