Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish


Download 476 Kb.
bet17/19
Sana01.05.2023
Hajmi476 Kb.
#1419448
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
MAVZU 11...

Bu risk depozit omonatlarining qaytmasligi mumkinligida aks etadi. Depozit risklari nisbatan kutilmaganda va korxona depozit operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat bankini notoʻgʻri baholash hamda muvaffaqiyatsiz tanlash bilan bogʻliq hollarda uchraydi.


Kredit riski.

Bu risk korxona moliyaviy faoliyatida xaridorlarga tijorat krediti yoki iste’mol krediti taqdim etilgan holatlarda uchraydi. Kredit riskining yuzaga kelish kreditga berilgan tayyor mahsulot uchun toʻlov amalga oshirilmasligida yoki oʻz vaqtida hisob-kitoblar qilinmasligida koʻzga tashlanadi.


Soliq riski.

Moliyaviy riskning bu turi quyidagilarda aks etadi: xoʻjalik faoliyatining alohida yoʻnalishlarini amalga oshirishga yangi soliqlar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlar joriy etish ehtimoli, korxona xoʻjalik faoliyati sohasiga taqdim etilgan soliq imtiyozlarining bekor qilinishi, soliq tekshiruvlari va boshqalar.

MOLIYAVIY RISKLARNI BARTARAF ETISHNING MEXANIZMLARI

Korxonalar miqyosida moliyaviy risklarni bartaraf etishning ichki va tashqi mexanizmlari keng qoʻllaniladi. Bunda moliyaviy risklarni bartaraf qilishda ichki mexanizmlari sifatida risklardan qochish, moliyaviy operatsiyalar boʻyicha chegaralar belgilash, diversifikatsiyalash, risklarni taqsimlash va boshqa metodlarni keltirish mumkin.

Risklarni bartaraf etishda korxonada quyidagilarda e’tibor qaratiladi:


Risklilik darajasi yuqori boʻlgan moliyaviy operatsiyalardan voz kechish;
Shartnoma majburiyatlarini buzib kelayotgan hamkorlardan voz kechish;
Yuqori miqdordagi qarz kapitalidan foydalanishdan voz kechish;
Past likvidli aylanma aktivlardan foydalanishdan voz kechish;
Vaqtincha boʻsh pul mablagʻlaridan qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarda foydalanishdan voz kechish.

DIVERSIFIKATSIYALASH AMALIYOTI BEVOSITA RISKLARNI TAQSIMLASH IMKONIYATINI

YUZAGA KELTIRADI VA BU JARAYON QUYIDAGILAR ORQALI AMALGA OSHIRILISHI MUMKIN:


Moliyaviy faoliyat turlarini diversifikatsiyalash;
Risklarni investitsion loyiha ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash;
Xomashyo va materiallar boʻyicha risklarni yetkazib beruvchilar va xaridor oʻrtasida taqsimlash;
Lizing munosabatlarida asosiy vosita ma’naviy eskirishini lizing oluvchi va lizing beruvchi oʻrtasida taqsimlash.

Download 476 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling