Korxonalarda ish yuritish hujjatlari
Download 77.26 Kb.
|
Korxonalarda ish yuritish hujjatlari
TARJIMAYI HOLMa’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsada, biroq tarjimayi holda ayrim qismlarning bo‘lishi shart. Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari: Hujjatning nomi (Tarjimayi hol). Matn: muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi; tug‘ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi; ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va ota ismi, ish joyi); ma’lumoti va ma’lumotiga ko‘ra mutaxassisligi; ish faoliyatining turlari; oxirgi ish joyi va lavozimi; mukofot va rag‘batlantirishlar; jamoat ishlarida ishtiroki; partiyaviyligi; oilaviy ahvoli va oila a’zolari; turar joyi (uy manzili). Sana. Imzo. Tarjimayi hol oddiy qog‘ozga, ayrim hollarda, ya’ni ishga, o‘qishga kirishda maxsus bosma ish qog‘ozlariga qo‘lda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli hikoya uslubida bo‘lib, birinchi shaxs tilidan yoziladi. TARJIMAYI HOL Men, Salimov Karim Olimovich, 1985-yil 15-sentabrda Toshkent shahrida, xizmatchi oilasida tug‘ildim. Otam – Salimov Olim Oripovich Toshkent pedagogika bilim yurtida o‘qituvchi, onam – Rahimova Gulnora Azimovna 122-bolalar bog‘chasida bosh tarbiyachi bo‘lib ishlaydilar. 1992-yildan 2000-yilgacha Toshkent shahridagi 1-o‘rta maktabda so‘ngra Toshkent politexnika kollejida o‘qidim. 2003-yilda Toshkent Politexnika institutining qurilish fakultetiga o‘qishga kirdim. 2003–2004-yillarda O‘zbekiston Res publikasi qurolli kuchlari safida haqiqiy xizmatni o‘tab qaytgach, o‘qishni davom ettirdim va 2008-yilda shu institutni imtiyozli diplom bilan tugatib, quruvchi-muhandis mutaxassisligiga ega bo‘ldim. Institutni tugatgach yo‘llanma bilan Toshkentdagi 166-qurilish trestining 94-mexanizatsiyalashgan ko‘chma korxonasiga ishga yuborildim. Dastlab muhandis lavozi mida, 2010-yildan buyon bosh muhandis lavozimida ishlayapman. 2011-yilda rejadagi topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarganimiz va erishilgan natijalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandim. Bir necha jamoat ishlarida ham qatnashaman, jumladan, 166qurilish tresti hamda shahar xalq nazorati komitetining a’zosiman. Uylanganman. Xotinim – Rasulova Muhabbat, 1988-yilda tug‘ilgan. 2-shahar kasalxonasida hamshira bo‘lib ishlaydi. O‘g‘lim – Salimov Nodir, 2009-yilda, qi zim – Salimova Lola, 2011-yilda tug‘ilgan, ular 520-bolalar bog‘chasiga qatnaydi. Mening turar joyim: 700210, Toshkent, Usmon Nosir ko‘chasi. 5-uy, 27-xonadon. tel.: 72-28-61. 2013.14. 01. K. Salimov Barcha ma’lumotlar davriylik (xronologiya) asosida beriladi. Tarjimayi hol shunday tuzilishi kerakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo‘li, ishchanlik mahorati, ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida tasavvurga ega bo‘lsin. Download 77.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling