Korxonalarda xarajatlarni boshqarish


Toʻgri material xarajatlari


Download 155.25 Kb.
bet5/15
Sana16.06.2023
Hajmi155.25 Kb.
#1506104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mavzu-12

1. Toʻgri material xarajatlari
2. Toʻgʻri mehnat xarajatlari
3. Ustama ishlab chikarish xarajatlari
Toʻgʻri material xarajatlariga ishlab chiqarilgan konkret mahsulotgacha kuzatish mumkin boʻlgan material xarajatlar kiritiladi. Koʻpchilik hollarda bu asosiy materiallar boʻyicha xarajatlardir. Asosiy materiallar deb bevosita konkret mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan moddiy ishlab chiqarish xarajatlariga aytiladi. Masalan, stol ishlab chiqarish uchun ishlatilgan yogʻoch yoki taxta asosiy material deb tasniflanadi. Turli xil mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlaydigan uskunalarni ta’mirlash uchun ishlatilgan materiallar esa yordamchi materiallar deb tasniflanadi. Ammo ba’zida bevosita mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatilgan ayrim asosiy materiallarni ham asosiy materiallar singari toʻgʻridan-toʻgʻri tannarxga qoʻshish imkoni boʻlmaydi. Masalan, stol ishlab chiqarish uchun ishlatilgan mixning qiymati ahamiyatli boʻlmaganligi uchun uni toʻgʻri xarajat deb stol tannarxiga kiritish maqsadga muvofiq boʻlmaydi. Buning sababi shuki, bu xarajatlarni bir stol uchun aniqlash maqsadida qilingan harajatlar oʻzini oqlamaydi. Bu esa yordamchi materiallarni umumishlab chiqarish xarajatlarining biri sifatida hisobga olinishini taqazo etadi.
Toʻgri mehnat xarajatlari tarkibiga konkret ishlab chiqarilgan mahsulot uchun hisoblanishi mumkin boʻlgan asosiy ishlab chiqarish ishchilari uchun hisoblangan ish haqi xarajatlari kiradi. Bunga misol tariqasida koʻylakni tikkan chevarning yoki mahsulotni yigʻishda ishtirok etgan yigʻuv tsexi ishchisining ish haqini keltirish mumkin. Bunga qarama-qarshi holda ombor xodimi yoki xizmat koʻrsatuvchi boshqa bir shtatdagi xodimning ish haqini alohida mahsulot tannarxiga toʻgʻridan-toʻgʻri olib borib boʻlmaydi. Bunday ish haqi xarajatlari ham yordamchi materiallar kabi ustama ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida hisobga olinadi.
Asosiy material xarajatlari va asosiy ishlab chiqarish ishchilarining mehnat xarajatlari ishlab chiqarish uchun asosiy xarajatlarni tashkil qiladi va ular mahsulot tannarxiga toʻgʻridan toʻgʻri kiritiladi.

Download 155.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling