Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish


Download 476 Kb.
bet7/19
Sana01.05.2023
Hajmi476 Kb.
#1419448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
MAVZU 11...

«A» firmasi

«B» firmasi

Pessimistik

0,3

-70

10

Ehtimolli

0,4

15

15

Optimistik

0,3

100

20

Ma’lumki, voqealarni rivojlantirishning ko‘plab turli xil stsenariylarini qo‘rish mumkin. U yoki bu hodisaning sodir bo‘lish oqibatlarini ta’riflashga qulay va universal yondashuv – bu barcha mumkin bo‘lgan tasodifiy qiymat (masalan,daromadlilik) uchun uning amalga oshish ehtimolliyligini belgilashdan iborat hisoblanadi. Bu qoida tasodifiy qiymatning ehtimolli taqsimot qonuni deb nomlanadi. X tasodifiy qiymatning FX(x)ehtimolli taqsimot funksiyasi deb shunday funksiyani aytiladiki, unda berilgan har qanday x ifodasiga {X} hodisa


ehtimolligining qiymati mos keladi:
𝐹𝑋 (𝑥) = 𝑝{𝑋 < 𝑥} (5.1)
Bu erda
r X tasodifiy miqdorning qiymatixdan oshmasligining ehtimolligi.
Agar 𝐹𝑋 funksiyasi uzluksiz va differensiyalanuvchi bo‘lsa, tadqiq qilinayotgan tasodifiy qiymatning boshqa qulay ifodalash usuli FX(x) ehtimollikning zichligi funksiyasi hisoblanadi va u x nuqtadagi taqsimot funksiyasining hosila funksiyasi bo‘ladi:

𝑋
𝑓𝑋(𝑥) = 𝐹 (𝑥) (5.2)
Taqsimot funksiyasi yoki tasodifiy qiymatning ehtimolli zichligini bilib olgach,
uning sodir bo‘lish qiymatining aniqlik darajasi va unga mos keladigan hodisalar haqida xulosalar qilish mumkin.
Amaliyotda ko‘plab masalalarni echish uchun ko‘pincha tasodifiy qiymatning ba’zi parametlarini bilish etarli hisoblanadi. Ulardan eng muhimlari – bu o‘rta yoki kutilayotgan qiymat (matematik kutilish), dispersiya va standart (o‘rtacha kvadratik) chetlanishlar hisoblanadi.
Tasodifiy ifodaning o‘rta (kutilayotgan) qiymati. 35 X tasodifiy ifodaning ehtimolli taqsimotini asosiy ko‘rsatkichi bu – o‘rta yoki kutilayotgan qiymat (expected value – E(X)) hisoblanadi.
X tasodifiy ifodaning E(X)o‘rta (kutilayotgan) qiymati uning barcha mumkin bo‘lgan qiymatlarini amalga oshirish ehtimolligi bilan tortilish orqali aniqlanadi va quyidagi formula orqali hisoblanadi:

Bu erda
𝑖=𝑛
𝐸(𝑋) = ∑ 𝑥𝑖 ∗ 𝑝𝑖
𝑖=1

(5.3)


𝑝𝑖 – mos keluvchi 𝑥𝑖qiymatining amalga oshish ehtimolligi.
Ushbu formulani misoldagi aksiyalar bo‘yicha kutilayotgan foydaning o‘rta
qiymatini aniqlash uchun qo‘llaymiz:
𝐸(𝐴) = 0,3 ∗ (−70) + 0,4 ∗ 15 + 0,3 ∗ 100 = 15%,
𝐸(𝐵) = 0,3 ∗ 10 + 0,4 ∗ 15 + 0,3 ∗ 20 = 15%.
Tasodifiy ifodaning o‘rta qiymatiuning ehtimolligini taqsimot markazi sifatida xizmat qiladi.
Umumiy holatlarda kutilayotgan natijani ehtimolli taqsimot diapazoni uning o‘rta qiymatiga nisbatan qancha kichik bo‘lsa, ushbu operatsiya bilan bog‘liq risk shuncha kichik bo‘ladi.
Ushbu fikrning miqdoriy isboti tasodifiy ifoda taqsimotining boshqa ikkita parametri, ya’ni dispersiya va standart chetlanishlarni aniqlash yo‘li orqali erishiladi. Tasodifiy miqdorning dispersiyasi va standart chetlanishi. Dispersiya(variance – VAR) va standart yoki kvadratli chetlanish (standard deviation, mean deviation squared – 𝜎)lar tasodifiy miqdorning taqsimot markazidan (o‘rta qiymat) yoyilishi (variatsiyalari) xarakteristikasi bo‘lib xizmat qiladi.

Download 476 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling