Korxona,tashkilot,muassasalarning tashkiliy tuzilmasi, tarkibi va tashkil topish tarixi


Download 0.66 Mb.
bet26/27
Sana20.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1632684
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Dilshoda amaliyot (3)

XULOSA VA TAKLIFLAR

Men 4 kursda o’qish jarayonida o’tilgan nazariy bilimlarimni ishlab chiqarish malakaviy amaliyotini o’tash davomida amaliy faoliyatda hisoblanishini o’rganib chiqdim. Shu bilan birga amaliyotni o’tashdan asosiy maqsad bevosita ta’lim standarti talablariga muvofiq mustaqil ishlashga o’rganish, o’zlashtirgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, jamoada tashkilotchilik va tarbiyaviy ishlar olib borish bo’yicha tajriba hosil qilish, korxona va tashkilotlarning tashkiliy bo’linmalari tuzilishini va funktsional masalalarini o’rganish bo’yicha amaliy ko’nikmalarini egallash hisoblanadi.


Korxona moliyaviy mablag’lari tarkibida pul mablag’lari salmog’i yuqori.Shuning uchun pul mablag’larining harakatini to’g’ri boshqarish va tartibga solish lozim.Pul mablag’larining oriy va investitsion faoliyat jarayonida shakllanadigan va harakatlanadigan pul mablag’laridan samarali foydalanish talab etiladi.
Korxona pul mablag’laridan samarali foydalanish maqsadida turli maqsadli fondlarni shakllantiradi. Har bir pul fondlarning o’z maqsad va vazifalari belgilanadi. Korxonalar pul fondlarini shakllantirish orqali xo’jalik faoliyatini kerakli mablag’lar bilan ta’minlashni amalga oshiradi, hamda takror ishlab chiqarishni kengaytiradi; pul oqimlarini ishlab chiqarish uzluksizligiga qaratadi; ilmiy texnika jarayonini moliyalashtiradi; yangi texnikani o’zlashtiradi va joriy etadi; sub’ektlarni iqtisodiy rag’batlantiradi; byudjet, bank va hokazolar bilan hisoblarni amalga oshiradi.
Sanoatning qayta ishlash tarmog’ini yanada rivojlantirish hamda mavjud sanoat korxonalarining ishlab quvvatlaridan to’la foydalanish lozim.Buning uchun korxona ixtiyoridagi mavjud moliyaviy resurslardan unumli foydalanish,mavjud asosiy va aylanma mablag’lardan samarali foydalanish,korxonaning moliyaviy holatini sog’lomlashtirish lozim bo’ladi.
Yuqoridagi taxlil va xulosalardan kelib chiqib quyidagi xulosa va takliflarimni bermoqchiman:
Faoliyat qiluvchi real sektor korxonalarini texnikaviy jihatdan qayta quurollantirish hamda zamon talablariga javob beradigan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish lozim.
Sanoat korxonalarining qayta ishlovchi va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi turlarini rivojlantirish lozim.
Sanoat korxonalarida kichik biznesni rivojlantirish orqali qo’shimcha xizmat ko’rsatish va boshqa turdagi faoliyat turlarini rivojlantirish lozim.
Real sektor korxonalarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish maqsadida belgilangan davr mobaynida samarali imtiyozlar berilishi orqali ular faoliyatini yanada rag’batlantirish va shu hisobidan soliqqa tortish strategiyasini soliq og’irligini kamaytirishga yo’naltirish zarur.
4 kursda o’qigan iqtisodiy taxlil, tashqi iqtisodiy faoliyat,jahon iqtisodiyoti va XIM,audit,mehnat iqtisodiyoti va inson taraqqiyoti, milliy iqtisodiyot kabi fanlardan olgan nazariy bilimlarimizni amaliy faoliyatda o’rganishga harakat qildik.
Ishlab chiqarish malakaviy amaliyoti davrida vazifalarni bajardim:
1. Xo’jalik yurituvchi sub’ektda o’z mutaxassisligi bo’yicha olib borilayotgan ishlar ko’lamini va tizimini o’rganib chiqdim.
2.Mutaxassisligim bo’yicha amaliy ko’nikma va malakalarini shakllantirdim. Nazariy bilimlarimni amaliy bilimlar bilan mustaxkamladim.
3.Amaliyot ob’ektida mavjud tartib-qoidalar va xodimlar o’rtasidagi munosabatlarni o’rgandim.
4.Amaliyot ob’ekti va boshqa sub’ektlar o’rtasidagi hujjatlar aylanishini o’rgandim va korxona to’g’risida bilimlarimni yanada boyitdim.
5.Amaliyot ob’ekti va umumiy tarmoq darajasida iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy o’zgarishlardan xabardor bo’ldim.
6.Amaliyot ob’ektida qaror qabul qilish va mustaqil ishlashga o’rgandim.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling