Korxonaning to‘lov qobiliyati haqida tushuncha


Download 43.46 Kb.
bet1/4
Sana07.03.2023
Hajmi43.46 Kb.
#1244854
  1   2   3   4
Bog'liq
Buxgalteriya balansi moddalarining likvidlilik bo‘yicha turkumlanishi. Buxgalteriya balansining likvidliligi va korxona to‘lov layoqatining tahlili.


Buxgalteriya balansi moddalarining likvidlilik bo‘yicha turkumlanishi. Buxgalteriya balansining likvidliligi va korxona to‘lov layoqatining tahlili.
Reja:
Kirish

  1. Korxonaning to‘lov qobiliyati haqida tushuncha

  2. Korxonada majburiyatlarning vujudga kelishi va turlari

  3. Korxonada to‘lovga noqobillikni kelib chiqish sabablari

  4. Korxona to‘lov layoqatining tahlili

Xulosa
Adabiyotlar

Kirish
Buxgalteriya balansi likvidligi, korxona likvidligi tushunchalari moliyaviy holatini baholashning muhim ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Balans likvidlik aktivlarining pulga aylanish darajasini, korxona likvidligining qarshi tomonga bo‘lgan majburiyatlarini to‘lashga qobilligini xarakterlaydi.
Buxgalteriya balansining likvidliligi va korxona to‘lov layoqatining tahlili. Buxgalteriya balansi aktivi likvidligi bo‘yicha, kapital va moliyalashtirish manbalariga ko‘ra, majburiyatlar to‘lovga tortilishi bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
Aktivlarning birlashgan va tarkib qatorlari bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish uslubiyoti belgilangan. Ushbu uslubiyot xorij amaliyotiga to‘la mos tushadi va tarkib bo‘yicha nisbiy ifodalardagina farq etadi.
Aktiv tomon:
- doimiy harakatdagi aktivlar (A1);
- tez pulga aylanadigan aktivlar (A2);
- sekin pulga aylanadigan aktivlar (A3);
- qiyin pulga aylanadigan aktivlar (A4).
Passiv tomon:
- to‘lov muddati kelgan majburiyatlar (P1);
- qisqa muddatli majburiyatlar (P2);
- uzoq muddatli majburiyatlar (P3);
- doimiy passivlar (P4).


  1. Korxonaning to‘lov qobiliyati haqida tushuncha

Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi ishlab chiqarish korxonalari o‘zlarining tijorat faoliyatlari davomida soliq organlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari, mol etkazib beruvchilar, ishlab chiqarishga yaqindan yordam beruvchi infratuzilma subyeklari va boshqa shu kabi korxona va tashkilotlar bilan iqtisodiy munosabatlarga kirishadi. Huddi shuningdek, mazkur xo‘jalik subyektlari ishlab chiqarish korxonasi bilan hamkorlikka kirishadi. Bunday iqtisodiy hamkorlik aloqalari tomonlardan to‘lovga layoqatli bo‘lishni, shartnomada keltirilgan etkazib berish shartlari va to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish talabini qo‘yadi. Aks holda, hamkorlikka ishonchsizlik aralashib iqtisodiy munosabatlarga putur etadi. SHu o‘rinda savol tug‘iladi. Tomonlar shartnoma tuzishdan avval nimalarga e’tibor qaratishlari zarur?
Darhaqiqat, shartnoma shartlari bajarilish sharoitida buzilmasligi va har ikkala tomonning ham o‘zaro aloqalariga putur etmasligi uchun tomon (hamkor)lar o‘zaro shartnomani bajarish qobiliyatilarini oldindan o‘rganib tahlil qilib chiqishlari zarur. Shartnoma shartlarining o‘z vaqtida bajarilmasligi ishlab chiqarish sohasida inqiroz hatarini vujudga keltiruvchi asosiy omillardan biridir.
Har qanday hamkorlik ortida iqtisodiy manfaat va iqtisodiy qiziqishlar yotadi. Buni pul qiymatida ifodalaganda, shartnoma yoki sherikchilikning qiymatini ko‘rish mumkin. Mazkur qiymatni to‘lov majburiyati bir tomonga va uni qiymati darajasidagi xizmat ko‘rsatish va (yoki) mahsulot etkazib berish mas’uliyati ikkinchi tomonga tushadi. Bunday vaziyatda, aksariyat hollarda to‘lov majburiyatini o‘z bo‘yniga olgan tomonga mas’uliyat va talab ko‘proq bo‘ladi. Chunki, hamkorlik qilishni istagan har qanday yuridik shaxs avvalo bo‘lajak sherigini to‘lov qobiliyatini shuningdek, aktivlari va majburiyatlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbatlarni o‘rganishga intiladi. Sababi keyingi hamkorlikdagi aloqalarda sherikchilik bilan bog‘liq to‘lov munosabatlari yuzaga keladi. Bu sharoitda to‘lov xatari yuzaga kelmasligi va muammolarni oldindan bartaraf etish maqsadida ham hamkorning to‘lov qobiliyati tubdan o‘rganiladi.
Bunday aloqalar natijasida hamkor tashkilotlar o‘rtasida haqdorlik va qarzdorlik munosabatlari yuzaga kelishi tabiiy hol hisoblanadi. Xar bir korxona oddiy mahsulot etkazib berish sharoitida o‘z vaqtida to‘lovlar to‘lanishini istaydi. Chunki, boshqa korxonaga etkazib berilayotgan tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayoniga xomashyo sifatida olib kelingan va unga qo‘shilgan qiymatni qo‘shilishi natijasida tayyor ko‘rinishga kelitirlgan. Qo‘shilgan qyimat ham o‘zida boshqa tashkilotlar bilan bog‘liq to‘lovli munosabatlarni vujudga keltirganligi sababli, o‘z vaqtida majburiyatlarni bajarishi uchun tovar sotayotgan korxona ham sotib olayotgan korxonadan to‘lov intizomiga rioya qilishini talab etadi. Aks holda, to‘lov muddati etib kelib to‘lanishi kechikkan debitorlik va kreditorlik qarzlari vujudga keladiki, bu holat bitta to‘lov tizimida qatnashayotgan korxona va tashkilotlarni to‘lov qobiliyatini tushib ketishiga olib keladi. Bunda qatnashayotgan shaxslar bozor munosabatlari tilida mol etkazib beruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi, haridor, to‘lovni kechiktirib to‘lashda qarzdor va kreditor deb nomlanadi.
Xizmat ko‘rsatish yoki mahsulot etkazib berish mas’uliyatini bo‘yniga olgan korxona va tashkilotlar uni shartnoma doirasida bajarishga harakat qiladi va ko‘p hollarda bunga erishadi. SHu sababdan, asosiy e’tiborni to‘lov mas’uliyati tushgan shaxsga qaratiladi.
To‘lov mas’uliyati ko‘p hollarda shartnomalar asosida vujudga keladi. Ya’ni, ishchi va korxona o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida ish haqini o‘z vaqtida to‘lash mas’uliyati, ko‘rsatilgan xizmat, bijarilgan ish va etkazib berilgan xomashyo va materiallar uchun to‘lov majburiyati. To‘lov majburiyati shartnomasiz vujudga kelishi ham mumkin. Bu byudjet va byudjetdan tashqari amalga oshirilishi zarur bo‘lgan to‘lovlar mas’uliyatida o‘z aksini topadi.
Korxonada soliq organi bilan hech qanday shartnoma tuzmagan holda, davriy qarzdorlik vujudga keladi. Xozirda ko‘plab korxonalarda byudjet va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lamasligi oqibatida bankrotlik alomatlari sezilmoqda. Bunga sabab, inqirozga qarshi boshqaruvni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligidir. Bunday holatlarning keskin ko‘payib ketishi to‘lov qobiliyati o‘zi nima ekanligi haqida nazariy va amaliy bilimlarni talab qiladi.
Inqirozga qarshi boshqaruv jarayonida korxona to‘lov qobiliyati nima va uni aniqlash qanday usullar bilan amalga oshirilishini bilish hamkorlikni amalga oshirayotgan korxonalarning o‘z vaqtida to‘lovlarni to‘lab qobiliyatsizlik riskini kamaytirish imkonini beradi. Chunki, to‘lov qobiliyatini to‘g‘ri aniqlay bilish to‘lov mas’uliyati tushgan korxona uchun shartnomani qiymati maksimum qancha bo‘lganida to‘lash imkoniyati mavjud ekanligini anglatsa, ikkinchi tomon uchun debitorlik riskini oldini oladi.
To‘lov qobiliyati – bu korxona majburiyatlarini o‘z vaqtida bajara olish imkoniyati. To‘lov qobiliyati korxonaning bozordagi mavqeiga eng katta ta’sir qiluvchi moliyaviy holat bo‘lib, korxonada to‘lov qobiliyati mavjud bo‘lgandagina, bozor munosabatlarining faol qatnashuvchisiga aylanadi. Aks holda, korxonaga nisbatan ishonchsizlik hosil bo‘ladi va boshqa iqtisodiy inqirozni vujudga keltiruvchi muammolarni yuzaga keltiradi.
Korxonaning to‘lovga qobilligini ifodalovchi mashhur ko‘rsatkichlarga to‘lov layoqati va likvidligi kabi tushunchalar kiradi. Likvidlik tushunchasi korxona majburiyatlarini aktivlar bilan qoplay olish darajasi sifatida aks etadi. Likvidlikni boshqacha tushunchasi ham mavjud bo‘lib, bu korxona aktivlarini pulga aylanish tezligini aks ettiradi.
Odatda korxona to‘lov qobiliyatini aniqlashda joriy aktivlar va joriy majburiyatlarning o‘zaro nisbatidan foydalaniladi. Natijada, joriy majburiyatlarni joriy aktivlar orqali qancha qismini qoplay olish mumkinligi aniqlanadi. SHu orqali korxonaning joriy davrdagi to‘lovga qobilligi o‘rganiladi. Bundan tashqari, korxona to‘lov layoqatining mavjudligi haqida aniq xulosa qilish uchun quyidagilarga ham e’tibor qaratish talab qilinadi:

  • korxona aylanma mablag‘lari aylanuvchanligining tezligi;

  • debitorlik qarzlarini undirish tezligi;

  • korxonaning bozordagi imidji;

  • jami aktivlar tarkibida joriy aktivlarning ulushi (tarmoq xususiyatiga e’tibor beriladi);

  • joriy aktivlarning tarkibida debitorlik qarzlarining ulushi;

  • joriy aktivlar tarkibida pul mablag‘lari va tovar moddiy zahiralarining ulushi;

  • to‘lov intizomiga rioya qilish tarixi;

  • korxona mahsulotiga bozorda bo‘lgan ehtiyoj holati.

Keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, korxona to‘lov qobiliyati haqida birgina ko‘rsatkich bilan aniq xulosa berish qiyin. Uni batafsil o‘rganish uchun esa yuqorida aytib o‘tilgan xususiyatlarni ham muntazam o‘rganib borish zarur.



Download 43.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling