Koson kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji


Mavzu:Unixoperatsion sistemani o`rnatish va sozlash.Tizimga xizmat ko`rsatish va sozlash. Reja


Download 0.5 Mb.
bet24/29
Sana04.11.2021
Hajmi0.5 Mb.
#170553
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
OS maruza

Mavzu:Unixoperatsion sistemani o`rnatish va sozlash.Tizimga xizmat ko`rsatish va sozlash.

Reja

1).Unixoperatsion sistemani o`rnatish

2). Unixoperatsion sistemani sozlash

3). Tizimga xizmat ko`rsatish va sozlash.



Linuksning ikkinchi poydevori – GNU loyihasidir. Vaqt o’tib, Yuniks XX asrning 80-yillarida qimmatbaho tijorat mahsulotga aylanib qolgan edi. Dasturchilar mahfiy guruhlarga bo’linib, bir-birlaridan yangiliklarni sir tutishgan. Bu holatga qarshi chiqqan Massachusets Texnologik Institutining talabasi va xakeri Richard Stolmen erkin va ochiq operatsion tizimni yaratishga kirishadi.

Ричард Столмен


Xakerlarning “Barcha ma’lumot erkin va ochiq bo’lishi kerak” degan ma’lum ta’limotining tarafdori Stolmen o’zining loyihasiga GNU nomini beradi. GNU – rekursiv: “GNU - Not UNIX”, o’zbekcha ma’nosi: “GNU – Yuniks Emas” qisqartmasi demakdir. Rekursiv degani – GNU nomi ochilsa, “GNU - Not UNIX” chiqadi, GNU qisqartmasi qayta ochilsa yana o’sha “GNU - Not UNIX” degan ma’no chiqaveradi. Bu esa – xaker dasturchilarning nom berishda qandaydir hazil, original usuli bo’ladi. Yangi tizim uchun Yuniks asos qilinib olingan bo’lsa ham, Stolmen loyiha nomi bilan Yuniksdan jiddiy ravishda farqlanishini ta’kidlamoqchi bo’lgan. U loyihani 1983 yil 27 sentyabrda butun dunyoga e’lon qilgan [6]. E’lonning to’liq matnini quyidagi manzil bo’yicha ko’rish mumkin:

http://www.gnu.org/gnu/initial-announcement.html.


ГНУ лойиҳасининг эмблемаси


Loyihaning birinchi bosqichida Stolmen o’z oldiga ko’p tizimlarda ishlaydigan kompilyator (dastur yig’uvchi) yaratish masalasini qo’yyadi. Kompilyator – insoniy tilda yozilgan dasturni kompyuter tiliga o’giruvchi dasturdir. Lekin hammaga ayon: kompyuterda oddiy matnni yozish uchun ham muharrir dasturi zarur. Shunday qilib, loyihaning ichida birinchi yaratilgan dastur – Emacs matn muharriri bo’lgan. Emacs muharriri bilan boshqa dasturchilar ham qiziqqanlarida, Stolmen xohlovchilarga pochta orqali dasturni 150 dollar pul evaziga jo’natgan.

1985 yili Stolmen loyiha mablag’ini boshqarish uchun Erkin dasturiy Ta’minot Fondini (Free Software Foundation - FSF) tashqil qiladi. Bu jamg’arma orqali yaratilayotgan dasturlar sotilib, hayr-ehsonlar qabul qilinadi va to’plangan mablag’lar loyihani qo’llab-quvvatlashda sarflanadi. Shu erda aytib o’tish lozim: erkin va ochiq” degani bu – dasturnining kodi ochiq va u bilan erkin foydalansa bo’ladi, lekin tarqatilinishi pulli bo’lishi mumkin. FSF yaratilganidan so’ng, loyihaga bir narsa etishmagan bu – huquqiy himoya.


FSF эмблемаси


1989 yil fevral oyida GNU –ning mahsulotlarini huquqiy himoyalash maqsadida Umumiy ommabop litsenziyasi (GNU General Public License, yoki GPL)e’lon qilingan. Bu litsenziyanining mohiyatini tushunish uchun uni standart mualliflik huquqlari bilan solishtirish mumkin. Oddiy mualliflik huquqlarida yaratilgan mahsulotni o’zgartirish, nusxa olish, sotish kabi amallarni faqat egador hal qilishi, uning roziligi bo’lishi kafolatlangan. Bunday holat yana COPYRIGHT nomi bilan mashhur.

COPYRIGHT эмблемаси
GPL litsenziyasining mohiyati oddiy mualliflik huquqlariga teskari bo’lib, hujjat bilan himoyalangan mahsulotlarni kerakligicha o’zgartirish, nusxa olish, o’zga shaxslarga tarqatish yoki o’zgartirilgan turlarini GPL litsenziya asosida sotish uchun barchaga ruhsat berilgan. Uni yana “GPL – Guaranteed Public For Life” (“Hayot uchun ommabopligi kafolatlangan”) deb tushintirishadi. Ommabop litsenziya bilan himoyalangan dasturiy ta’minotdan nusxa olish erkin yoki COPYLEFT nomi bilan ham ma’lum.

COPYLEFT эмблемаси
1990 yillarga kelib, GNU loyihasi ichida erkin operatsion tizim hosil qilinishi uchun asosiy qismlar yaratilgan edi. Emacs tahrirlovchisidan tashqari, Stolmen yangi dasturlarni yaratuvchi “gcc” (GNU C Compiler) kompilyator va dasturlarni to’g’rilovchi “gdb” sozlovchini ishlab chiqdi. GNU asoschisi mashhur dasturchi bo’lib, bir o’zi tijorat dasturlash guruhlaridan o’tib, haqiqatdan takomillashtirilgan va ishonchli kompilyator yaratdi. Hattoki hozirgi kunda ham gcc kompilyatori deyarli barcha operatsion tizimlarga moslashtirilib, amalda faol ishlatilmoqda.

Bu davrda GNU loyihaga qo’shilgan boshqa dasturchilar ham juda ko’p foydali dasturlar ishlab chiqishgan. Ulardan ikkitasini alohida qayd qilish mumkin: Si kutubxonasi va “shell” qobig’i. Si tilining amaliy kutubxonasining GNU hodimi Roland Makgras hosil qilgan. yana bir dasturchi Brayyan Foks kompyuterni boshqarish uchun foydalanuvchini operatsion tizim bilan bog’lovchi, o’zaro muloqotini ta’minlovchi mashhur BASH (Bourne Again Shell) qobig’ini yaratgan.

Demak, 90 yillarda GNU tizimini yakunlash uchun faqat bitta asosiy qismi – yadro etishmagan edi. Yuta shtati universitetida “Hurd” nomli yadro ishlab chiqarilishi kutilgan. Lekin tasoddifiy inqilobchi, yosh fin talaba Linus Torvalds saxnaga chiqadi.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling