Korxonaning aylanma mablag’lari
Download 164.09 Kb.
|
1 2
Bog'liqKorxonaning aylanma mablag’lari
Korxonaning aylanma mablag’lari
Aylanma aktivlar ham korxona mulki hisoblanib, ular aylanma fondlar va muomala fondlarining pul shaklidagi yig’indisini ifodalaydi. Mehnat predmetlari ishlab chiqarishning bir siklidagina qatnashadi va o’zining natural shaklini o’zgartiradi, qiymatini to’liq yangidan yaratilgan mahsulotga o’tkazadi. Ishlab chiqarish korxonalarining aylanma fondlari ishlab chiqarish va muomala doirasiga ajratilgan bo’lib, shunga muvofiq ular muomala va aylanma ishlab chiqarish fondlarini hosil qiladi. Birinchisiga sotish uchun mo’ljallangan tayyor mahsulotlar, korxona kassasidagi va uning tijorat bankidagi schyotida saqlanayotgan pul mablag’i hamda hisob-kitoblardagi mablag’lar kiradi. Ikkinchisiga esa ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish va korxona o’zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulotlar, kelgusi davr xarajatlari va boshqalar kiradi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari bir ishlab chiqarish sikli davomida sarflanadi hamda natural shaklini o’zgartirib, o’z qiymatini to’lig’icha tayyor mahsulot tannarxiga o’tkazadi. Korxonaning aylanma ishlab chiqarish fondlari uch qismdan iborat: - ishlab chiqarish zahiralari; - tugallanmagan ishlab chiqarish va o’zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulotlar; - kelgusi davr xarajatlari. Muomala fondlari korxonaning tayyor mahsulot zahirasini yaratish uchun mo’ljallangan pul mablag’lari, shuningdek, chek va veksellar, aksiyadorlarning qarzlari, turli xil debitorlik qarzlari, bank va kassalarning hisob raqamlaridagi mablag’lardan iborat bo’ladi. 4.1-jadval Download 164.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling