Kovrak (ferula L.) Turkumi turlarining sifobaxshlik xususiyatlari
Download 36 Kb.
|
KOVRAK (FERULA
KOVRAK (FERULA L.) TURKUMI TURLARINING SIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI Sulaymonov X.N., Mirzayev B.M., Chorieva G., Ergashev B., Mamanazarov M., Toshkent Davlat Agrar Universiteti E-mail: tuag-info@edu.uz
O‗rta Osiyo, shu jumladan, Respublikamiz hududi shifobaxsh o‗simliklarga boy o‗lkadir. Foydali o‗simliklar ichida Ziradoshlar (Apiaceae L.) oilasi vakillari alohida o‗rinni egallaydi. Bu oila ichida Ferula L. turkumi turlari eng ko‗p (180- 200) turga ega bo‗lib, uning O‗rta Osiyo va Qozog‗istonda 110 dan oprtiq, O‗zbekistonda 44 turlari uchraydi. Bu turkum turlari efir moyli, yem-xashak, asalchil, shifobaxsh, kraxmal beruvchi, aromatik, ozuqabop va texnika o‗simliklari hisoblanadi. Ferula L. turkumi turlari tarkibida smola (yelim), efir moylari saqlab, tibbiyotda, oziq-ovqat sanoatida, lak-bo‗yoq va ziravor modda sifatida qo‗llaniladi. O‗simlik ildizidan olinadigan yelim nastoyka, emulsiya holida o‗ta charchash (isteriya) ning oldini olishda, bundan tashqari, yel haydovchi, balg‗am ko‗chiruvchi vosita sifatida foydalaniladi. Ferula L. turkumiga taaluqli turlardan olinadigan gal‘ban (gal‘ban, eron galbani) turli qizdiruvchi, surtma (plastir) lar tarkibiga kiradi. Ferula L. turkumining ba‘zi turlari - F. foetida, F. renardi, F. alliacea, F. angrenii, F. persica, F. szowitschiana ning yo‗g‗onlashgan ildizlari, yosh maysalari, barglari va urug‗lari mahalliy aholi tomonidan iste‘mol qilinadi. F. sumbul ning xushbo‗y hidli ildizi ham qandolatchilikda ishlatiladi. F. rigidula ning mevasi baliqchilik sanoatida konservani xushbo‗y qilish uchun foydalaniladi. Ferula L. turkumi turlarini kompleks o‗rganish natijasida yangi-yangi dorivor preparatlar yaratilmoqda (Saidxodjaev va b., 1974; Melibaev va b., 1980; Malikov va b., 1998; Kurmukov, Axmedxodjaeva, 1994). F. tenuisecta o‗simligi estrogen xususiyatga ega moddalar saqlashi aniqlandi va shu asosda ginekologiyada qo‗llaniladigan ―Tefestrol‖ va veterinariyada ishlatiladigan ―Panoferol‖ preparatlari yaratildi. Ferula L. turkumi turlari nektar va perga (mum) beruvchi o‗simliklar qatoriga ham kiritiladi. Bizning hisob-kitobimizga ko‗ra faqat G‗arbiy Tyan-shanda 194
shundan 21 monokarp va 18 polikarp turlari asalarichilikda katta ahamiyatga ega. Ferula L. turkumi turlari efir moyli, xusht‘am- aromatik, smola (yelim) beruvchi, shifobaxsh, kumarinlar, terpenoidlar, laktonlar saqlovchi, asalchil va perga beruvchi, yem-xashаk, oziqabop Markova va b., 1954; Rahmonqulov va b., 1981), texnika va kraxmal-qand saqlovchi o‘simliklardir‘ Ferula L. turkumi turlari har xil ekologik sharoitda o‗sishi tufayli ular yem- xashak o‗simligi sifatida ham ahamiyati katta. Turkumining 40 ga yaqin turlari muhim yem – xashak xususiyatiga ega bo‗lib, ayniqsa, F. tenuisecta, F. kuhistanika, F. foetida, F. foetidissima, F. dshizakensis, F. akitschkensis, F. ferganensis, F. tschurovskiana, F. ugamica, F. karatavika, F. ovina, F. tschimganica, F. prangifolia, F. litvinoviana, F. ferulaeoides, F. penninervis, F. rubroarenosa va F. kokanika turlari har xil o‗simliklar guruhida edifikator va subedifikator sifatida uchrab muhim ahamiyat kasb etadi. Ferula L. turkumi turlarining urug‗lari oziqabop konsentrat hisoblanib, uni qorako‗l qo‗ylari, otlar, tuyalar yozda va qishda sevib iste‘mol qiladilar. S.M. Karpov (1954) ma‘lumotlari bo‗yicha F. akitschkensis o‗simligi 14,34 % protein (hazm bo‗ladigani), 9,7 % yog‗, 16,9 % klechatka saqlaydi. Turkum turlarining mevasi oqsil moddalarga boy bo‗lganligi uchun ulardan parrandalarni semirtirishda foydalaniladi (Utiyaganova va b.,1973). Ferula L. turkumi turlari xalq tabobatida keng qo‗llanilganligi tufayli ularning maydonlari tobora qisqarib bormoqda, ba‘zi turlari Respublika ―Qizil kitobi‖ ga kiritilgan. Agar 1984 yilda chop etilgan ―Qizil kitob‖ga bu burkumning 2 turi kiritilgan bo‗lsa, 2009 yilgi nashrda bu miqdor 7 taga etdi. Shunday qilib, Ferula L. turkumi turlari dorivor, oziqabop, xushbo‗y ta‘m beruvchi o‗simliklar hisoblanadi. Sassiq kovrak (1-rasm) Farg‗ona vodiysi, Zarafshon daryosining quyi qismida, Qizilqumda, Surxon-SHerobod vodiysi va Ustyurtda tarqalgan. O‗simlik qurg‗oqchilikka chidamli, o‗sish sharoitlariga talabchan emas. O‗rta Osiyoda kovraklarning 104 turi uchraydi. O‗zbekiston florasida 45 turi keltirilgan. O‗zbekiston Qizil Kitobiga 5 turi kiritilgan: Archa kovrak, Nor kovrak, Sumbul kovrak, Tuganakli kovrak va Qizilqum kovragi. O‗zbekistonda sanoat masshtablarida kovrakning ikki turi: sassiq kovrak va qo‗xiston kovragi ishlatiladi. O‗simlik urug‗larini ekish orqali ko‗paytiriladi. Ekishdan oldin tuproqni begona o‗tlardan tozalaniladi, organik va mineral o‗g‗itlar bilan boyitiladi. Ekish uchun ma‘qul joy, o‗simlik tabiiy o‗sish arealiga yaqin hududlar hisoblanadi. Asosiy shudgorni 25-30 sm chuqurlikda o‗tkaziladi. Keng qatorli qilib ekiladi. Qatorlar orasi 70 sm, ekish normasi 2-3 kg/ga, ekish chuqurligi 2-3 sm. Ekish muddati noyabr-dekabr oylari hisoblanadi, chunki kuzda urug‗ni unishga yo‗l qo‗ymaslik kerak. Bahorda, mart oyining o‗rtalarida urug‗lar unib chiqadi. O‗simlikda ikkinchi chin barg hosil bo‗lgandan so‗ng begona o‗tlardan tozalanadi va yagona qilinadi. 40-50 sm.da bir tupdan o‗simlik qoldiriladi. 195
1-rasm. Ferula foetida
O‗simlikning ildizidan 4-5 yili barglar soni 6-8 tadan ortganda shira olish ishlari boshlanadi. Dastlab o‗simlik barglari qurib boshlagan vaqtda, ya‘ni barglar ildiz bo‗g‗zidan oson ajraladigan vaqtda ildiz atrofi 30x30 sm sxemada kovlanadi. Barglari oxistalik bilan ildiz bo‗g‗zidan ajratilib ildiz ustiga bostiriladi. Barglari shamolda uchib ketmasligi uchun ozroq tuproq bilan ko‗miladi va o‗simlik ildizi 30 kun mobaynida dimlanadi. Ushbu vaqt davomida o‗simlik ildizida shira to‗planadi. So‗ngra ildiz usti oxistalik bilan tozalanadi. Tozalangandan so‗ng maxsus o‗tkir pichoq bilan kesiladi. Uch kundan so‗ng ildiz ustki qismidagi donak, shiralar yig‗iladi. Ushbu tadbirning davomiyligi pichoqning o‗tkirligiga va ildizni qimirlatib shikast etkazmaslikka bog‗liq. Har bir ildiz yupqa qilib kamida 15 martagacha kesiladi. Yig‗ilgan shira 5-10 kg.li plastmassa idishlarda 1 yilgacha saqlanadi. Tashkil etilgan plantatsiyalarda har 10 m 2
maydonda 2-3 dona o‗simlik urug‗ olish va tabiiy ravishda tiklanishi uchun qoldiriladi. Urug‗lari to‗liq etilgan davrda yig‗ib olinadi. Kovrakning qatroni (smola) asosan asab tizimi faoliyatini yaxshilashda, yo‗talni qoldiruvchi vosita sifatida qo‗llaniladi. U og‗riqni qoldiruvchi, tinchlantiruvchi va ichni yumshatuvchi xususiyatlarga ega. Uning tarkibida faol modda bu efir moyidir. Uning davolovchi xususiyatlari haqida olimlarning fikri turlicha. Kimdir uni katta dozada ham zararsiz desa, boshqalar uni zaharli deb ta‘kidlashadi. Veterinariya amaliyotida u ichak va teri parazitlariga qarshi vosita sifatida foydalaniladi. Kovrak o‗tkir, kuchli, yoqimsiz, uzoq turadigan sarimsoq piyoz hidiga ega. Etishtiriladigan joylarda ovqatga solinadigan ziravorlar sifatida ishlatiladi. Eron, Afg‗onistonda kovrakni qo‗y go‗shtidan tayyorlanadigan taomlarga solinadi. Hindiston va Indoneziyada sabzavotli va guruchli ovqatlarga qo‗shiladi. Kovrak 196
kislotasining 60% gacha efirini tutuvchi qatron, azaresitannol, kumarinlar, efir moyi, vanilin va bir qator boshqa moddalar Bir necha ming yillar davomida insonlar tomonidan foydalanilib kelinayotgan kovrak turlarining ayniqsa sassiq kovrak turning biologiyasini o‗rganish, ekib ko‗paytirish hamda undan oziq-ovqat sanoatida qo‘llashni targ‘ib qilish dolzarb muammo hisoblanadi.
Adabiyotlar 1. Саидходжаев А.И. Сесквитерпеноидные производные рода Ферула Л. // Химия природ. соедин. 1979. 4. С. 332-336. 2. Коровин Е.П. Иллюcтративная монография рода Ферула Л. (Тоурн.) Ташкент. 1947. 93 с. 3. Курмуков А.Г., Ахмедходжаева Х.С. Эстрогеновые лекарственные препараты из растений рода ферула. Ташкент: Издателскополиграфическое объединение имени Ибн Сино. 1994. 69 с. 4. Пименов М.Г. Семейство Зонтичные // Определитель растений Средней Азии. Ташкент. 1983а. Т. 7. С. 276-313. 5. Рахманкулов У., Мелибаев С., Саидходжаев А.И. Сренеазиатские виды рода Ферула Л.источник сесквитерпеновых производных // Биологическое особенноци и распространение перспективных лекарственных растений. Ташкент: ФАН. 1981. С. 138-153. Download 36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling