Korxona,tashkilot,muassasalarning tashkiliy tuzilmasi, tarkibi va tashkil topish tarixi
Download 0.66 Mb.
|
Dilshoda amaliyot (3)
JAMIYATNING USTAV FONDI
Jamiyatning tashkil etilishi va faoliyatini amalga oshirishi uchun ishtirokchilar 500 000 000.00so‘m miqdorida ustav fondi shakllantirishadi. Ishtirokchilarning ustav fondidagi ulushlari quyidagicha: — «XUDAYBERDIYEVA DILSHODA IRGASHEVNA» — 500 000 000.00 UZS, ya’ni 100.00%; Jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin bir yil mobaynida Ishtirokchilarning har biri ustav fondidagi ulushini to‘liq kiritadi. Pul, qimmatli qog‘ozlar, o‘zga ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega bo‘lgan boshqa shaxsga o‘tkaziladigan o‘zga huquqlar jamiyatning ustav fondiga qo‘shiladigan hissalar bo‘lishi mumkin. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan ustav fondini ko‘paytirishi yoki kamaytirishi mumkin. Jamiyatning ustav fondini ko‘paytirishga u to‘liq to‘langanidan keyingina yo‘l qo‘yiladi. Jamiyat ustav fondining ko‘paytirilishi jamiyatning mol-mulki hisobiga va (yoki) jamiyat ishtirokchilarining qo‘shimcha hissalari hisobiga, agar bu jamiyatning ustavi bilan taqiqlangan bo‘lmasa, jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar hissalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Jamiyat ustav fondini jamiyatning mol-mulki hisobiga ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror bunday qaror qabul qilingan yildan oldingi yil uchun jamiyatning buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosidagina qabul qilinishi mumkin. Jamiyatning ustav fondini kamaytirish ishtirokchilarga tegishli bo‘lgan ulushlarning nominal qiymatini kamaytirish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamiyat ustav fondini kamaytirish va uning yangi miqdori to‘g‘risida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab o‘ttiz kun mobaynida jamiyatning unga ma’lum bo‘lgan barcha kreditorlarini xabardor qilishi, shuningdek qabul qilingan qaror to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida ma’lumot e’lon qilishi shart. Har bir ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqarish bo’linmalari, boshqaruv organlari va korxona xodimlariga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlardan iborat bo’ladi. Tuzilma (struktura) tushunchasini korxonaning tarkibi, tuzilishi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Korxona qanchalik yirik bo’lsa, uning ishlab chiqarish tuzilmasi shunchalik murakkab bo’ladi. Sanoat korxonalarining umumiy va ishlab chiqarish tuzilmalari mavjud. Ishlab chiqarish bo’g’inlari, korxona boshqaruvi hamda xodimlarga xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar, ularning miqdori, kattaligi va egallab turgan maydoni, xodimlarining soni va ishlab chiqarish imkoniyatlari korxonaning umumiy tuzilmasini ifodalaydi. Ishlab chiqarish tuzilmasiga asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatish jarayonlari amalga oshiriluvchi tsex va uchastkalar kiritiladi. Ishlab chiqarish tuzilmasi korxona umumiy tuzilmasining bir qismidir. U tsex, uchastka va xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar shaklidagi ishlab chiqarish bo’linmalaridan iborat bo’ladi hamda ularning mahsulot ishlab chiqarish jarayonidagi o’zaro munosabatlarini, mehnat bilan band bo’lgan xodimlari soni, asbob-uskunalari qiymati, egallab turgan maydoni va hududiy joylashuvini aks ettiradi. Xizmat ko’rsatuvchi sex va xo’jaliklar tarkibiga korxonaning infratuzilmasini (ombor va transport bo’linmalari, uy-joy-kommunal xo’jaligi, oshxona, sanatoriy va hokazo)tashkil qiluvchi bo’linmalar kiradi. Korxona tashkiliy tuzilmasiga ko’ra xususiy korxona xisoblanadi va O’z Nizomida ko’rsatilgan faoliyat turlarini O’zbekiston Qonunchiligida ko’zda tutilgan o’olatda tashkil etadi. Xususiy korxona davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi. “LOLA IMKON BARAKA” xususiy korxonasi Termiz shahar Xokimligi tadbirkorlik subektlarini ro’yxatdan o’tkazish Inspektsiyasi yuridik shaxslarning davlat reestrida 2011 yil 4 avgustida 797 sonli raqam bilan ro’yxatga olingan. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling