Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlari ?
Download 2.79 Mb.
|
13-bilet javoblari 121 guruh Nosirova Munira
13-bilet Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlari ? Fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati ? Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari ? Javoblar: 1. Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o‘tkazish mezonlari ? Korxonalar iqtisodiy ahvoliga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratiladi: a) iqtisodiy qodir; b) iqtisodiy tavakkalchilik; v) iqtisodiy nochor: to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega; to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega emas. Iqtisodiy ahvolni baholash uchun asosiy ko‘rsatkichlar (mezonlar) quyidagilardir: a) to‘lov qobiliyati yoki qoplash koeffitsiyenti — Tqk; b) o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti — O‘ak; v) aktivlarning va xarajatlarning rentabellilik koeffitsiyenti — Ark, Xrk; Yakuniy qarorga kelish uchun quyidagi qo‘shimcha ko‘rsatkichlardan ham foydalanish mumkin: o‘z va qisqa muddatli qarz mablag‘larning nisbat koeffitsiyenti — O‘qk; ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti — Qfk; asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti — Avek. Bunda iqtisodiy tahlil etilishi lozim bo‘lgan korxonalar quyidagi ko‘rsatkichlar orqali tanlab olinadi: pullik majburiyatlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha ularni to‘lash kunidan uch oydan ortiq muddati o‘tgan kreditorlik qarzlarining mavjudligi; korxonaning to‘lovga qobiliyatsizligi, ya’ni qisqa muddatli qarzlarini joriy aktivlari bilan qoplay olmasligi; past rentabelilik yoki zararlilik. 2-savol javobi Fan-texnika taraqqiyoti – bu mehnat vositalarini, ishlab chiqarishning eng yangi xomashyosi va materiallarini, yoqilg‘i va energiyaning, texnologik jarayonning, boshqarishning, mehnatni texnik jihatdan qurollantirish va yuqoridagilarning hammasini yangidan yaratishni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishlovchilarning umumiy ma’lumotini, mahoratini uzluksiz sistematik rivojlantirish va takomillashtirish ham fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Yuqorida keltirilgan fikr va mulohozalar umumjamiyat miqyosida, xalq xo‘jaligi, uning tarmoqlari, korxona (firma)larda va tashkilotlar miqyosida ham hisobga olinishi mumkin. Fan-texnika taraqqiyotining vazifasi quyidagilardan iborat: tejamkorlikni amalga oshirish (vaqtni, xomashyo va materiallarni, yoqilg‘i, elektr energiyasi va h.k. larni tejash); ishlab chiqarish jarayonlarini osonlashtirish, mehnatni yengillashtirish; mehnatning mazmuni va xarakterini o‘zgartirish; ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini yanada yuqori darajaga ko‘tarish. Fan-texnika taraqqiyotining mazmuni va maqsadlarini davlat iqtisodiy siyosatining mushtarak (umumiy) vazifalari, shuningdek, bozor iqtisodiyotining u yoki bu bosqichining aniq tarixiy sharoitlari belgilab beradi. Fan-texnika rivoji darajasini, bu borada hal etiladigan vazifalarni chuqur ilmiy umumlashtirish asosida davlat fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini ta’riflaydi hamda ularni amalga oshirish uchun optimal shart-sharoitlarni ta’minlovchi tadbirlar ishlab chiqadi. 3-savol javobi Fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari ? Fan-texnika taraqqiyoti — bu, juda murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. U ijtimoiy va shaxsiy hayotning hamma tomonlarini o‘z ichiga oladi. shu sababli ham fan-texnika taraqqiyoti harakatdagi jarayon hisoblanadi. Fan — inson faoliyatining ma’lum sohasi. U shunday sohaki, voqeahodisalar haqidagi bilimlar yaratiladi va ular nazariy nuqtai nazardan bir yo‘lga solinadi. Fan — ijtimoiy fikrlash va bilishning shakllaridan biridir. Fan yoki ilm — bu, o‘qish, o‘rganish va hayotiy tajriba asosida fikrlanadigan bilim va malakalar majmuasidir. Uning asosiy vazifasi, avvalo, voqea va hodisalarni, shu jumladan, texnik va texnologik hodisalarni tasvirlash, tushuntirish, oldindan aytib berish, bashorat qilishdan iborat. Texnika — bu, eng tor ma’noda mehnat quroli, mehnat vositasi. Keng ma’noda esa, u ishlab chiqarish vositalari, texnologiya usullarini, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarining yig‘insidir. U ishlab chiqarish kuchlarining eng faol elementi hisoblanadi. Texnologiya (yunoncha «technue» — san’at, mahorat, uddalash va ...logos - ta’limot) — ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulot olish uchun ishlatiladigan xom ashyo, material yoki yarim fabrikatlarning holati, xossasi va shakllarini o‘zgartirish, ularga ishlov berish, tayyorlash usullari majmuidir. Fan-texnika taraqqiyoti — bu, mehnat vositalarini, ishlab chiqarishning eng yangi xom ashyosi va materiallarini, yoqilg‘i va energiyaning, texnologik jarayonning, boshqarishning, mehnatni texnik jihatdan qurollantirish va yuqoridagilarning hammasini yangidan yaratishni o‘z ichiga oladi. Download 2.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling