Korxonalarda xarajatlarni boshqarish


Download 155.25 Kb.
bet8/15
Sana16.06.2023
Hajmi155.25 Kb.
#1506104
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Mavzu-12

Koʻrsatkichlar

Buyurtmani olmaslik kerak, sum

Buyurtmani olish kerak, sum

Materiallar

100000

100000

qayta ishlash xarajatlari

-

200000

Daromadlar

-

(250000)

Sof xarajatlar

100000

50000

Shunday qilib, kompaniyaning sof xarajatlari buyurtmani qabul qilganda 100000 soʻmdan 50000 soʻmgacha kamayar ekan.


Boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayonida muqobil va qaytarib boʻlmaydigan xarajatlarni turkumlarga ajratish ham muhim axamiyatga ega.Muqobil (alternativ) xarajatlar – tanlash imkoniyati bor boʻlgan paytda, qaror qabul qilish jarayonida, qilinadigan xarajatlardir. qaytarib boʻlmaydigan xarajatlar – bu oldingi qaror natijalari boʻlib, endi muqobil variant chiqqani bilan unga ta’sir qilishning iloji yoʻq boʻlgan xarajatlar hisoblanadi.
Misol. Kompaniya maxsus uskuna ishlab chiqarish uchun shartnoma tuzish imkoniyatiga ega. Uni tayyorlash uchun stanok X da 100 soat mobaynida ish olib borilishi lozim. Ammo stanok X «A» mahsulot ishlab chiqarish bilan toʻliq band. Shuning uchun yangi mahsulot mahsulot ishlab chiqarish «A» mahsulot miqdorini kamaytirish hisobiga amalga oshirish mumkin. Bu esa korxonaga 2000 ming soʻmlik daromadni yoʻqotish demakdir. Shartnoma yana 1000 ming soʻm miqdorida qoʻshimcha oʻzga-ruvchan xarajatlarni qilishni koʻzda tutadi.
Agar korxona kontraktni qabul qilsa 2000 ming soʻm miqdorida zarar koʻradi. Bu summa muqobil xarajat deb tan olinadi va kontrakt shartnomlarini koʻrib chiqishda hisobga olinishi lozim. Shunga koʻra kontrakt tuzishdan olinadigan daromad eng kamida 3000 ming soʻm (2000 q 1000) lik zararni qoplash imkonini bersagina tuzish mumkin.
qarorlar qabul qilganda bartaraf qilinishi mumkin boʻlgan va bartaraf qilinishi mumkin boʻlmagan xarajatlarni bir-biridan ajratish ham nihoyatda muhimdir.
Shunday xarajatlar borki, ular bevosita mahsulot ishlab chiqarish yoki buyurtmani bajarish uchun sarfni ifoda etmaydi, lekin ular bilan boliq muqobil qarorni qabul qilish natijasida yuzaga keladi. Masalan, yangi buyurtmani qabul qilish ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini 500000 soʻmga kamaytirishni taqazo etadi, aniqrogʻi, yangi mahsulot boʻyicha buyurtmani qabul qilish uchun eski mahsulotni ishlab chiqarishni qisqartirish kerak, deb faraz qilaylik. Agar yangi mahsulot xarajatlari 6 mln. soʻmga tushsa, yoʻqotilgan, ya’ni ishlab chiqilmagan eski mahsulot qiymatini inobatga olgan holda uning qiymati 6,5 mln. soʻm boʻladi. Bunday xarajatlar muqobil kursning qabul qilinishi natijasida paydo boʻlgan chiqimlar deb ataladi. Xarajatlarning inkrement va marjinal xarajat hamda daromadlarga turkumlanishi odatda qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarish yuzasidan qarorlar qabul qilishda foydalaniladi. Inkrement daromadlar va xarajatlar koʻshimcha hajm uchun daromadlar va xarajatlarni ifodalaydi. Marjinal daromad va xarajatlar esa mahsulot birligi uchun kushimcha daromadlar va xarajatlarni aniqlashda ishlatiladi.



Download 155.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling