Korxonam nomi «nela» mchj bo’ladi


Download 19.64 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi19.64 Kb.
#1417823
Bog'liq
korporativ moliya


Topshiriqni quyidagi savollarga javob bergan holda bajarishingiz mumkin? 1) Korxona nomi nima buladi va u ilgari boshqa kishilar tomonidan band qilinmaganligini tekshirish uchun nima ish qilish lozim? 2) Korxona ochishdan maqsadingiz nima? 3) Tadbirkorlikning qaysi sohasida faoliyat yuritmoqchisiz? 4) Korxona ochish uchun qancha pul mablag'lari kerak va nima uchun? 5) Pul mablag'larini qaysi manbalardan olmoqchisiz va nima sababdan? 6) Mahsulotingiz xaridorlari kimlar va ularni qaysi bozorlarda sotmoqchisiz? 7) Kredit hisobiga ishni boshlashingiz uchun nimalarga e'tibor qaratish lozim? 8) Kelgusida 3 yilning har birida qanchadan foyda olishingiz mumkin? 9) Korxonada nechta ishchi va xodimlar ishlaydi? Ularga bir oylik ish haqi fondi qancha buladi? 10) Korxonani kelgusida rivojlantirish strategiyasi haqida qisqacha fikringizni bayon eting?
1)Men korxona ochsam nomini birinchi fo.birdarcha.uz orqali kiritib tekshirib ko’raman shunday nom yo’q bo’lsa qabul qiladi . Agar qabul qilmasa shunday nom borligi tufayli kiritib bo’lmaydi .
Korxonam nomi « NELA» MCHJ bo’ladi .
2) Ko’p korxonalarda maqsadi fikrimcha yaxshi foyda olish hisoblanadi deb o’ylayman mening fikrim ham shunday . Lekin bu faqat ko’p pul topish emas ya’ni bu pullar orqali qilishi mumkun bo’lgan barcha imkoniyatlardan to’liq foydalanish hisoblayman . Bu pullar orqali ko’p yordamlar qila olishimiz mumkun deb hisoblayman . Ya’ni pulga qul bo’lish emas , pulni bosish kerak va to’g’ri yo’llarda sariflab ko’p imkoniyatlarga erishish deb hisoblayman .
3) O’zim bilgan sohada ish boshlagan bo’lardim . Bu soha nomi sal hunuk eshitilishi mumkin . Bu soha xojatxona qog’ozini ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan bo’lardim.
4) Bu sohada ikki xil uskuna bor asosan Rossiya stanogi deb ataladi va Xitoy stanogi hisoblanadi . O’rtacha 20-25 ming $ pul kerak bo’ladi .
5) Men 4000 $ miqdorida qarz olgan bo’lardim . Hech qanday bank krediti yoki katta miqdorda qarz olgan bo’lmasdim. Bu 4000$ pul bilan stanokni arendaga olgan bo’lardim asosan arenda miqdori stanok holatiga qarab belgilanadi 600-800$ gacha . Men 600$ atrofidagi stanokni ( joyi bilan hisoblanadi unda gaz va svet bilan ta’minlangan bo’ladi ) arendaga olardim 2000$ ni ajratardim. 1000$ makalatura sotib olishga sarflardim . 1000$ esa boshqa xarajatlarga .
6) Bunda mijozlar har bir sohada bo’ganidek 3 xil darajada mijoz bor . Yuqori , o’rta va quyi . Yuqori qismida ish olib borayotganlarga raqobatlashish qiyin uning uchun katta abarodina kerak bo’ladi ham raqobat katta . Shuning uchun o’rta va quyi bo’limlardagi mijozlar bilan ishlashni maqul ko’rardim . Men arendaga olmoqchi bo’lgan stanok shunga qurbi yetadi.
7) Kredit olish boshida maqul ko’rmasdim chunki buyog’dan kredit to’lash kerak arenda harajatlari boshqa xarajatlar odamni qiynab qo’yadi . Kamroq summa bilan qarz olib boshlagan bo’lardim . kreditni esa rivojlanib bo’lganimdan keyin naqd pul kerak bo’ganda olgan bo’lardim .
8) Men o’ylashimcha har bir ishlab chiqarishda qancha ko’p mahsulot ishlab chiqarsa shuncha ko’p foyda oladi . Men boshida o’z stanogim bo’lmagani tufayli arenda ishlatganim uchun bir yil davomida faqat o’z stanogimni ishga qo’yishga harakat qilardim . Agar bu sohada o’rtacha ishlasa bir yil davomida 16-18 min$ atrofida topsa bo’ladi . Agar arenda to’lamasdan ishlatsak bir yil davomida o’rtacha 22-25 min $ atrofida foyda olish mumkin bu faqat o’rtacha ishlab chiqarganda .
9) Korxonada bitta master ya’ni stanokni yurg’azadigan shaxs , bitta drabilkada ya’ni makalaturani uvitib bo’tqa hosil qilish uchun , rezkada ya’ni tayyor rullondagi qog’ozni kesib turish uchun . Upakovkada ya’na bir kishi ya’ni kesilgan qog’ozlarni upalovka qilish uchun . Bitta kunduzgi smenada 4 kishi kechki smenada 4 kishi umumiy 8 kishi ishlaydi o’rtacha ishlab chiqarishlarda . lekin boshiga faqat kunduzgi smenada ishlatib 4 kishi ishlatsa bo’ladi . oylik master qilgan ishiga qarab ya’ni chiqargan maxsulotiga qarab oladi . qoganlar hammasi stabilniy boshiga 2 mln so’m keyinchalik 2-3 mln so’m atrofida oladi .
10)

  1. birinchisi faqat o’z stanogimni yaratish uchun ishlardim .

  2. ikkinchisi kerakli mablag’ yeg’ib transport va kerakli abarodinlarni sotib olgan bo’lardim .

  3. uchinchisi Xitoy stanogini sotib olish uchun harakat qilardim .

  4. to’rtinchisi esa ham yuqori , o’rta va quyi mijozlarga mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yar edim.

  5. beshinchisi kelajakda qo’shini davlatlarga export qilishni yo’lga qo’yar edim .

Download 19.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling