Korxonaning belgilari, funksiyalari va vazifalari
Foydalaniluvchi xom-ashyo turiga ko`ra
Download 20.26 Kb.
|
KORXONA mustaqil subyekt
Foydalaniluvchi xom-ashyo turiga ko`ra: sanoat korxonalari qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi.
Yil davomida ishlash muddatiga ko`ra: korxonalar mavsumiy va yil bo`yi faoliyat yurituvchilarga bo`linadi. Vavzu: Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar Sanoat korxonalarining umumiy va ishlab chiqarish tuzilmalari mavjud. Ishlab chiqarish bo`g`inlari, korxona boshqaruvi hamda xodimlarga xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar, ularning miqdori, kattaligi va egallab turgan maydoni, xodimlarining soni va ishlab chiqarish imkoniyatlari korxonaning umumiy tuzilmasini ifodalaydi. Ishlab chiqarish tuzilmasiga asosiy, yordamchi va xizmat ko`rsatish jarayonlari amalga oshiriluvchi tsex va uchastkalar kiritiladi. Ishlab chiqarish tuzilmasi korxona umumiy tuzilmasining bir qismidir. U tsex, uchastka va xizmat ko`rsatuvchi xo`jaliklar shaklidagi ishlab chiqarish bo`linmalaridan iborat bo`ladi hamda ularning mahsulot ishlab chiqarish jarayonidagi o`zaro munosabatlarini, mehnat bilan band bo`lgan xodimlari soni, asbob-uskunalari qiymati, egallab turgan maydoni va qududiy joylashuvini aks ettiradi. Asosiy tsexlarda va ishlab chiqarish uchastkalarida ishlab chiqarish jarayonining asosiy – xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni tayyor mahsulotga 32 aylantirish bosqichi yoki mahsulot, yo uning bir qismini tayyorlashning bir qator bosqichlari amalga oshiriladi (muzlatkichlar tsexi). Yordamchi tsexlar asosiy ishlab chiqarishni asbob-uskunalar va energiya bilan ta`minlaydi hamda uskunalarni ta`mirlash (ta`mirlash, uskunalar, model tsexlari va boshqalar) vazifalarini bajaradi. Xizmat ko`rsatuvchi tsex va xo`jaliklar tarkibiga korxonaning infratuzilmasini (ombor va transport bo`linmalari, uy-joy-kommunal xo`jaligi, oshxona, sanatoriy va hokazo)tashkil qiluvchi bo`linmalar kiradi. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish tuzilmasining uch xil turi majud: texnologik, predmetli va aralash. Sanoat korxonasining tuzilmasi quyidagi omillar ta`siri ostida shakllanadi: •texnika va texnologiyaning xususiyatlari; •ishlab chiqarish hajmi; •ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari (ixtisoslashtirish, kooperatsiya, kombinatsiya, koordinatsiya); •ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ko`rsatilayotgan xizmatlarning murakkabligi va nomenklaturasi; •ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, mexanizatsiyalashtirish va robotlashtirish darajasi; •mulk shakli; •raqobat olib borish usullari qamda shakllari va qokazo Download 20.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling