Космик нурлар физикаси
Download 1.03 Mb. Pdf ko'rish
|
quyosh fizikasi
BF
3 gazi tez rekombinasiyalanuvchi gazlar sinfiga mansub. Bunday schetchikning kuchaytirish koeffisiyenti bir necha mingga teng bo’lib, u uzoq vaqt davomida stabil ishlaydi. Bu schetchiklarning voltamper xarakteristikasi, keng to’yinish toki sohasiga egadir. Chunki ichki α - zarralarning hosil bo’lishidagi impuls kattaligi, β – zarralar va ionlashgan kosmik zarralar impulslaridan kattadir. Aytish lozimki, qayd qilishning har bir qadamida 10 5
izotopining birgina yadrosi sarflanadi, shuning uchun bor gazi bilan to’ldirilgan schetchiklarining ishlash vaqti juda kattadir.
Schetchiklarning turli muhitlar bilan o’rab (ularda zarralarning susaytirishi va generasiyasi vujudga keladi) turli detektorlarni hosil qilishi mumkin.
Neytron monitorlarida schyotchiklar, parafin plastinkalari (ularda neytronlarning susaytirilishi amalga oshadi) va qo’rg’oshin plastinalari bilan (unda neytronlar generasiyasi vujudga keladi) o’ralgan bo’ladi. Kuzatishlarning ko’rsatishicha (4.4) reaksiyasining bajarilishi ehtimoliyati neytronlar tezligiga teskari proporsional bo’lib, isiqliq neytronlari uchun maksimal qiymatga ega bo’ladi. Shuning uchun schetchiklar parafin plastinkalari bilan o’raladi, neytronlar parafindan susayib o’tib, schetchik yordamida (4.4) reaksiya natijasida hosil bo’lgan impuls asosida qayd qilinadi. Bunday detektor Yer atmosferasidan kelayotgan neytronlarning qayd qilganligi sababli, tashqarida yuz beruvchi o’zgarishlar, qor yog’ishi yoki yomg’ir yog’ishiga xam sezuvchan bo’ladi. Bunday detektor yordamida qayd qilingan natijalarda, kerakli jarayonlarga tuzatma kiritish ancha qiyin bo’lganligi sababli, lokal (o’z hajmida tug’ilgan neytronlarni qayd qiluvchi) detektorlardan foydalanadilar. Lokal detektorlarda schetchiklar qo’rg’oshin qatlami bilan ham o’ralgan bo’ladi. Bunday detektorlarda Yer atmosferasidan keluvchi neytronlar parafinning tashqi qatlamidan susayib o’tib, qo’rg’oshin qatlamida yutiladi. Kosmik nurlarning yadro aktiv komponentalari tashqi parafin qatlamidan bemalol o’tib detektorning qurg’oshin qatlamidan o’tayotganda, qo’rg’oshin muhitning atom yadrolari bilan bo’ladigan kaskad yadro ta’sirlari natijasida neytronlar hosil qiladi. Bunday neytronlarga karrali neytronlar deyiladi. Karrali neytronlar detektorlarning ichki parafin qatlamidan susayib o’tib, schetchikda (4.4) reaksiya asosida impuls hosil qilib qayd qilinadi. Shuning uchun bunday neytronli detektorlarga lokal detektorlar deyiladi. Samarqand neytron 66
supermonitori 4 – seksiyali monitor bo’lib, uninig harbir sekiyasida 6 – ta dan schetchiklar mavjuddir. Bu monitorning effektiv qayd qilish yuzasi 24m 2 ga teng bo’lib energiyasi 7 GEV dan katta bo’lgan (qayd qilish joyining geomagnit holatiga bog’liq bo’ladi) kosmik zarralarni qayd qilishga mo’jallangandir. Neytronlarni sanash tezligi o’rtacha hisobda 32000impuls/5 minutga teng bo’lib, kosmik nurlarning intensivligini qayd qilish aniqligi, nafaqat katta davrli variasiyalarini qayd qilish, balki kichik davrli variasiyalarni (kosmik nurlar intensivligini fluktuasiyalarini) ham o’rganish imkonini beradi.
Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling