Korxonalarda xarajatlarni boshqarish


Tannarx tarkibiga kiruvchi xarajatlarni guruxlash


Download 155.25 Kb.
bet4/15
Sana16.06.2023
Hajmi155.25 Kb.
#1506104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mavzu-12

2. Tannarx tarkibiga kiruvchi xarajatlarni guruxlash.
Mahsulot ishlab chiqarish yoki ma’lum bir ishlarni bajarish uchun qilingan xarajatlar oʻzi qanday aniqlanadi? Mahsulot birligini ishlab chiqarish yoki ma’lum bir ishlarni bajarish uchun qilingan xarajatlar amalda tannarx deb ataladi. Tannarx - mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq asosiy vositalar, xom-ashyo, materiallar, yoqilgʻi, energiya, ish haqi, shuningdek ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boshqa xarajatlardan shakllanadigan koʻrsatkichdir.
Mahsulot tannarxida iste’mol qilingan aylanma mablagʻlar, asosiy vositalarning ishlab chiqarish jarayonida amortizatsiya ajratmalari shaklidagi eskirishi, ish haqi tarzida xodimlarga toʻlanadigan jonli mehnatning ma’lum bir qismi hamda jamiyat uchun vujudga keltirilgan xarajatlarning ijtimoiy sugʻurta ajratmalari koʻrinishidagi qismi oʻz ifodasini topadi.


1-jadval
Ishlab chiqarish xarajatlarining turkumlanishi



Turkumlanish belgilari

Xarajatlar turkumi (guruhi)

1. Mahsulotni tayyorlashdagi texnik
iktisodiy roli yoki tayinlanishiga qarab

1) asosiy 2) ustama



2. Ayrim mahsulot turlarining
tannarxiga qoʻshilishi (taqsimlanishi) ga qarab

1) bevosita 2) bilvosita
(toʻgʻri) (egri)

3. Tayyorlanayotgan mahsulot miqdoriga
bogʻliqligiga qarab

1) oʻzgaruvchan 2) oʻzgarmas
(shartli)

4. Xarajatning turiga qarab

1) iktisodiy 2) kalkulyatsiya
elementlar moddalari

5. Tarkibiga qarab

1) bir elementli 2) kompleks

6. Ishlab chiqarish bilan bogʻliqligiga
qarab

1) ishlab 2) noishlab
chiqarishdagi chiqarishdagi

7. Mahsulot tannarxini hosil qilishdagi xarakteri (maqsadga muvofiqligi)ga qarab

1) unumli 2) unumsiz



8. Rejaga kiritilishiga qarab

1) Rejalashtirilmaydigan
2) rejalashtiriladigan



9. Paydo boʻlish joyiga qarab

1) tsex 2) uchastka
3) boʻlim 4) brigada

10.Taqvim (kalendar) davrga tegishligiga qarab (sodir boʻladigan vaqtiga qarab)

1) joriy davr 2) kelgusi davr
xarajatlari; 3) kelajakdagi xa-
rajatlar
zahirasi

Shuning uchun mahsulot tannarxi shu mahsulot qiymatining pul shaklidagi koʻrinishi boʻlib, u sanoat korxonasiga mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish qanchaga tushganligini koʻrsatadi.
Ishlab chiqarilgan maxsulotga nisbatan uchta asosiy xarajat elementini ajratish mumkin:

Download 155.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling