Korxonalarning foydasi uni taqsimlash Reja: Daromadlarni hajmi bo‘yicha reja bajarilishini tahlili


- franko-stansiya (pristan’) jo‘natuvchi


Download 56 Kb.
bet2/4
Sana08.05.2023
Hajmi56 Kb.
#1446316
1   2   3   4
Bog'liq
Korxonalarning foydasi uni taqsimlash

- franko-stansiya (pristan’) jo‘natuvchi;
- franko-stansiya (pristan) qabul qilib oluvchi.
"Franko" so‘zi mahsulotni ishlab chiqaruvchidan to iste’molchigacha yetkazib berish uchun ketgan trapsport harajatlari miqdorini narx tarkibiga kiritilishini bildiradi.
Yuqorida nomlari keltirilgan narxlardan tashqari mahsulot - yo‘l munosabatlari tizimida keng ishlatiluvchi auksion, ma’lumot beruvchi, erkin, tartibga solinuvchi, belgilangan, hamda talab, taklif va muvozanat narxlari mavjud.
Auksion narxlar auksion savdosidagi narxlardir.
Ma’lumot beruvchi narxlar - bu narxlar maxsus ma’lumotnomalarda, shartnomalar tuzish maqsadida beriluvchi narxlardir. Qariyb barcha turdagi korxonalar qisqa va uzoq muddatli kreditlarni amalga oshirish uchun bozor vaziyati o‘zgarishiga ko‘ra mahsulot narxini o‘zgartirib turadi. Tadbirkorlarning puxta o‘ylab olib boradigan narx-navo siyosatiga bevosita bog‘liq bo‘lgan vazifalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
• Hali o‘zlashtirilmagan bozorga chiqish;
• Yangi mahsulot kiritish;
• Bozor segmentlari bo‘yicha biridan keyin biriga tarqatish;
• Harajatlarni tezda qaytarib olish

Umuman olganda narxlarning belgilanishi quyidagi usullar bilan amalga oshirilishi mumkin:


Ma’muriy usul - kichik biznesda keng tarqalgan usul bo‘lib, ists’molchi didini, raqobatni ia bozorda hukm suruvchi talabni hisobga olib narx o‘rnatiladi. Narx belgilashning ma’muriy usulida o‘zini va ko‘nikilgan narx strategiyasini kiritish o‘z-o‘zini oqlaydi. Raqobatga mo‘ljalangan ma’muriy narx belgilash usuli - bu sof foydaning maqsadli narxdir.
"Qalbaki qo‘ziqorin" usuli - kichik firmalarning mashhur kompaniyalarning ajoyib mahsulotlarini qalbakilashtirib, bozorga pastroq narxlar bilan chiqarishi strategiyasi bo‘lib, ularni ilmiy izlanish va tajriba konstruktorlik ishlarini bajarmasliklari hisobiga qo‘shimcha harajatlar qilmasliklari bilan oqlash mumkin.
"Hameleon" usuli - bu xo‘jalik yuritishni kichik shaklini amalga oshiruvchi subyektlarni narx siyosati, ilg‘orlikni mo‘ljallagan holda, yirik kompaniyalarniig ustuvorlik strategayasi orqali amalga oshiriladi. Bu kabi narx belgilash misolini yirik korxona narx saviyasining franchayzingi asosida ko‘rish mumkin.
Talabni mo‘ljallash - narx saviyasini talab o‘zgarishdan kelib chiqqan holda aniqlash usuli. Ushbu usul soddalashtirilgan holda quyidagicha ishlatiladi: talab oshganida narxlar yuqoriroq saviyada o‘rnatiladi, talab pasayganda pastroq saviyada har ikkala holda bir dona mahsulotga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish harajatlari bir hil bo‘lib qoladi, ammo daromad me’yori o‘zgaradi.
Talabning o‘zgarish egri chizig‘iii va zaruriy harajatlarni bila turib mahsulotning bozor narxini nazariy hisoblash mumkin.
Shu bilan birga narxni kalkulyatsiya qilishning nazariy hisoblari narxdan tashqi o‘zgarmas harajatlar ta’sirini hisobga olmaydi, masalan, sotish yo‘nalishi omillari, reklamalar, uzoq davr raqobati va boshqalar.
Bu kabi izlanishlarni daromad ko‘payishi bo‘yicha faqat qisqa davr ichida olib borish zarur, buning uchun firmaga bozorda talab harakati to‘g‘risidagi to‘la axborot va mahsulot ishlab chiqarishdagi o‘zgarmas va o‘zgaruvchan harajatlar ayon bo‘lmog‘i kerak.
Shu bilan birga narxni nazariy kalkulyatsiyasi hisoblarini boshlanish davri juda foydalidir. U haqiqiy vaziyat haqida ma’lum tushunchaga ega va maqsadlar, talablar, harajatlar va daromadlar oralig‘idagi munosabatlarni yaxshi bo‘lishiga ko‘maklashadi.
Nazariy hisoblar evaziga olingan narx kalkulyatsiyasining maqbullashtirilgan modeli haqiqiy xo‘jalik vaziyatini hisobga olib quyidagi uchta yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadi.
1. Harajatlarni mo‘ljallash:
* "harajatlar = daromadlar" qoidasi bo‘yicha narx belgilash;
* maqsadli daromad me’yorini ta’minlovchi narx vazifasi;
* zarar ko‘rmaslik usuli bo‘yicha narx belgilash (ishlab chiqarishni jiddiy hajmidagi harajatlar)
2. Talab mo‘ljali bilan:
* narxni kamaytirish;
* mahsulot tahlili;
* mahsulot turlari.
3. Raqobat mo‘ljali bilan:
* iste’molchi narx;
* harajat mo‘ljali bilap narx hisobi usuli.
Biznesda narxni maqsad saviyasida o‘rnatish va uni ushlab turish raqobat shakliga va bozor turiga ko‘proq bog‘likdir. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar yakka hokimlik bozorida daromadni iloji boricha qisqa davr ichida ko‘paytirishlari mumkin. Bunda narx savdodan keladigan mablag‘ni qilingan harajatlarga yaqin kelishini ta’minlaydi.
Bu talab mahsulotni bozor talabiga teng miqdorda ishlab chiqarilganda amalga oshadi.

3. Daromadlarni rejalashtirish.


Savdo korxonasi daromadlarini boshqarish tizimida ularni rejalashtirish markaziy o‘rin tutadi.


Savdo korxonalari va tashkilotlar shunday ishlashi kerakki, yalpi daromad miqdorini oshirish bilan bir vaqtda sarflanadigan harajatlarni kamaytirib, uning evaziga korxonaning daromadlilik darajasi ta’minlanishi zarur. Yalpi daromadni tahlil etish vazifalari quyidagilardan iborat:
• Yalpi daromad hajmi bo‘yicha rsja bajarilishini aniqlash;
• Amalda joriy qilingan savdo chegirmalarining to‘g‘ri qo‘llanilganligini tekshirish;
• Yalpi daromad rejasi bajarilishiga ta’sir etuvchi omillarni aniklash;
• Korxonaning daromadlilik darajasi va unga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash;
• Korxonadagi mavjud foydalanmasdan yotgan ichki imkoniyatlarni aniqlab bsrish.
Chakana savdo korxonalarida va tashkilotlarida yalpi daromad mutlaq miqdorda, hamda o‘rtacha yalpi daromad darajasi, yalpi daromad summasining tovar aylanishiga nisbati aniqlanadi.
Umuman olganda, yalpi daromad summasining o‘zgarishiga ko‘plab omillar qatorida asosan ikki omil ta’sir ko‘rsatadi:
a) Tovar aylanishining hajmi.Ushbu omil ta’sirini aniqlash uchun tovar aylanishi hajmi bo‘yicha mutlaq farqni rejadagi o‘rtacha daromad darajasiga ko‘paytirib, yuzga bo‘linadi.
b) O‘rtacha yalpi daromad darajasining o‘zgarishi. Bu omil ta’sirini aniqlash uchun o‘rtacha yalpi daromad darajasi bo‘yicha mutlaq farqni hisobotdagi tovar aylanishi hajmiga ko‘paytirib, yuzga bo‘linadi.
Tahlil jarayonida yuqorida ko‘rsatilgan omillarning bir-biriga bog‘liqligi va yalpi daromad hajmining o‘zgarishiga qanday ta’sir qilganligi o‘rganiladi.
Bulardan tashqari yalpi daromad hajmi o‘zgarishiga faqatgina yuqoridagi omillar emas, yana hisobot davridagi tovar aylanishi salmog‘ining rejadan tovar aylanishi salmog‘iga to‘g‘ri kelishi, savdo chegirmasining ayrim tovarlar bo‘yicha ko‘payishi yoki kamayishi va ayrim hollarda tovar yetkazib beruvchi tashkilotlar tomonidan qo‘shimcha savdo chegirmasining o‘z vaqtida berilmaganligi va yo‘l harajatlari, davlat budjeti tomonidan qoplanmaganligi ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Tahlilning asosiy vazifalaridan biri tahlil qilish davrida yalpi daromad hajmi bo‘yicha rejaning bajarilishini, yalpi daromad hajmining o‘zgarishiga tovar salmog‘i o‘zgarishi ta’sirini, sotilgan tovarlarning assortiment va sifatining o‘zgarishini, hamda o‘rtacha yalpi daromad darajasining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlashdir.
Tahlil jarayonida o‘rtacha yalpi daromad darajasi nima sabablar ta’sirida o‘zgarganligini aniqlashimiz zarur. Chunki o‘rtacha yalpi daromad darajasining ilmiy asoslanganligi savdo korxonalari ishining iqtisodiy jihatdan asoslangan miqdorining belgilanishi va o‘zgarishi asosan quyidagilarga bog‘liq:
• Savdo korxonalarining joylashgan o‘rni;
• Tovar aylanishi hajmi ulushining o‘zgarishi;
• Ayrim tovar turuhlari bo‘yicha savdo chegarmalarining o‘zgarishi;
• Mayda ulgurji tovar aylanishi hajmining o‘zgarishi va hokazo.
Savdo chegirmalarini ayrim tovarlar va tovar guruhlari bo‘yicha tabaqalashtirish ayrim tovarlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan muomala harajatlarining bir xil emasligi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, chegirmalarning eng yuqori miqdori eng ko‘p mehnat sarflanib tayyorlanadigan, saklash uchun maxsus sharoitlar va qo‘shimcha ishlov berishni talab qiladigan, nisbatan sust aylanadigan va muomala harajatlari darajasini oshirib yuboradigan tovarlarga belgilanadi.
Korxona yalpi daromadining savdo chegirmasi hisobiga ko‘payishi yoki kamayishi tashqi omil hisoblanib, shu korxonaning xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, yalpi daromad hajmining o‘zgarishiga tashkilotlar tomonidan yetkazilib bsriladigan tovarlarning uzluksiz harakati ta’sir ko‘rsatadi. Ulgurji savdo korxonalari tomonidan tovarlarning savdo korxonalariga ombordan yoki tranzit shaklida keltirilishi o‘z navbatida yalpi daromadning o‘zgarishiga olib keladi. Savdo korxonalariga tovarlar tranzit usulda keltirilishi yalpi daromadning ko‘payishiga, aksincha ombordan keltirilgan tovarlar salmog‘ining kamayishiga olib ksladi.
Savdo korxonalarining xo‘jalik faoliyatini yanada chuqurroq o‘rganish va bilish uchun yalpi daromad miqdorini faqat umumiy hajmi bo‘yicha tahlil qilib qolmasdan, yalpi daromad rsjasining bajarilishi ham kvartallar bo‘yicha, ham tovar guruhlari bo‘yicha tahlil qilinadi.
Tahlilning keyingi bosqichlarida choraklar bo‘yicha yalpi daromad rejasining bajarilishi tahlil qilinishi zarur, chunki yalpi daromad rejasiniig bir me’yorda bajarilishi savdo korxonasi moliyaviy natijalarining yaxshilanishiga, moliyaviy holatining mustahkamlanishiga va barqarorligiga olib keladi.
Savdo korxonalarida daromadlarni rejalashtirishning asosiy boshlang‘ich shartlari quyidagilar: tovarlarni sotish va sotib olishning ishlab chiqilgan rejasi; korxonaning rejalashtirilgan davrda samarali rivojlanishi ta’minlovchi foydaning maqsadli summasi; korxonaning ishlab chiqilgan narx siyosati.
Korxona daromadlarini rejalashtirish jarayoni quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi(14-chizma).


Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling