Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish
Moliyaviy risklarni boshqarish metodlari va prinsiplari
Download 476 Kb.
|
MAVZU 11...
- Bu sahifa navigatsiya:
- Risklarni faol tarzda boshqarish
Moliyaviy risklarni boshqarish metodlari va prinsiplari
Risklarni boshqarish keng ma’noda amalga oshiriladigan moliyaviy-xoʻjalik operatsiyalari natijalariga risklarning salbiy ta’sirini kamaytirish yoki toʻlaligicha bartaraf etishga qaratilgan alohida faoliyat turini oʻzida aks ettiradi. Amaliyotda bu jarayon risklarni kamaytirish natijasida erishiladigan natija va buning uchun talab qilinadigan xarajatlar oʻrtasidagi nisbatni (kompromiss) qidirib topish, shuningdek amalga oshirish lozim boʻlgan chora-tadbirlar boʻyicha qarorlar qabul qilishni nazarda tutadi. Risklarni boshqarishdan asosiy maqsad biznesni yuritishning umumiy strategiyasini amalga oshirishga sharoit yaratib berishdir. Moliyaviy menejmentda risklarni boshqarish tadbirkor uchun risk va daromad oʻrtasidagi nisbat optimal yoki qabul qilish mumkin boʻlgan sharoitda yuqori foydaga erishish bilan ifodalanadi. Mumkin boʻlgan yoʻqotishlarning oldini olish boʻyicha qarorlar qabul qilishdagi, ya’ni risklarni boshqarishdagi yondashuvlarni faol, moslashuvchan va konservativ (passiv) yondashuvlarga boʻlish mumkin. Risklarni faol tarzda boshqarish risklarni minimallashtirish uchun mavjud axborot va barcha vositalardan maksimal foydalanishni bildiradi. Bunday yondashuvda boshqaruv ta’siri operatsiyani amalga oshirishga ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan riskli omillar va hodisalarning oldini olishi lozim. Shubhasiz bunday yondashuv risklarni baholash va prognozlash, shuningdek ularning uzluksiz nazorati va monitoringini tashkil etish uchun ma’lum miqdordagi xarajatlarni talab etadi. Risklarni boshqarishda moslashuvchan yondashuv murakkab holatga nisbatan moslashuv asosiga quriladi. Bunday yondashuvda boshqaruv ta’siri moliyaviy- xoʻjalik operatsiyalarini oʻtkazish vaqtida muhit oʻzgarishiga reaksiya sifatida amalga oshiriladi. Bunday holatda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar ma’lum bir qismining oldi olinadi. Konservativ yondashuvda boshqaruv ta’siri kechikadi. Agarda riskli hodisa yuz bersa, zarar operatsiya ishtirokchilari tomonidan oʻzlariga olinadi. Bunday holatda boshqaruv zarar ortib borishining oldini olishga, uning keyingi jarayonlarga ta’sirini neytrallashtirishga yoʻnaltiriladi. Bunday yondashuvda risklarni boshqarish boʻyicha xarajatlar odatda juda past darajada, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar esa yetarlicha yuqori boʻlishi kuzatiladi. Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi ikki qismdan, ya’ni boshqariladigan (boshqaruv ob’ekti) va boshqaradigan (boshqaruv sub’ekti) qismlardan iborat. Bunda riskli operatsiyalar va moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida ishtirokchilar oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlar boshqaruv ob’ekti hisoblanadi. Turli xil usullar va yoʻllar orqali boshqaruv ob’ektiga maqsadli yoʻnaltirilgan ta’sirni amalga oshiruvchi shaxslar guruhi (moliyaviy menejerlar, risk menejerlar va boshqalar) boshqaruv sub’ekti hisoblanadi. Mos axborot ta’minoti moliyaviy risklarni samarali boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Bunda statistik, iqtisodiy, tijorat, moliyaviy, yuridik, texnik va boshqa axborotlarga talab yuzaga kelishi mumkin. Ishonchli va dolzarb ma’lumotga ega boʻlish risklarni kamaytirish va foydani oshirishga bevosita ta’sir koʻrsatuvchi boshqaruv qarorlarini zudlik bilan qabul qilishga imkon beradi. Riskli operatsiyalarni amalga oshirishda zaruriy darajadagi axborot ta’minoti va undan samarali foydalanish zarar va yoʻqotishlar ehtimolini minimal darajagacha pasaytiradi. Moliyaviy risklarni boshqarish quyidagi prinsiplarga asoslanadi. Risklarni ongli ravishda qabul qilish prinsipi. Agarda menejer biror bir operatsiya boʻyicha daromad olishiga ishonsa, ongli ravishda riskka borishi lozim. Risklardan qochish taktikasining qoʻllanilishi mumkin boʻlgan ba’zi operatsiyalar korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatidan umuman chiqarib tashlanishi kerak. Qabul qilinadigan risklarning boshqarishga qulayligiprinsipi. Moliyaviy risklar portfeli tarkibiga ob’ektiv va sub’ektiv tabiatidan qat’iy nazar boshqarish jarayonida neytrallashtirish mumkin boʻlgan risklarni kiritish lozim. Boshqarilmaydigan risklarni tashqi sugʻurtalovchilarga yoki biznes boʻyicha hamkorlarga oʻtkazish maqsadga muvofiq. Bu prinsipning koʻpchilikka ma’lumligiga qaramasdan, korxona menejerlari risklarni boshqarish uchun zarur boʻlgan bilim, malaka va instrumentlarga ega boʻlmasalarda ayrim holatlarda risklarning boshqarilmaydigan turlarini oʻzlariga qabul qilishadi. Download 476 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling