Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish


Risklarni boshqarishda infrastrukturaviy holat bo`yicha turlari


Download 476 Kb.
bet14/19
Sana01.05.2023
Hajmi476 Kb.
#1419448
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
MAVZU 11...

Risklarni boshqarishda infrastrukturaviy holat bo`yicha turlari:

RMF (risk Menejmenti) - Standart va texnologiya Milliy instituti tomonidan ishlab chiqilgan;


MoR -mumkin bo`lgan risklarni aniqlashning amaliy analitik metodlari. Ularni orasida: =
SMART - maqsadlar va takliflar tahlili; (Har bir vazifa harakat fe'lidan boshlanishi kerak, masalan: tayyorlash, o'tkazish, rivojlantirish, yaratish, qilish, ta'minlash, sotib olish, o'rnatish, suhbat va hk. Bu vazifani o'lchash va uni boshqarish qobiliyatini ta'minlaydi.)
SWOT tahlil; (S – (strength) – кучли томонлари W – (weakness) – заиф, кучсиз томонлари O – (opportunitu) – имкониятлари T – (tnreat) – тўсиқлар)
• VRIO tahlil. Risklarni boshqarish sohasidagi standartlarga quydagilar kiradi: (firmaning yirik strategik sxemasining bir qismini tashkil etadigan biznesni tahlil qilish tizimidir.)
• ISO 14971 (Tibbiy asboblar);
• ISO 16085:2006 - tizimlari va dasturiy ta`minot muhandislik
- Risklarni boshqarishda hayotiylik jarayonlari;
ISO 31000 - risklarni boshqarish - tamoyillari va ko`rsatmalar;
• IEC/ISO 31010 - Risklarni boshqarish - Risklarni baholash texnikasi;
• ISO Guide 73: 2009 - Risklarni boshqarish yo`riqnomaga asosan olib borilishi;
• OHSAS 18001- Ishchilar sog`lig`ini saqlash va risksizlikni baholash. Har bir inson hayoti davomida muqarrar risklar va hatarlarga uchraydi bu aniq mavjud. U davlat boshqaruvida ham, xususiy sektorlarda ham keng ma`noda (sug`urta, manfaatdor qarab, texnik foydalanish xavfi ko`plab qabul ta`riflar ham bor) uchrashiga sabab bo`ladi.


rasm. Risk va imkoniyatlar namunaviy xaritasi

Bundan tashqari risk vujudga kelishida yuqotishlar darajasini pasaytirish choralari quyidagi asosiy usullarga bo‘linadi:


AKTIVLARNI BOZOR QIYMATI BO‘YICHA QAYTA BAHOLASH;
MAJBURIYATLARNI TA’MINLASH – XUSUSAN MARJA YOKI ZALOG KIRITISH YO‘LI BILAN;
KUTILAYOTGAN VA KO‘ZDA TUTILMAGAN YUQOTISHLARNI QOPLASH UCHUN MABLAG‘LARNI ZAXIRALASH;
LIMITLASHTIRISH;
PORTFEL DIVERSIFIKATSIYASI;
SUG‘URTALASH;
XOSILAVIY INSTRUMENTLAR YORDAMIDA XEDJERLASH.
Sanab o‘tilgan usullaridan ba’zilarini quyida batafsil ko‘rib chiqamiz.
Bozor qiymati bo‘yicha qayta baholash. Aktivlarni bozor qiymati bo‘yicha qayta baholash (marking to market MTM) – bu bozor narxlarini muntazam tebranish natijasida ochiq pozitsiyalar bo‘yicha foyda va zararni kat’iy belgilash hisoblanadi, masalan har kunlik (birja bitimlari uchun) yoki uzoq muddatli vaqt oralig‘ida (birjadan tashqari instrumentlar uchun). Agar kelishayotgan tomonlarni ikkala tarafi ham simmetrik tarzda foyda va zararni hisobga olishsa, bu bozor qiymati bo‘yicha ikki tomonlama qayta baholash (two-way MTM) hisoblanadi, va agar zararlar bir tomonlama hisobga olinsa, bu usulni bozor qiymati bo‘yicha bir
tomonlama qayta baholash (one-way MTM) deb nomlash qabul qilingan [3]. Bu usul riskni joriy holat bo‘yicha bartaraf qilsa-da, istiqbolda risk xavfi mavjud qoladi.
Kafolatlangan garov (marja)ga qo‘yilgan talablar. Fyuchers shartnomalari bilan bitimlarda istiqbolli risk marja (margin) orqali qoplanishi mumkin. Marja – bu tuzilgan shartnomalar bo‘yicha kontragent majburiyatlarini qisman ta’minlash shakli hisoblanadi.
Birjada yangi pozitsiyani ochilishida bozor qatnashchisi kliring palatasiga defolt holatining ta’minoti sifatida boshlang‘ich marja kiritishi kerak. Hisob palatasi savdo natijalariga ko‘ra ishtirokchilarni kunlik moliyaviy natijalari (daromadi va xarajati)ni aniqlaydi, buni variatsion marja deyiladi. Hisob palatasi salbiy natijaga ega bo‘lgan tomonning mablag‘ini hisob raqamidan olib, ijobiy natijaga ega bo‘lgan tomonning hisob raqamiga o‘tkazadi. Bu jarayonni ba’zan marjani qaytatdan hisoblash(remargining) deb atashadi. Agar zarar ko‘rish natijasida marja miqdori ma’lum chegaraviy darajadan tushadigan bo‘lsa, bozor ishtirokchisi hisob palatasidagi hisob raqamiga qo‘shimcha mablag‘ kiritishi kerak, aks holda uning pozitsiyasi majburiy tarzda yopiladi.
Ikki tomonlama netting. Riskni pasaytirish bo‘yicha amaliy natija beradigan usullardan biri va xalqaro moliyaviy bozorlarida svop bitimlarining standart sharti hisoblangan usul – bu talablarni ikki tomonlama o‘zaro hisobga olish (netting) usuli hisoblanadi.
Ikki tomonlama netting tuzulgan bitimlar bo‘yicha tomonlarni o‘zaro talab shartlarini ifodalaydi. Netting maqsadi netting kelishuvi qamragan barcha bitimlar bo‘yicha yalpi riskni sof risk miqdorigacha qisqartirishdan iborat.
Limitlash. Moliyaviy risklarga qarshi javob choralarining asosiy usullaridan biri
bu limitlash, ya’ni har bir riskli holat yoki unga etaklovchi omillarni aniqlab, ularga cheklovlar tizimini o‘rnatish hisoblanadi.
Limitlar o‘rnatish tizimi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
limitlar amal qilishi risk bilan bog‘liq barcha faoliyatga joriy qilinadi;
limitlarni hisoblashda barcha ehtimolli yo‘qotishlar jamlanadi;
limitlar o‘rnatilgan risk ustuvorliklari bo‘yicha belgilanadi;
limitlar stress-test natijasiga ko‘ra belgilanishi kerak.
Riskni baholash va boshqarish jarayoni samarali va barqaror bo‘lishi uchun u sodda, amaliy va tushunishga oson bo‘lishi kerak. Bu borada muvaffaqiyatga erishish qaror qabul qiluvchi boshqaruv va resurslarga bog‘liq. Jarayon malakali mutaxassislar tomonidan tegishli texnologiyalardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalangan holda amalga oshirilishi kerak.
Korxonalarda moliyaviy risklarni baholash va boshqarishning vazifasi yuqorida keltirib o‘tilgan usul va texnikalardan faoliyat doirasida va riskni tahlil qilishda keng foydalanish hisoblanadi. Jarayon keng doirada riskka qarshi choralarni ishlab chiqish va joriy qilish hamda uning ustidan nazorat qilish haqidagi qarorlarni qabul qilish uchun ma’lumotlardan foydalanadi va natijalarni strategik rejalashtirish jarayoniga taqdim etadi.
Pirovardida ta’kidlash o‘rinliki, riskni baholash va boshqarishning eng mukammal tizimiga ega bo‘lib ham, uning salbiy oqibatlari va ta’sirini butkul bartaraf etish mumkin bo‘lmaydi. Biroq riskni baholash va boshqarishning zamonaviy usul va texnikalardan samarali foydalanish biznesni kutilmagan moliyaviy yo‘qotishlardan himoyalanish, o‘z vaqtida va ongli ravishda riskni qabul qilish imkonini beradi.

Download 476 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling