Korxonalarda tavakkalchilikni boshqarish Bajardi: ssi 82 guruh mirzamaxmudova X
Download 18.17 Kb.
|
Korxonalarda tavakkalchilikni boshqarish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavakkalchilik to’g’risida tushuncha
Korxonalarda tavakkalchilikni boshqarish Korxonalarda tavakkalchilikni boshqarishBajardi: SSI 82 guruh mirzamaxmudova X.Tekshirdi: Bazarova FReja:Tavakkalchilik to’g’risida tushuncha; Tavakkalchilik jarayoni; Tavakkalchilik turlari. Tavakkalchilik to’g’risida tushunchaBiz rus lug’atida qabul qilingan «Risk»-so’zini «tavakkalchilik» deb tarjima qildik. Bu terminga yana ekvivalent o’zbek tilida «qaltislik» va «risk»ning o’zini ishlatish kerak degan fikrlar bor. Chunki «Tavakkalchilik» so’zi «Risk»ni to’la mazmunini o’zbek tilida ifodalay olmaydi. Kelajak o’zbek tilida qaysi so’zni tanlashni ko’rsatib berar. «Vaziyat» tushunchasi u yoki bu faoliyat uchun imkoniyat yaratuvchi turli holat va shart-sharoitlar jamlamasining birikuvi deb tarif berish mumkin. Bunday holda vaziyat mazkur faoliyatini amalga oshirish uchun imkoniyat yaratish yoki unga to’sqinlik qilishi mumkin.Shuni qayd etish lozim-ki, tavakkalchilik vaziyati sifat jihatdan noaniqlik (mavhumlik) vaziyatidan keskin farq qiladi. Noaniqlik vaziyati-amalda o’rnatish imkoni bo’lmagan hodisa va qarorlar natijalarini hosil bo’lish ehtimoliyatidir. Shunday qilib, tavakkalchilik vaziyatini aniqlanishi mumkin bo’lgan va amalga oshuvchi hodisalar ehtimoliyatidagi noaniqliklar xilma-xilligi deb tarif berish mumkin. Ya’ni bu holda taxminan sheriklarning ishlab chiqarishdagi hamkorligidagi faoliyati, raqiblarni qarshi harakati, iqtisodiyot taraqqiyotiga tabiiy muhitning ta’siri, ishlab chiqarishga ilmiy texnik yutuqlarni joriy etish natijasida paydo bo’luvchi hodisalar ehtimolini ob’ektiv baholash imkoniyati mavjud bo’ladi. Tavakkalchiliik vaziyatlardan «chiqish uchun», sub’ekt tanlov o’tkazadi va uni amalga oshirishga harakat qiladi. Tavakkalchilik tushunchasini anglash aynan shu jarayonda o’z ifodasini topadi. Sub’ektning faoliyat rejasi esa bu jarayon tavakkalchilik tushunchasini anglashda o’z ifodasini topadi. Amalga oshirishga harakat qilish uchun qaror tanlovi bosqichida bo’lganidek, amalga oshirish bosqichida ham mavjud bo’ladi.Tavakkalchiliik vaziyatlardan «chiqish uchun», sub’ekt tanlov o’tkazadi va uni amalga oshirishga harakat qiladi. Tavakkalchilik tushunchasini anglash aynan shu jarayonda o’z ifodasini topadi. Sub’ektning faoliyat rejasi esa bu jarayon tavakkalchilik tushunchasini anglashda o’z ifodasini topadi. Amalga oshirishga harakat qilish uchun qaror tanlovi bosqichida bo’lganidek, amalga oshirish bosqichida ham mavjud bo’ladi. Bu va boshqa hollarda tavakkalchilik aniq ziddiyatlarni noaniq vaziyatda rivojidagi qarama-qarshi intilishlari orqali amaliy yechimini topish usuli bilan sub’ekt tomonidan noaniqliklarni olish modelini ifodalaydi. Tavakkalchilik-bu omadsizlik holatida vaqtincha tanlovga qadar bo’lgan holdan ham yomon vaziyatda bo’lish imkoniyati mavjud bo’lganida tanlov sharoitida amalga oshiriluvchi faoliyat (hatti-harakat)dir. Bu tarifda omadsizlik xavf-xatar holati bilan bir qatorda, alternativlik (muqobillik) kabi xislat ham ishtirok etadi. Boshqaruv jarayoni ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatining ajralmas qismidir, uning samaradorligini korxonaning oxirgi natijalari bo’yicha xulosada aniqlash mumkin. Download 18.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling