Korxonalarda pul mablag`lari hisobi


Download 0.53 Mb.
bet3/5
Sana13.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1349502
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aktsionerlik jamiyati

Kassaga pulni qabul qilish bosh buxgalter yoki uning yordamchisi tomonidan imzolangan kassa kirim orderi (K.O 1-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Bunda pul topshiruvchiga kassir va bosh buxgalter tomonidan imzolangan kvitansiya beriladi. Kassadan naqd pul kassa chiqim orderi (KO-2-shakl) ) yoki kassa chiqim orderi rekvizitlari o’rnini bosuvchi maxsus shtamp qo’yilgan talabga muvofiq rasmiylashtirilgan huiiatlar (to’lov qaydnomasi, pul berish to'g'risida ariza, schyotlar va boshqalar) bo’yicha beriladi. Kassadan pul rahbar va bosh buxgalter yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan imzolangan huiiatlar bo'yicha beriladi. Agar kassa chiqim orderlariga ilova qilinadigan pul berish to'g'risidagi hujjatlarda rahbarning imzosi bo'lsa, kassa chiqim orderlariga imzo qo'yish shart emas. Kirim kassa orderlari, uning kvitansiyalari va kassa chiqim orderlari buxgalter tomonidan aniq qilib yoziladi. Bu hujjatlarda hech qanday o'chirish yoki to'g'rilashga ham yo'l qo’yilmaydi. Korxonada ishlamaydigan shaxslarga pul berishda ularning shaxslarini tasdiqlovchi passport yoki boshqa hujjat talab qilinadi. Kassa chiqim orderning pul olganligi to'g'risida imzo qo'yiladigan joyida taqdim etilgan hujjatning ma'lumotlari ko'rsatiladi. Ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag’lar uchun naqd pul bankdagi hisob-kitob schotidan pul chek daftarchasiga asosan olinadi.

Misol uchun, korxona ishchilariga 15 mln so’m ish haqi hisoblandi. Hisob-kitob schotidan kassaga ish haqini to’lash uchun naqd pul olib kelindi va ishchilarga ish haqi tarqatildi. a) Dt 2010 15 mln. Asosiy ishlab chiqarish. Kt 6710 15 mln Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar. b) Dt 5010 15 mln Milliy valyutadagi pul mablagʻlari. Kt 5110 15 mln. Hisob-kitob schyoti. c) Dt 6710 15 mln. Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar. Kt 5010 15 mln. Milliy valyutadagi pul mablagʻlari

Yuridik shaxs sifatida faoliyat ko’rsatayotgan va mustaqil balansiga ega bo’lgan korxonalar tijorat banklaridan birida o’zlarining hisob-kitob schotini ochadilar. Markaziy Bank yo’riqnomasiga binoan korxona o’zi tanlagan bankda pul mablag'larini saqlash, barcha turdagi hisob-kitoblarni, kredit va kassa operatsiyalarini amalga oshirish uchun so’mda va talab qilib olgungacha valyuta depozit schyotini ochishlari mumkin. Talab qilib olgungacha bo’lgan so'mdagi depozit schotlarini ochish uchun yuridik shaxs - rezidentlar bankka quyidagi hujjatlarni topshiradilar:


Hisob-kitob schoti operatsiyalarini hisobga olish

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling