Korxonalarda xarajatlarni boshqarish
Download 155.25 Kb.
|
Mavzu-12
- Bu sahifa navigatsiya:
- Doimiy xarajatlar
Oʻzgaruvchan xarajatlar deb mahsulot hajmi oʻzgarishiga proportsional ravishda oʻzgaradigan xarajatlarga aytiladi. Ularga misol tariqasida asosiy materiallar, asosiy ishlab chiqarish ishchilarining ish haqi kabi xarajatlarni keltirish mumkin. Masalan, bir birlik mahsulot uchun 2 kg material sarflanishi kerak boʻlsa, 1000 birlik uchun 2000 kg, 2000 birlik mahsulot uchun esa 4000 kg va h.k. material xarajatlari boʻladi.
Doimiy xarajatlar esa ishlab chiqarishning turli hajmlari uchun oʻz-garishsiz qoladigan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga misol tariqasida bino boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini, rahbar xodimlar ish haqi, bino ijarasi kabilarni keltirish mumkin. Ba’zi xarajatlar esa ma’lum bir ishlab chiqarish hajmida doimiy boʻlgani holda ishlab chiqarish hajmi sezilarli oʻzgarsa, ular ham oʻzgaradi. Masalan, bitta tsex uchun bir xona ijaraga olingan, deb faraz qilaylik. Ikkita tsex uchun esa ikkita xona ijaraga olinishi kerak boʻlsa, xarajatlar keskin ikki barobarga oʻsadi, ya’ni bunda xarajatlar sakrab – pogʻonasimon oʻzgaradi. Bunday ma’lumotlar ishlab chiqarish hajmi va unga bogʻliq xarajatlar haqida qarorlar qabul qilish uchun muhimdir. Ba’zan qaror qabul qilishda qaysi xarajatlar bu qaror bilan bogʻligʻu, qaysilari bogʻliq emas, degan savolga javob berishga toʻgʻri keladi. Masalan, omborda bir necha yillar oldin harid qilingan 100000 soʻmlik material mavjud, deb faraz qilaylik. Ana shu materialdan mahsulot tayyorlashga buyurtma berish-moqchi, lekin buyurtmani tayyorlash uchun 200000 soʻm sarflash kerak. Materialning narxini inobatga olsak, jami xarajatlar 300000 soʻmni tashkil qilmoqda. Buyurtmachi esa mahsulotga 250000 soʻm toʻlamoqchi boʻlyapti. Xoʻsh, buyurtmani qabul qilish kerakmi yoki yoʻqmi? Bu savolga javob berish uchun qaysi xarajatni ushbu holda hisobga olish kerak, qaysinisini hisobga olmaslik kerakligini aniqlash talab etiladi. Agar materialning eski ekanligini va uni material holida sotish imkoni yoʻqligini, buning ustiga unday foydalanish uchun boshqa buyurtma yoʻqligini inobatga olsak, ushbu buyurtma eng foydali buyurtma deyish mumkin. Bu qarorni asoslash uchun esa xarajatlarni qaror qabul qilishda inobatga olinadigan va inobatga olinmaydiganlarga boʻlish eng ma’qulidir. quyida shu turkumlash asosidagi hisob-kitoblar keltiriladi va u yuqoridagi qarorning toʻgʻriligini isbotlaydi:
Download 155.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling