Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish


Risk sodir bo‘lish tezligining namunaviy shkalasi


Download 476 Kb.
bet13/19
Sana01.05.2023
Hajmi476 Kb.
#1419448
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
MAVZU 11...

Risk sodir bo‘lish tezligining namunaviy shkalasi

Reyting

Tavsifi

Ifodasi

5

Juda yuqori

Juda ham tez lahzali va xabar signali deyarli
yo‘q

4

Yuqori

Sodir bo‘lish tezligi bir kundan bir necha hafta
ichida amalga oshadi

3

O‘rtacha

Sodir bo‘lish tezligi oylar ichida amalga oshadi

2

Past

Sodir bo‘lish tezligi bir necha oylar ichida
amalga oshadi

1

Juda past

Juda ham past, bir yil va undan ortiq muddat
ichida sodir bo‘ladi

Riskni baholash jarayoni oddatda ikki bosqichda amalga oshiriladi. Risklar va imkoniyatlarni dastlabki tekshirish (saralab olish) sifatiy texnikalar yordamida amalga oshiriladi, so‘ngra risk va imkoniyatlarning muhimlarini miqdoriy hisoblanadi.


Sifatiy baholash har bir risk va imkoniyatni yuqorida keltirilgan namunaviy shkalalar bo‘yicha tahlil qilish orqali baholashdan iboratdir.
Miqdoriy tahlil esa ham ta’sir kuchi va ham ehtimollikning turli ma’lumotlar manbasidan foydalangan holda sonli qiymatini aniqlashdan iborat. Tahlil sifati ushbu sonli qiymatlarni to‘liqligi va aniqligi hamda qo‘llanilayotgan model asosliligiga
bog‘liq bo‘ladi. Riskni baholash yondashuvlarining har ikkalasi ham yutuq va kamchiliklarga ega.
jadval
Riskni sifatiy va miqdoriy baholashning qiyosiy tahlili

Baholash texnikasi

Yutuqlari

Kamchiliklari

Sifatiy


Nisbatan tez va oson Manfaatdor tomonlar uchun tushunish va foydalanishga
qulay

Risk darajalari to‘liq frqlab bermaydi
Xarajat-daromad tahlilini o‘tkazishda cheklovlar mavjud

Miqdoriy

VaR kabi qiymatga
asoslangan modellarni hisoblaydi
Xarajat-daromad tahlilini o‘tkazish imkonini beradi

Ko‘p vaqt va xarajat talab etadi Raqamdagi natija qanchayin aniq bo‘lsa-da hisoblashda
qo‘llanilayotgan o‘zgaruvchanlar o‘zi asossiz bo‘ladi

Sifatiy baholashda keng ishtirok etadigan usullarga quyidagilar kiradi: intervyu va so‘rov o‘tkazish texnikasi, samaradorlikning qiyosiy tekshiruvi, stsenariyaviy tahlil.


Miqdoriy texnikalar o‘z ichiga deterministik (aniq) va stoxastik (ehtimolli) modellarni oladi.
Mavjud ma’lumot tahlili. Risk sodir bo‘lishi haqidagi ma’lumotlar manbasi sifatida ichki va tashqi audit xulosalari, kafolat bo‘yicha da’vo va shikoyatlar, sug‘urta kompaniyalari, sanoat birlashmalari va tadqiqot tashkilotlarining ochiq hisobotlarini keltirish mumkin. Mavjud ma’lumotlarga tayanish ob’ektiv sanalsa-da, ushbu ma’lumotlar bazasini joriy holatga o‘rinliligini baholash muhim hisoblanadi.
Ssenariyaviy tahlil. Risk bo‘yicha bir nechta ssenariyni shartlari bilan ishlab chiqishni talab etadi. Quyidagi jadvalda korxona daromadiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillarni ssenariyaviy tahlili keltirilgan (9-jadval).
jadval
Ssenaryaviy tahlil namunasi43



Stsenariy tavsifi

Farazlar

EBITga ta’sir

1




Valyuta kursi o‘zgarishi

Ishlab chiqarish hajmi 15% tushadi Mahsulot narxi 20% tushadi
Davom etish muddati 9 oy Tiklanish davri 9 oy

-500 p.b.



2


Yoqilg‘i narxi o‘zgarishi

Resurslar narxi 50% oshadi Davom etish muddati 3 oy
Tiklanish uchun tannarx 25% oshadi

-165 p.b.



3

Texnologiya
yangilanishi

Ishlab chiqarish hajmi 15% tushadi
Mahsulot narxi 15% tushadi

-275 p.b.




43 Frederic Funston and Stephen Wagner, Surviving and Thriving in Uncertainty (Hoboken, N.J: John Wiley & Sons, Inc., 2010), 69.







Davom etish muddati 12 oy




4

Raqobatchilar ta’siri

Mahsulot narxi 10% tushadi
Davom etish muddati 24 oy

-200 p.b.

5

Etkazib berish
bo‘g‘inida uzilish

Ishlab chiqarish hajmi 10% tushadi
Davom etish muddati 6 oy

-175 p.b.

Izoh: EBIT (Earnings before interest and taxes) – foiz va soliq to‘lovlaridan oldingi daromad (yalpi foyda).

Risklarni o‘zaro bog‘liqligini baholash. Risklar yakka ajralgan holda bo‘lmasligi sababli, korxonalar uchun riskni o‘zaro ta’sirini boshqarish muhim sanaladi. Portfel riskini tushunish uchun uning tarkibidagi har bir aktiv riskini alohida hisoblash, shuningdek ularning o‘zaro bog‘liqligida paydo bo‘ladigan riskni hisoblash kerak bo‘ladi.


Hatto ahamiyatsiz bo‘lgan risklar ham boshqa hodisa va holatlar bilan birgalikda potentsial yirik talofatga yoki aksincha imkoniyatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun korxonalar risklarni integrallashgan yoki yaxlit ko‘rinishida riskni o‘zaro bog‘liq xaritasi, korrelyatsion matritsasi, «bow-tie» diagrammasi singari texnikalardan foydalangan holda baholashga intilishadi.
Riskni o‘zaro bog‘liq xaritasi. Eng soddagrafik ko‘rinishi – bu risklarni x va u o‘qlari bo‘ylab joylashtirish orqali tuzilgan shakli hisoblanadi. Ularni o‘zaro bog‘liqligini xaritada biror belgi (X) yoki miqdoriy ko‘rsatkich bilan qayd qilinadi (4- rasm).

Risk turi



Etkazib berish bo‘g‘inida uzilish

Mijozlar xohish o‘zgarishi

Xom ashyo narxi oshishi >25%

Ish to‘xtab qolishi > 1 hafta

Iqtisodiyotni pasayishi

Raqobatchilar ko‘payishi

Kapital bahosi oshishi > 5%

Emissiya tartibi og‘irlashishi

Valyuta kursi tebranishi

Etkazib berish
bo‘g‘inida uzilish







X

X

X

X










Mijozlar xohish
o‘zgarishi













X

X




X

X

Xom ashyo narxi
oshishi >25%

X










X










X

Ish to‘xtab qolishi > 1
hafta

X










X













Iqtisodiyotni
pasayishi

X

X

X

X




X

X




X

Raqobatchilar
ko‘payishi

X

X







X










X

Kapital bahosi
oshishi > 5%













X










X

Emissiya tartibi
og‘irlashishi




X










X










Valyuta kursi
tebranishi




X

X




X

X

X







rasm. Risk o‘zaro bog‘liqlik xaritasiga namuna.

Risklar ustuvorligini belgilash. Risk ustuvorligi – bu risk darajalarini oldindan aniqlab qo‘yilgan riskni qabul qilishning chegaraviy qiymatiga nisbatan taqqoslagan holda riskni boshqarish ustuvorliklarini aniqlash jarayoni hisoblanadi. Bunda risk nafaqat moliyaviy holatga salbiy ta’sir yoki ijobiy imkoniyat yaratishi sifatida ko‘riladi, balki shuningdek sub’ektiv mezon sifatida, ya’ni salomatlikka, hafvsizlikka yoki firma reputatsiyasiga ham salbiy ham ijobiy ta’sir ko‘rsatish, riskka moyillik hamda risk sodir bo‘lish tezligi sifatida ham qaraladi.


Risklarni ustuvorligi bo‘yicha tartiblash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda risklar deylik ta’sir kuchini ehtimollikka ko‘paytmasi yoki ta’sir kuchini moyillikka ko‘paytmasi mezoni bo‘yicha tartiblanadi. Ikkinchi bosqichda tartiblangan risk ta’sir kuchi, sodir bo‘lish tezligi yoki joriy va kelgusi risk darajalari orasidagi farqi kabi qo‘shimcha sifatiy omillarni hisobga olgan holda ko‘rib chiqib qayta tartiblash amalga oshiriladi.
Ierarxiya. Risklarni birlashtirishning eng sodda yo‘li ularni ierarxiyasini tuzish hisoblanadi. Bunda risklar tashkiliy tuzulma, risk turi, geografik yoki strategik ob’ekt bo‘yicha ierarxiyasi tuziladi (5.4-rasm).
Risk xaritasi. Odatda xarita ikki o‘lchamli ko‘rinishda bo‘lib, risk ta’sir ko‘rsatish kuchi va uning ehtimolligi yoki ta’sir kuchi va moyilligi nuqtai nazaridan tuziladi. Agar to‘laqon qamrab olinsa, uchinchi o‘zgaruvchanni ham, ya’ni riskni sodir bo‘lish tezligi yoki hisoblashlarning noaniqliklarini kiritish mumkin. Ta’sir ko‘rsatish shkalasini imkoniyatlar va risklar uchun xaritasi quyidagi rasm ko‘rinishida bo‘ladi (5.5-rasm).





Download 476 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling