3.TMZga tegishli xarajatlarni taxlil kilish.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobining maqsadi – zahiralarni baholash va foydani aniqlash maqsadida xarajatlarni alohida olingan muomila yoki mahsulotga olib borish uchun taqsimot qilishdir. Boshqaruv hisobi esa ma’muriyatga bu borada eng samarali qaror qabul qilish uchun moliyaviy axborot etkazib beradi.
Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi :
Materiallarning turlari
a) Toʻ\ri materiallar – xom ashyo va asosiy materiallar;
b) Egri (yordamchi) materiallar – moylash materiallari, gayka, v x k.
Ishlab chiqarish tsexlariga berilgan materiallar tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlar quyidagi vazifalarni bajaradi:
ombor xodimlariga materiallarni chiqarish uchun asos;
ombor hisobi kartochkasi va bosh kitobga xarajat sifatida qayd qilish uchun asos.
Materiallarni sarf kilishda yuzaga keladigan qiyinchilik ularni qaysi bahoda sarf qilinishini belgilashda yuzaga keladi. Chunki bir turdagi materialning oʻzi bir necha bahoda sotib olingan boʻlishi mumkin. Bu xolda xaqiqiy qiymat bir necha koʻrinishga ega boʻlishi mumkinligidan sarf qilinayotgan materiallar qiymatini aniqlash metodini tanlash zaruriyati tu\iladi.
Xarajat qilinayotgan materiallar qiymatini aniqlash va zahiralar qoldigini baholash uchun bir necha usuldan foydalanish mumkin:
Birinchi keldi – birinchi sarf boʻldi (FIFO)
Oxirgi keldi – birinchi sarf boʻldi (LIFO)
Oʻrtacha tortilgan qiymat (AVECO)
- «NIFO» usuli
- Meyoriy qiymat usuli.
Zahiralarini baholash usullarining ustunlik va kamchiklari
Do'stlaringiz bilan baham: |