Korxonalarda


Download 263.14 Kb.
bet13/25
Sana18.02.2023
Hajmi263.14 Kb.
#1211187
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
moliya kurs ishi

Asosiy normativ – uzoq muddatda ishlatish uchun urnatilgan normativ bo’lib, bu asosida joriy normativlar ishlab chiqish mumkindir.
Ideal normativ – bu uskunalarni turib qolishini, yuqotishlar, oddiy zararlarni kompensasiyasiz qulay sharoitlarda erishish mumkin bulgan normativ. U yana potensial normativ ham deyiladi.
Erishiladigan normativ – bu shunday normativki , agar ishning normativ birligi samarali bajarilsa, uskuna va materiallar kerakli joyida ishlatilsa, unga erishish mumkin.
Joriy normativ bu va qisqa vaqt davrida foydalanish uchun urnatilgan va joriy sharoitga aloqasi bulgan normativdir.
Xarajatlarning normativ kursatkichlaridan foydalanib normativ tannarx kartochkasi tuziladi va mahsulot borligining normativ tannarxi
haqida ma’lumotlarga ega bo’ladi.
Xarajatlarni tahlil qilishda mahsulot tannarxining normativ kursatkichlari haqiqiy xarajatlar bilan solishtirish uchun asos bulib hisoblanadi va ular yordamida yo’l qo’yilgan farqlari va ularning kelib chiqish sabablari aniqlanadi.
Haqiqiy xarajatlar farqi ularning turlari, mahsulot birligi va xarajatlar umumiy summasining chetlanishini aniqlanishi buyicha hisobga olib boriladi.
Tannarxning normativ kalkulyasiyasi buyicha xarajatlar tahlili quyidagi kursatkichlar asosida amalga oshiriladi: norma-soat, ishlab chiqarsh hajmi koeffisiyenti, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffisiyenti, ishlab chiqarish quvvati samaradorligi (unumdorligi) koeffisiyenti.
Norma-soat – bu normativ unumdorligi bilan bir soatda bajarilishi kerak bulgan ish hajmi, masalan, bir soatda mahsulot ishlab chiqarsh 20 ta mahsulotni tashkil qilsa, unda 100 dona mahsulotni ishlab chiqarish normativi buyicha 5 soat bulishi kerak va ularni ishlab chiqarish uchun sarflangan haqiqiy vaqtdan qat’iy nazar shu 5 soatning normativ qiymati buyicha baholanadi.
Ishlab chiqarish hajmi koeffisiyenti (Ki/ch.h) ishlab chiqarishni haqiqiy hajmini (norma-soatda urgangan) rejada kursatilganligi nisbati orqali aniqlanadi va foizlarda ifodalaniladi:
I/Ch.Hxaq.100
Ki/ch.h =
I/Ch.Hreja
Bu yerda: I/Ch.H xaq - mahsulot ishlab chiqarishga haqiqatda sarflangan vaqt; I/Ch.H reja-vaqt sarfining rejaviy hajmi.

Download 263.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling