Korxonalarda xarajatlarni boshqarish
Ustama ishlab chiqarish xarajatlari
Download 155.25 Kb.
|
Mavzu-12
Ustama ishlab chiqarish xarajatlari esa tarkibiga koʻra murakkab boʻlib, uning tarkibiga yordachi materiallar, yordamchi ishchilarning ish haqi, ijara va kommunal xarajatlar kabi boshqa egri ishlab chiqarish xarajatlari kiritiladi. Boshqacha aytganda, ular mahsulot tannarxiga toʻgʻridan-toʻgʻri emas, balki egri yoʻl, ya’ni taqsimlash orqali kiritiladi.
Mahsulot tannarxini aniqlash uchun xarajatlarni turkumlash odatda ishlab chiqarilgan mahsulotning qiymatini baholash va ana shu asosda foydani aniqlash uchun xizmat qiladi. Buning uchun xarajatlarni alohida mahsulot turlari boʻyicha hisobga olinishi taqazo qilinadi. Axborotning tannarxni shakllantirish maqsadida toʻplanishi esa har doim ham boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun xizmat qilavermaydi. Qarorlar qabul qilishda harakatlarning muqobil variantlarini baholash uchun xarajatlarni turkumlashning qoʻshimcha turlaridan foydalanish talab etiladi. quyida ularning ayrimlarini koʻrib chiqamiz: Mahsulot hajmiga nisbatan xarajatlar dinamikasi; Hisob-kitoblarda inobatga olinadigan va olinmaydigan xarajatlar va daromadlar; qaytarilmaydigan yoki oʻtgan davrlar xarajatlari; Bartaraf qilinishi mumkin boʻlgan va bartaraf qilinishi mumkin boʻlmagan xarajatlar; Muqobil kursning qabul qilinishi natijasida paydo boʻlgan chiqimlar; Inkrement (qoʻshimcha) va marjinal (chegaraviy) xarajatlar va daromadlar. Mahsulot hajmi oʻzgarishi bilan bogʻliq holda xarajatlarning oʻzgarishini tasavvur qilish qarorlar qabul qilishda oʻta muhimdir. Ishlab chiqarish faoliyati ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, mehnat xarajatlari, qabul qilingan mijozlar kabi qator koʻrsatkichlar bilan oʻlchanishi mumkin. Xarajatlar dinamikasi haqidagi ma’lumotlarga asoslanib quyidagi savollarga javob berish mumkin: Keyingi yilga qancha mahsulotni rejalashtirish mumkin? Mahsulot sotish hajmini koʻpaytirish uchun sotish baholarini pasaytirish kerakmi? Mahsulot sotish bilan shugʻullanayotgan xodimlarga ish haqini qaysi koʻrinishda toʻlagan ma’qulroq: okladmi yoki komission toʻlovmi? qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarish uchun yangi uskuna sotib olish kerakmi? Xarajatlar dinamikasiga asosan qarorlar qabul qilishda oʻzgaruvchan, doimiy, yarim oʻzgaruvchan, yarim doimiy xarajatlar kabi atamalardan foydalaniladi. Download 155.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling