Korxonaning biznes – rejasi


Download 28.84 Kb.
Sana18.11.2023
Hajmi28.84 Kb.
#1784327
Bog'liq
Biznes reja turlari

Biznes reja turlari.



Reja
1. Firmaning rasmiy va ishchi biznes rejasi.
2. Kredit olish uchun biznes reja.
3. Investitsion biznes reja
4. Firmani moliyaviy sog‘lomlashtirish rejasi.


Korxonaning biznes – rejasi
Biznes-reja - bu tadbirkorga bozor sharoitida harakat qilish va maqsadlarni ko'rishga yordam beradigan narsa. Ko'pchilik muvaffaqiyatli odamlar g'oyani qog'ozga yozib qo'yish kerakligini unutmang, aks holda u hech qachon amalga oshmaydi. Shuning uchun biznesreja muvaffaqiyatli biznes uchun zarurdir. Qanday qilib o'zingizning biznes-rejangizni yozishingiz mumkin: namunasi va bosqichma-bosqich ko'rsatmalar yangi nashrimizga kiritilgan! Biznes-reja - bu kompaniya faoliyat ko'rsatadigan dastur. Bu tashkilotning harakatlarini malakali muvofiqlashtirish va uning rivojlanish yo'nalishlarini ko'rish uchun zarurdir. Biznes-rejani takroriy mashq deyish mumkin. Tadbirkor turli xil stsenariylarni o'ynaydi, uning davomida u muammolarni ko'rishi va ularni tuzatish yo'llarini topishi mumkin. Shu bilan birga, odam pulni yo'qotmaydi, chunki bu haqiqiy vaziyatda sodir bo'lishi mumkin. Biznes-rejaning maqsadlari  Tashkilot maqsadlarini shakllantirish (qisqa muddatli va uzoq muddatli)  Loyiha vaqt jadvalini o'rnating  Maqsadli auditoriyani va mahsulot bozorlarini aniqlang  Tashkilotning raqobatbardoshligini tahlil qiling  Kompaniyaning afzalliklarini aniqlang  Xarajatlar darajasini taxmin qiling  Tashkilotning iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar rejasini tuzing  Foyda miqdori va korxonaning rentabellik darajasini taxmin qiling. O'z biznesingizni amalga oshirishni boshlashdan oldin siz raqobat muhitini sinchkovlik bilan tahlil qilishingiz, loyihaning kuchli va kuchsiz tomonlarini baholashingiz, sarmoyalar miqdori va o'zingizni qoplash muddatini hisoblashingiz kerak. Korxona bo`lim va xizmatlar oldidagi yo`llarini ifodalaydi. Bu ishchi strategiyadir.
Biznes-reja quyida keltirilgan uchta asosiy funktsiyalarni bajarishga bog’liq degan fikr ham mavjud:  biznes yuritish kontseptsiyasini ishlab chiqish;  korxona faoliyatining amaldagi natijalarini baholash;  pul mablag’larini jalb qilish zarurligini asoslab berish.
Yuqorida keltirilgan sharhdan ko’rinib turibdiki, biznes-rejani tuzish zarurati ayrim hollarda o’z biznesini yaratish bilan, ikkinchi holda bank yoki boshqa moliyaviyv
uassasadan pul olish niyati bilan, uchinchidan esa tijorat loyihasini amalga oshirish, yangi korxona yaratish zarurati bilan asoslanadi. G`arblik iqtisodchi olimlarning o’z mamlakatlari hukumatlari bilan birgalikda jamiyatda tadbirkorlik ruhini yaratishga harakat qilayotganliklarini tushunish mumkin (Amerikaliklar shiorini eslaylik «biznesmen – millatning oltin fondi»). Shu sababli ular o’z tavsiyalarining aksari qismini yangi ish ochish, o’z biznesi bilan shug’ullanish niyatida bo’lgan shaxslarga yo’naltiradilar. O’zbekiston sharoitlarida korxonalarning katta qismi (80% atrofida) xodimlar soni 10 kishidan 100 kishigacha bo’lgan kichik korxona va mikrofirmalardan iboratligi bilan bog’liq xususiyatni hisobga olish zarur. Biznes-rejani ishlab chiqishning birinchi bosqichidagi hisob-kitoblar qanchalik aniq va bexato bajarilgan bo’lsa, uning boshqaruv hujjati va xo’jalik yuritish vositasi sifatidagi ishonchliligi shunchalik yuqori bo’ladi. Biznes-reja bosqichlarini ishlab chiqish o’rtasida uzoq tanaffus bo’lmasligi va ortiqcha axborot bilan to’ldirib tashlanmasligi lozim. Amaliyotning ko’rsatishicha, katta hajmdi tuzilgan biznes-reja hali to’liqlik va yuqori sifatlilikni anglatmaydi. Masalan, bank xizmatchisi korxona ikki yuz yoki besh yuz ming so’m kredit olish uchun yuz varaqdan ortiq biznes-reja olib kelgan taqdirda uni o’qib ham o’tirmaydi. Unga yuz million so’m kredit olish uchun tayyorlangan biznes-reja bir necha varaqdan iborat bo’lib, asosiy mazmun bir nechta gap bilan ifodalangan bo’lishi ham katta ta’sir ko’rsatmaydi. To’liq biznes-rejaning kompyuterda terilgan matni ellik varaqdan oshmasligi lozim. Biroq so’nggi yillarda, xususan, raqobat kuchli bo’lgan soha va tarmoqlarda qisqartirilgan biznes-rejalar keng qo’llanayotgan bo’lib, ularning hajmi 10-15 varaqdan ortmayapti. Shunday bo’lsada, biznes-reja har qanday variantida korxona missiyasini bajarish va uning pirovard maqsadlariga erishishni ta’minlashga xizmat qilishi lozim. Yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda bevosita biznes-rejani ishlab chiqish va rasmiylashtirish bosqichlariga mufassal to’xtalib o’tamiz. Biznes rejani shakllantirishni yangi korxonani tashkil etish yoki korxona faoliyatiga muhim o’zgartirish kiritish g’oyasi bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi. Ularni turli darajada yiriklashtirish yoki detallashtirish mumkin. Biznes-rejani tayyorlashning birinchi bosqichida korxona missiyasi (korxona falsafasi) – xo’jalik subyektining qisqacha ta’rifi, uning maqsadlari, burchi, faoliyat sohalari, harajat me’yorlari va mintaqa, jamiyatning ijtimoiy vazifalarini xal etishdagi o’rni aniqlanadi.
Ko’pincha korxonalir o’z missiyasi maksimum foyda olish, deb xato qiladilar. Iste’molchilar uchun korxonaning qancha foyda olishi qiziqarli emasdir. Foyda olish korxonaning ichki muammosi bo’lib, uni hammaga e’lon qilish, ta’sis xujjatlariga kiritib qo’yishni ma’lum ma’noda o’rinsiz deb hisoblash mumkin. Har qanday korxona ochiq tizim bo’lib, uning muvaffaqiyati tashqi muxitdagi iste’molchilarning ma’lum bir talablarini qondirish bilan bog’liqdir. Agar korxona shunday missiyani amalga oshirishga imkoniyat topa olmasa, bir vaqtning o’zida kam foyda oladi. Shuning uchun faqatgina tashqi muxitdan korxonaning maqsadi va missiyaning topish mumkin. Foyda maqsad emas, balki maqsadga erishish vositasidir. Mos keluvchi missiyani tanlab olish uchun kamida ikkita savolga javob topish kerak: ''korxona mijozlari, iste’molchilari kim?'', Korxona qanday talablarni qondirishi mumkin?''. Masalan, foydaning ahamiyatini yaxshi bilgan Genri Ford o’z kompaniyasi missiyasini quyidagcha ta’riflagan: ''Biz odamlarga arzon mashinalarni xavola etamiz '' Shu bilan birga u doimo ushbu ishni kim amalga oshirsa, uni foyda chetlab o’tmaydi deb ta’kidlab kelgan. Missiya korxonaning o’zi uchun belgilab olinadi, lekin doimo xaridorga, jamiyatga yo’naltirilgan bo’ladi. Mashhur ''Soni'' firmasining missiyasi quyidagicha ta’riflanadi: ''Taraqqiyotni amalga oshirish orqali jamiyatga xizmat qilish''. Shu kabi quyidagi misollarni keltirish mumkin: Xalqaro savdo orqali tinchlik sari. Mamlakat uchun nima yaxshi bo’lsa, firma uchun ham yaxshidir. Bizning mahsulotlar dunyoni hayot uchun yanada qulay qiladi. Iste’molchilar tashkilotimiz xayotiy kuchining manbai.
Korxona missiyasining fundamental asoslari bo’lib uning tamoyillari va etikasi hisoblanadi. Ular firma xodimlari xatti-harakatlariga qo’yiladigan universal ijtimoiy talablar majmuini ifodalovchi faoliyatning asosiy qoidalari sifatida yuzaga chiqadi. Korxona tamoyillari o’z ichiga oladigan talablar quyidagilar: 1. mahsulot (ish, xizmatlar) va bozorga talablar; 2. boshqaruvga talablar - motivatsiya tizimi, qarorlar qabul qilish, nazorat, yutuqlarni baholash va x.k.; 3. xodimlarga talablar - ijodiy fikrlash, mas’uliyatni o’z zimmasiga olish, motivlar, unumdorlikni baholash va x.k.; 4. tashqi muhitga talablar - xaridorlar, ta’minotchilar, investorlar, raqobatchilar, jamiyat, davlat. Tamoyillarni shunday ta’riflash kerakki, bir tomondan, raqobatchilar korxonaning xo’jalik yuritishdagi niyatlaridan foydalana olmasliklari uchun imkon qadar umumlashgan xolda, ikkinchi tomondan, xaridorlar va xamkorlar hamda boshqa ishtirokchilar ularni yaxshi tushunishi uchun etarlicha aniq bo’lishi lozim. ^ Korxona etikasi (yoki o’zaro aloqalarning ma’naviy jixatlari) biznesmenning vijdoni yordamida tadbirkorlik faoliyati jarayonida firma xodimlari xatti-harakatlariga (hulqiga) bo’lgan eng yuqori talablarga amal qilishga imkon yaratadi. Korxonaning bozordagi hamkorlariga nisbatan amal qilishi lozim bo’lgan ma’naviy qadriyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: aldashdan voz kechish, halollik, hamkorlikdagi ishda ishonch, innovatsion g’oyalar sohibining tadbirkorlik manfatiga hurmat. Missiyani belglashda korxona tanlab olgan qadriyatlar yo’nalishi ham ahamiyatga ega bo’lib, ular rahbarlar va barcha xodimlarning strategik xatti-harakatlariga jiddiy ta’sir o’tkazadi. Nazariya va amaliyotda qadriyatlar yo’nalishining oltita turini ajratib ko’rsatish mumkin.
Qadriyatlar yo’nalishlari va ularning maqsadlar bilan aloqasi.
Yo’nalish turi Qadriyatlar kategoriyasi
Korxona ko’zlayotgan maqsadlar toifalari (tiplari)
Nazariy Haqiqat Bilim Oqilona fikrlash
Uzoq muddatli tadqiqotlar va ishlanmalar
Iqtisodiy Qulaylik Foydalilik Boylik jamg’arish
O’sish Foyda olish Natijalar
Siyosiy Xokimiyat Hurmat qozonish
Kapital va sotishning umumiy xajmi, ishlovchilar soni
Ijtimoiy Yaxshi munosabatlar Sadoqat Nizolarning bo’lmasligi
Foydalilikdan ijtimoiy mas’uliyatning yuqori turishi Bilvosita raqobat Tashkilotdagi yaxshi muxit
Estetik Badiiy muvofiqlik Shakl va o’lchamlar mosligi Tarkib
Mahsulot dizayni Sifat Foydani kamayishi hisobiga bo’lsa ham ko’rkamlikni ta’minlash.
Diniy Borliq bilan muvofiqlik, kelishuv.
Etika Ma’naviy muammolar
Missiyadan farqli ravishda maqsadlar korxona faoliyatining bir muncha aniq yo’nalishlarini aks ettiradi
Korxona missiyasi va maqsadlari orasidagi farqlanish. Ko’rsatkichlar Missiya Maqsadlar
1. Vaqt mezoni Kelajakda intilish mavjud, lekin vaqt bo’yicha cheklanishlar yo’q va joriy holatga bog’liq emas. Doimo amalga oshirish muddatlarini ko’zda tutadi.
2.Axborotni yo’naltirilganligi
Korxonaning tashqi muxitga - iste’molchilar, jamiyat, mintaqa, manfaatlari qadriyatlari va ustuvorliklariga yo’naltirilgan. Ko’pincha firmaning ichki muxitiga yo’naltirilgan va resurslar, zahiralardan foydalanishni yaxshilashga yo’naltirilgan bo’ladi.
3.Ta’riflanish xususiyatlari. Umumiy atamalarda ifodalanadi va korxona obrazini, uning markasini, ish usullarini yoritib beradi. Ko’pincha faoliyat natijalarining aniq natijalarini aks ettiradi.
4.O’lchovliligi Sifat jixatidan tasniflanadi, natijalarni nisbiy aks ettirish ustun turadi. Asosan miqdoriy o’lchovga ega bo’ladi, birlikda va ko’plikda ifodalanishi mumkin.
Har qanday korxona murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida ko’p maqsadli xarakterga ega.Korxonani faoliyati davomida strategik maqsadlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda ko’plab taktik va tezkor maqsadlarni ham hal etadi. Sof iqtisodiy maqsadlar bilan ijtimoiy, texnikaviy va tashkiliy vazifalar chambarchas bog’liqdir. Maqsadlarni tuzilmalarga ajratish turli xil jixatlar bo’yicha amalga oshirish mumkin Korxona maqsadlarining taxminiy tasnifi Bundan oldingi materiallar shundan dalolat beradiki, biznes-reja bu oddiy bir hujjat emas. U korxonaning konstitutsion asosini tashkil etib, uning ishlab chiqarish faoliyatini, kelgusidagi rivojlanish strategiyasini belgilab beradi. Korxona strategiyasi esa, ma’lumki, turli xil bo’ladi: kimdir mahsuldor, ya’ni ishlab chiqarish strategiyasini afzal ko’rsa, boshqalarga moliyaviy strategiya ko’proq to’g’ri keladi. Bozorga yangi mahsuldor g’oya bilan kirishga harakat qilayotgan yangi korxona va firmalar odatda moliyaviy strategiyaga katta e’tibor qaratadilar. Bozorda ma’lum ma’noda barqaror o’ringa ega bo’lgan boshqa korxonalar esa asosiy e’tiborni ishlab chiqarish strategiyasiga qaratadilar.
Hamma korxonalar bir xil emasligi sababli ularning har biri uchun biznes-rejani ishlab chiqish bo’yicha detalli tavsiya berishning imkoni yo’q. Shunday bo’lsada, zamonaviy iqtisodiyot fanida biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi ishlab chiqilgan bo’lib, quyida uning ayrim variantlari keltirilgan Biznes-rejaning taxminiy tuzilmasi Keltirilgan variantlardan ko’rinib turibdiki, biznes-rejaning qat’iy tartibga solingan tuzilmasi mavjud emas. Biroq biznes-rejalarning har bir turi uchun xarakterli bo’limlar mavjud bo’lib, ularda tanlangan biznes (ishlab chiqarish) kontseptsiyasi, taklif qilinayotgan mahsulot yoki xizmatning o’ziga xosliklari, marketing va menejment, tavakkalchilikni baholash, moliyaviy ta’minot va natijalar aks ettiriladi. Qabul qilingan har bir biznes-reja tuzilmasi quyidagi savollarga javob berishi lozim: ishlab chiqarishni nimadan yoki qanday boshlash kerak, ishlab chiqarishni qay tarzda samarali tashkil qilish mumkin, ilk daromad (foyda) qachon olinadi, investorlar va kreditorlar bilan qanchalik tez hisob-kitob qilish mumkin, tavakkalchilik darajasi va uni kamaytirish imkoniyatlari qanday. Biznes-rejaning har bir bo’limi o’z mazmuniga, ko’rsatkichlar tizimi va ularni hisobkitob qilish usullariga ega bo’ladi. Biroq, bu biznes-rejaning yaxlit va to’liqligiga putur etkazmaydi. Barcha bo’limlar o’zaro bog’liq bo’lishi hamda korxonaning potentsial ishlab chiqarish imkoniyatlarini amalga oshirishga xizmat qilishi lozim. Biznes-rejaning bo’limlarini mazkur qo’llanmaning mos keluvchi boblarida alohida ko’rib chiqamiz. Bozor munosabatlari sharoitlarida biznes-reja qonun maqomiga ega bo’lmasligi hamda bozordagi vaziyatga bog’liq bo’lgan holda turli o’zgarishlarga uchrashi, iste’molchilarning hali qondirilmagan ehtiyojlariga moslashtirilishi lozim. Biroq bunday tarzda qayta ko’rib chiqish har bir holatda jiddiy ravishda etarlicha asoslab berilishi zarur.
Biznes uchun kredit "FOYDALI"
Kredit maqdsadi: Amaldagi qonunchilikka zid kelmagan holda - aylanma mablag‘larni to'ldirish, asosiy vositalarni sotib olish va kichik biznesdagi boshqa maqsadlar uchun.
Kredit oluvchilar uchun talablar:
- Bank filiallarida talab qilinadigan asosiy depozit hisob raqamiga xizmat ko'rsatilayotgan xo'jalik sub'ektlari.
- foyda ko’rayotgan biznesi mavjud bo’lgan;
- Biznesda ish muddati 6 oydan oshgan subyektlar;
Eslatma: zararda ishlayotgan va noaniq balansga ega bo'lgan korxonalarga kredit berilmaydi.
Kredit valyutasi: Milliy valyuta – so'm
Kredit miqdori: Oxirgi 6 oy mobaynida asosiy ish joyidan o'rtacha oylik sof daromadning 30 foizigacha bo'lgan miqdorda, lekin 50 000 000 so'mdan ko’p emas.
Kredit muddati: 12 oy gacha
Imtiyozli muddat: O’rganib chiqilmagan
Kredit berish shakllari: Naqd pulsiz shaklda
Kreditning yillik foiz stavkasi
Yillik 20%
Kreditni qaytarish shakli: Turli xil
Kreditni ta’minlash: Ta'sischilarning kafillari va Bank yoki sug'urta polisining kafolati;
Kredit olish uchun zarur hujjatlar ro'yxati:
1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun:
- Tadbirkorlik faoliyati to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi;
- Kredit oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat - pasport nusxasi;
- Majburiy tarzda ko'rsatilishi kerak bo'lgan biznes-reja maqsadi, muddati va kredit miqdori, pul oqimi prognozi;
- Ta’minlash bilan bog'liq hujjatlar;
- Bank tomonidan talab qilinadigan boshqa hujjatlar.
2. Yuridik shaxslarni shakllantirsh uchun kichik biznes subyektlariga:
- Kompaniya ustavining nusxasi va ta'sis hujjatlari;
- Mahalliy organlar tomonidan ro'yxatga olingan yuridik shaxs guvohnomasining nusxasi;
- Agar faoliyat turi, litsenziya talab qiladigan faoliyatlar ro'yxatiga kiritilgan bo'lsa, faoliyat turi bilan shug'illanish huquqini tasdiqlovchi faoliyat litsenziyalari, muvofiqlik sertifikati va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun standartlar (muhrlangan nusxada);
- Davlat soliq inspektsiyasiga moliyaviy hisobot oxirgi hisobot davri uchun quyidagi tarkibda taqdim etiladi: balans – 1 raqam shaklida, moliyaviy natijalar bayonoti- 2 raqam shaklida. Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarining shakllanishi ochish, asosiy vositalarning harakatini ochish.
- Majburiy tarzda ko'rsatilishi kerak bo'lgan biznes-reja maqsadi, muddati va kredit miqdori, pul oqimi prognozi;
-Ta’minlash bilan bog'liq hujjatlar;
- Bank tomonidan talab qilinadigan boshqa hujjatlar.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar kimlarga beriladi? Avval xabar berganimizdek Prezident qaroriga asosan yurtimizda “Har bir oila — tadbirkor” dasturi amalga oshiriladi. Adliya vazirligi tomonidan mazkur dastur doirasida kreditlarni ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom ro‘yxatdan o‘tkazildi. Vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kredit ajratish tartibi haqida tushuncha berib o‘tdi. Qanday maqsadlarda beriladi? Nizomga muvofiq dastur doirasida imtiyozli kreditlar qarz oluvchilarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki rivojlantirish maqsadlari uchun ajratiladi. Qanday maqsadlar uchun olib bo‘lmaydi? Kreditlar:  ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;  alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;  savdo-vositachilikni amalga oshirish;  umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablag‘larini shakllantirish;  ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish;  ma’muriy xarajatlarni to‘lash, jumladan xizmat avtomobillari ta’minoti;  mebel, uyali telefon sotib olish, shuningdek aloqa xizmatlariga to‘lov maqsadlari uchun ajratilmaydi. Kimlarga beriladi?  tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan jismoniy shaxslar;  kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar;  dehqon va fermer xo‘jaliklari;  oilaviy tadbirkorlar.


KREDITNING TURLARI BO’YICHA HAM TURLICHA QARASHLAR MAVJUD bo’lib, rossiyalik ayrim iqtisodchi olimlar kreditning firmalar o’rtasida  (xo’jalik) krediti  bank krediti  fuqarolik (shaxslar o’rtasidagi) kredit  davlat krediti  xalqaro kredit  iste’mol kreditlari mavjudligini ta’kidlaydi Qanday hujjatlar taqdim etiladi? Kredit olish uchun qarz oluvchi — jismoniy shaxslar kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:  ariza;  pasport nusxasi; jismoniy shaxslarga kredit qaytarilishining ta’minoti sifatida sektorlar rahbarlari va mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan imtiyozli kreditlash bo‘yicha tavsiyanoma. 2. Kredit olish uchun qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik subyektlari kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: ariza; biznes-reja; tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), (yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno); ta’minot turlaridan biri (uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polisi, mol-mulk, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi). Tijorat banklari qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik subyektlariga yuqorida nazarda tutilgan ta’minot turlarini talab qilmasdan eng kam ish haqining 150 baravarigacha bo‘lgan miqdorda blankli (ishonchli) mikrokredit berish huquqiga ega. Ko‘proq mablag‘ kerakmi? Tuman va shaharlarda samaradorligi yuqori va barqaror ish o‘rinlari yaratish imkoniyati mavjud loyihalarga dastur doirasidagi resurslar hisobidan eng kam ish haqining 1000 baravaridan ortiq miqdorda yillik 23-24-28 % stavkada imtiyozli kredit ajratilishi mumkin. Samarali loyihalar tegishli hududiy ishchi guruhlar tomonidan tanlab olinadi va ushbu loyihaning haqiqatda mazkur hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati qayd etilgan holda imtiyozli kreditlashga xulosa tayyorlanadi va xulosa ishchi guruhlarning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi. Kredit necha kunda beriladi? Qarz oluvchining arizasi kelib tushgan kundan boshlab, tijorat banki tomonidan uch ish kunidan oshmagan muddatda ushbu ariza bo‘yicha asoslantirilgan qaror qabul qilinadi.
Tijorat banki kredit berishni rad etgan taqdirda, bank qarz oluvchiga hamda tavsifnoma bergan tegishli sektorlar rahbarlariga va mahalla fuqarolar yig‘iniga bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda yozma shaklda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etadi. Kredit naqd pul shaklida beriladimi?
Kreditlar qarz oluvchiga alohida kredit hisobvarag‘i ochish va uning to‘lov topshiriqnomalariga muvofiq, ushbu hisobvaraqdan naqd pulsiz shaklda pul o‘tkazish yo‘li bilan beriladi. Jismoniy shaxslarga loyihaning o‘ziga xos jihatlari tovarni pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olish imkoniyati bo‘lmagan holda mikrokreditning bir qismi naqd pulda berilishi mumkin.
Kredit qanday qaytariladi? Qarz oluvchi kredit hamda unga hisoblangan foizlarni naqd pulda, bank plastik kartochkalari orqali yoki qarz oluvchining hisobvarag‘idan pul o‘tkazib berish yo‘li bilan to‘lashi mumkin.
Investitsiya uchun biznes-rejasi nima? Investitsiya loyihalari uchun biznes-rejalarni ishlab chiqish Investitsion loyihalar korxonaning raqobatbardoshligini va uning asosiy qiymati sezilarli darajada oshishining o'ziga xos kafolatidir. Investitsion loyihalar va biznes rejasi: Asosiy xususiyatlar Investitsiya loyihasi - bu boshlang'ich (g'oyalar) ning yakuniy ijrosidan ma'lum bir loyihani yakunlovchi barcha hujjatlar to'plamidir (biznesning ishlash ko'rsatkichlariga erishish). Qoida tariqasida, bunday loyiha amalga oshirishning bir necha bosqichlarini o'z ichiga oladi - sarmoyaviy, to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar, ekspluatatsiya, ekspluatatsiya va tugatish va tugatish. Ko'pincha investitsiya loyihalari shundaki, ular kapital qo'yilmalarga ehtiyojni biznesdan kelgan daromad bilan ta'minlaydi. Loyihalar belgilangan ob'ektga qarab, vazifaning bajarilishi va sarmoyaning o'lchamiga qarab farq qiladi. Bunga yangi yuridik shaxslar va ularning bo'linmalarini tashkil etish kiradi va zarur texnik vositalar va yangi tovarlar va xizmatlarni chiqarish va biznesni rekonstruktsiya qilish kiradi. Investitsiya loyihasi uchun biznes-reja nima? Investor uchun biznes-reja investitsiyalarga bo'lgan ehtiyojning iqtisodiy va texnik asoslaridan biridir. Biznes-reja investorlarning mablag'larini ma'lum bir holda buzilishining mantiqiy va tuzilgan asosidir. Biznes-reja quyidagi pozitsiyalarni rag'batlantirish uchun yaratilgan:
1. Loyihaning barqarorligi va iqtisodiy likvidligi darajasi.
2. Loyiha tadbirida mablag 'olish imkoniyati tugatilgan - ularning qaytishi.
3. Qo'shma sanoat korxonalarini tashkil etish bo'yicha takliflar.
4. Davlat organlaridan qo'llab-quvvatlash doirasida nazarda tutilgan choratadbirlar majmuasi zarurati.
5. Amalga oshirilayotgan loyihani yanada rivojlantirishda yo'naltirish.
Rejani tuzishda quyidagi printsiplarga amal qilish kerak:
1. Ma'lumotlarning aniqligi
2. Noto'g'ri tahrirdan tashqari, shuningdek, ikki tomonlama, vaziyatni munozarali tushunishni oldini olish.
3. Loyihaning har bir bosqichida barcha harakatlarning mantiqiy asoslanishi uchun etarli miqdordagi raqamlar, faktlar va ma'lumotlarni mantiqiy asoslash uchun.
4. Qisqa va juda zarur bo'lmagan ma'lumotlarni ishlatish.
5. Axborot ma'lumotlarining oldini olish, bu imtiyozlarga haddan tashqari ta'kidlangan va mavjud kamchiliklarni yo'q qiladi. Biznes-rejani ishlab chiqishdan oldin, printsiplarga qo'shimcha ravishda, biznesreja asosida taqdim etiladigan talablarni taqdimot hujjati (yuqoridagi diagramma) sifatida e'tiborga olish muhimdir.
Ushbu talablardan ayrimlarini ko'rib chiqing.
1. Strukturali va ixcham hujjat. O'n yillar davomida rejaning asosiy bo'limlari shakllari, tarkibi va ketma-ketligi uchun standart talablar ishlab chiqildi. Ushbu hujjat juda katta bo'lmasligi kerak, uning maksimal miqdori 50-70 sahifadan oshmasligi kerak.
2. Haqiqat va axborotning aniqligi. Hisob-kitoblarga qabul qilingan ma'lumotlar realat statistika va qiyosiy tadqiqotlar (qiyoslash) ma'lumotlari bilan tasdiqlanishi kerak. Tashqi investitsion muhit, sotuvlar va ichki resurs xarajatlari haqida ma'lumot etarli, ishonchli va ishonchli bo'lishi kerak. Ba'zi ishonchli ma'lumotlarni olish ko'p vaqt talab qiladi. Sarguzashtlar bilan aloqani tekshirish vaqtida barcha biznes-reja buzilgan bo'lishi mumkinligini ko'rsatadigan raqamlarni ko'rsatishga yo'l qo'ymaslik muhimdir.
3. Hisob-kitoblarda ishlatiladigan axborotning dolzarbligi. Tushunmaydigan, juda keng tarqalgan xulosalar, rejalashtirish ishlari uchun prognozlar qabul qilinishi mumkin emas. Noqonuniy va noaniq faktlarni ham ishlatish mumkin emas. Investitsiya loyihasi uchun biznes-rejani ishlab chiqish
Kirish
1.2. Biznes-reja tuzilishi
2.1 Korxonaning tovar va xizmatlarining xususiyatlari
2.2 Mahsulotni aralashtirishni rejalashtirish
2.3 Bozorlar xususiyatlari
2.4 Raqobat tahlili
3.1 Ish rejasining qisqacha mazmuni
3.2 Marketing rejasi 3.3 Ishlab chiqarish rejasi
3.4 Tashkiliy reja
3.6 Moliyaviy rejalar
Xulosa
Biznes-reja nafaqat tadbirkor, balki potentsial investorlar uchun ham zarur; mumkin hamkorlar uchun; iste'molchilar uchun; davlat idoralari uchun (kelajakdagi soliq va soliqdan tashqari daromadlar manbai sifatida). Biznes-rejaning to'liq va qisqa varianti mavjud. Rasmiy va ishchi biznes rejalari mavjud. Buyuk investitsiya loyihalari, shuningdek, bozorga yangi mahsulot va xizmatlarni taklif qilish bilan bog'liq loyihalar uchun 40-50 betlik (asosiy tarkib) to'liq versiyasi ishlab chiqilmoqda. Kichik investitsiya loyihalari uchun biznes-rejaning qisqa varianti ishlab chiqilmoqda (10-15 bet). Ishchi biznes-rejani amalga oshirishda, loyihani rejalashtirishda foydalanish uchun kompaniya rahbariyati tomonidan foydalanish uchun ishlab chiqilgan. Investitsiya loyihasining tashqi ishtirokchilariga loyihani taqdim etish uchun rasmiy biznes-rejalar talab etiladi. Investitsiya loyihasining biznes-rejasining asosiy bo'limlari:
1p: Investitsion loyihaning qisqacha tavsifi (xulosani).
2p: Investitsiya loyihasi amalga oshirilayotgan sohaning xususiyatlari.
3p: Mahsulotning xususiyatlari (xizmat ko'rsatish).
4p: Ob'ektni joylashtirish.
5p: Bozor tahlillari.
6p: Mahsulotni ishlab chiqarishning rejalashtirilayotgan hajmi va tuzilishi (bu xizmatlar).
7p: Mahsulotni asosiy resurslar bilan ta'minlashni ta'minlash.
8p: Marketing strategiyasi.
9p: Investitsion loyihani amalga oshirishni boshqarish.
10p: Xatarlarni baholash va ularning sug'urta shakllari.
11p: Moliyaviy rejalar.
12p: Investitsiya loyihasini moliyalashtirish strategiyasi.
Download 28.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling