Korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish asoslari


Download 395.5 Kb.
Sana14.12.2020
Hajmi395.5 Kb.
#166341
Bog'liq
MM 5-topshiriq


IKM-70 Bakhromov Rakhmon

5-MAVZU: KORXONALARDA MOLIYAVIY QARORLAR QABUL QILISH ASOSLARI” MAVZUSI BOʻYICHA AMALIYOT DARSI UCHUN TOPSHIRIQLAR

1-TOPSHIRIQ

1. Tikuvchilik sohasi bo‘yicha Sirdaryo, Toshkent, Samarqand viloyatlarida xizmat ko‘rsatish korxonasi (mas’uliyati cheklangan jamiyat) tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qilmoqchisiz. Mazkur holat bo‘yicha PEST-tahlil o‘tkazing. Toshkent viloyati.

P

E

1. Siyosiy jixatdan viloyatda bir qancha qulayliklar yaratilgan. Jumladan OZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

2019 — 2022-YILLARDA TOSHKENT VILOYATINING SANOAT SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA qarori mavjud va bu orqali xududda sanoat soxasini rivojlantirish uchun huquqiy jixatdan qulayliklar yaratilmoqda




  1. Iqtisodiy jixatdan olib qaraydigan bo’lsak poytaxtga tutash hudud bo’lgani uchun logistika harajatlari kam bo’ladi. Respublikaning markaziy ulgurji bozorlariga chiqish oson. Export va import masalalarida xarajatlar nisbatan kam bo’lishi.



S

T

Ijtimoiy jixatdan olib qaraydigan bo’lsak Toshkent viloyati sanoat jixatdan rivojlangan hisoblanadi shuning uchun ishlab chiqarilgan zamonaviy tikuvchilik maxsulotlari talab katta shu bilan birgalikda raqobat ham kuchli hisoblanadi.

  1. Texnologik jihatdan olib qarasak Toshkent viloyati va Toshkent shahrida turli xildagi maishiy texnikalar zavodlari mavjudligi biz ochadigan korxona uchun kerak bo’ladigan texnikalarni toppish va ularni olib kelib o’rnatishda qiyinchiliklar va sarf xarajatlar kamayadi.


2-TOPSHIRIQ

1. Maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Farg‘ona, Andijon, Xorazm viloyatlarida xususiy korxona tashkil etish imkoniyatlaringiz bo‘yicha SWOT-tahlil o‘tkazing. Farg’ona viloyati

S

W

  1. Farg’ona viloyatida aholi zich bo’lganligi va yengil sanoatni rivojlanganligi sababli xizmat ko’rsatish soxasiga talab katta.

  2. Farg`ona viloyati maishiy xizmat ko`rsatish uchun o`ta qulay sharoitga ega.

1. Kuchsiz tomonlaridan biri raqobatchilar ko’pligi chunki aholisi ko’p va zich joylashgan hududda hamma ham turli soxalarda ishlash imkoniyati mavjud emas shuning uchun ko’pchilik xizmat ko’rsatish soxasida faoliyat yuritadi.


O

T

1. yutuqlaridan biri ishchi kuchi ko’pligi bu esa iqtidorli kadrlarni tanlash va faoliyat davomida malakali ishchi kuchi bo’yicha muammolarga duch kelinmaydi.

1. Taxdidlardan biri sanoat korxonalari rivojlanishi natijasida turli korxonalar faoliyatini diversifikatsiya qilish orqali xizmat kursatish soxasida ham faoliyat yuritishi natijasida raqobatning keskin oshib ketishi buning natijasida mijozlarni yuqotish mumkin.


3-TOPSHIRIQ

  1. Quyidagi nazorat savollariga izohlar yozing.

1. Moliyaviy qarorlar qabul qilish va moliyaviy strategiyani belgilashning oʻzaro bogʻliqligini qanday izohlaysiz? j Moliyaviy strategiya bu korxonani kelajakda uzoq muddatga moljallangan loyihasini amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan dastur hisoblanadi. moliyaviy qarorlar esa moliyaviy strategiyadan kelib chiqqan holda qisqa vaqtda vujudga keladigan muammolarni hal etish va faoliyat yuritish uchun qabul qilinadi.

2. Moliyaviy strategiyani ishlab chiqishning ahamiyatli jihatlarini sanab oʻting.

1. Ishlab chiqilgan moliyaviy strategiya yaxlit korxona va uning alohida tarkibiy boʻlinmalari oldiga qoʻyilgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning uzoq muddatli umumiy va moliyaviy maqsadlarni amalga oshirish mexanizmini belgilab beradi.

2. Moliyaviy strategiya korxonaning real moliyaviy imkoniyatlarini baholash, ichki moliyaviy imkoniyatlardan maksimal foydalanish va moliyaviy resurslar tezkor aylanuvchanligini ta’minlash imkonini beradi.

3. Moliyaviy strategiya tashqi omillarning tezkorlik bilan oʻzgarishi jarayonida paydo boʻladigan yangi istiqbolli investitsion imkoniyatlardan samarali foydalanish imkoniyatini yaratadi.

4. Moliyaviy strategiyani ishlab chiqish moliyaviy rivojlanishning mumkin boʻlgan variantlarida ta’sir etuvchi tashqi omillarni hisobga oladi va korxona faoliyati uchun salbiy oqibatlarni minimal darajaga pasaytirish imkonini beradi.

5. Korxonaning moliyaviy faoliyatini uning raqobatchilari bilan solishtirish orqali afzallik jihatlarini taqqoslash imkoniyatini beradi.

6. Aniq moliyaviy strategiya korxona moliyaviy faoliyatini strategik, joriy va operativ boshqarishdagi oʻzaro bogʻliqlikni ta’minlaydi.

7. Korxonada eng muhim strategik moliyaviy qarorlar ijrosini moliyaviy mentalitetga muvofiqlikda amalga oshirishni ta’minlaydi.

8. Moliyaviy strategiya tizimida muhim moliyaviy boshqaruv qarorlarini aniq mezonlar asosida baholash imkoniyati shakllantiriladi.

9. Ishlab chiqilgan moliyaviy strategiya korxonaning umumiy tashkiliy boshqaruv tuzilmalari va tashkiliy madaniyatini strategik oʻzgartirishning dastlabki asoslaridan biri sifatida namoyon boʻladi.


3. Moliyaviy strategiyani ishlab chiqish va moliyaviy qarorlar qabul qilish prinsiplari tavsifini keltiring.


4. Strategik moliyaviy tahlil va uning asosiy yoʻnalishlarini tavsiflang.



5. Moliyaviy qarorlar qabul qilishda ichki va tashqi muhit tahlilining ahamiyatini bilasizmi?

Moliyaviy faoliyatni amalga oshirish jarayonida alohida shart-sharoitlar va omillar ta’siri tavsifi bilan bogʻliqlikda, shuningdek ularni korxona tomonidan nazorat qilish imkoniyatlariga koʻra ishlab turgan umumiy moliyaviy muhitning quyidagi alohida turlarini ajratib koʻrsatish mumkin:

- bilvosita ta’sir etadigan tashqi moliyaviy muhit;

- bevosita ta’sir koʻrsatuvchi tashqi moliyaviy muhit;



- ichki moliyaviy muhit.
Download 395.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling