Jarohatlovchi omillar va xavfli zonalar.
Ishlab chiqarishda jarohatlanish xodisalari mavud bo’lishi quyidagi ommilarga bog’liq. Mashina va dastgoxlarning harakatlanuvchi qismlari, kayishlar, barabanlar shkivlar, shneklar, tishli ish shersternyalari va boshqalar issiq yuzalar, elektr toki, mato tuklarini kuydirish mashinasi, zararli kimyoviy moddalar, matolarni pardozlashda ishlatiladigan kislota, ishqor va boshqa uyuvchi moddlarning bexosdan tushib ketishi, yuqoridagi ish joylarida to’siqlarsiz ishlash.
Inson hayotiga sog’lig’iga doimiy yoki vaqti-vaqti bilan xavf tugdiruvchi joy xavfli zona deb ataladi. Bunday zonalar sanot korxonalarida talayginadir.
Mashina va dastgoxlarning xar qanday aylanuvchi qismi xavflidir. Masalan: To’qimachilik korxonalarida barcha mashinalari tez aylanuvchi qismlarga ega. Gorizontal tituvchi mashining pichoqli barabani 450-700 ayl /min savash mashinasining mgnali savagichi 1000-1200 ayl/ min, tarash mashinasining kabul kiluv barabani 900-1200 ayl/ min, bosh baraban esa 200-400 ayl/min, tezlikka ega bo’lib, chiziqli tezligi 800-1600 ayl/min ni tashkil qiladi. Bu katta inersiya hosil qilib xavfli zona hisoblanadi.
4. Rangli signalar va xavfsizlik belgilari.
Korxonalarda faloqatlar va kungilsiz xodisalarning oldini olish maqsadida rangli plakatlar hamda xavfsizlik belgilaridan foydalanish mehnat xavfsizligi nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega. Rangli signallar va xavfsizlik belgilari ishlovchilarning dikkat-e’tiborini bevosita xavfga jalb etishga mumkin bo’lgan xavf haqida ogoxlantirishga, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida muayyan ishlarni bajarish uchun kursatmalar berish va ruxsat etishga, shunigdek, axborot berishga mo’ljalangan.
Xavfsizlik belgilari korxonalar, qurilish maydonlarining xududulariga, ishlab chiqarish xonalari, ish urinlari va ishlab chiqarish uskunalariga o’rnatilishi kerak. “Rangli signallar va xavfsizlik belgilari” ga muvofik rangli signallar hamda xavfsizlik belgilarining ushbu turt turi belgilangan: kizil, sarik, yashil, kuk.
Do'stlaringiz bilan baham: |