Kovul (capparis spinosa L.) O`Simligining kimyoviy xossasi, ozuqaviy qiymati va xalq tabobatidagi ahamiyati


Download 0.5 Mb.
bet3/5
Sana25.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1396195
1   2   3   4   5
Bog'liq
KOVUL

Davlat

dorivor qismi

Ishlatilish metodi

Tibbiyotda ishlatilishi

Eron

ildiz va meva

qaynatma

bezgak kasalligi

Eron
Pokiston

meva va ildizi

damlama

gemorroy

Hindiston

kurtaklari va ildizi

quritilgani

yalig`lanish

Misr,
Rumiya

ildiz va tanasi

damlama

tomoq og`rig`i

Xitoy

mevasi va ildizi

quritilgan holda

bosh og`rig`i

Saudiya Arabitoni,
Marokash

ildizi va poyasi

damlama

sovuq urganda

O'simlikni turli davlatlar turlicha nomlaydi: inglizlar caper, forslar kabar, arablar alaf e mar, fransuzlar kaprier, ispanlar alkaparro, italyanlar kapero, malayzlar melada, filipinlar alkaparra va hindlar himsraa deb nomlashgan.
KOVULNING KIMYOVIY TARKIBI
O’simlik tarkibida rutin, Vitamin C, qand hamda yod birikmasi va boshqa moddalar uchraydi. Shu bilan birga oqsillar, karbon suvlari, efir moylari kabi organik moddalar va Ca,Mg,Na,K,P,Fe,Zn,Cu,Mn kabi biogen elementlar mavjud. Qrim, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Shimoliy Afrika va Oʻrta dengizning toshloq yerlarida koʻp tarqalgan. Janubiy Yevropada ekiladi. Kovulning gʻunchasi, mevasi sirkalab yoki tuʻzlab ovqatga solinadi. Mevasida 18% oqsil moddalar, 36% cha moy bor. Choʻl va adirlarda, yoʻl boʻylarida, devorlar ustida, ekinlar orasida oʻsadigan kovul koʻp urugʻli rezavor boʻlib, mevalari etdor, uzunligi 2 smga boradi. Iyul-avgust oylarida urugʻlari pishadi. Bu dorivor oʻsimlikning mevalari tarkibida saponinlar, alkaloidlar, 32,9 % uglevodlar, 150 mg askorbin kislota, 3,75 % moy, ildiz poʻstlogʻida staxidrin alkaloidi mavjud.

2-rasm. Kovul tarkibidagi nukleotidlar. 1-uratsil, 2-uridin, 3-inosin, 4-adenosin, 5-gipoksantin.
Kovul o'simligini tarkibini bilish maqsadida uning organlarini tekshiramiz. Eng ko'p tekshirilgan organ uning mevasi hisoblanadi. Kovul tarkibida turli xil ikkilamchi metabolitik modallar mavjud bo'lib, bunga alkaloidlar, indollar, flavanoidlar, furan, pirol, tetraterpenlar fenol kislota va sterollar misol bo'la oladi. Bundan tashqari, o'simlikning meva, barg, ildiz va novdalari ham tekshirilganda, tarkibida nukleozid va nuklein kislotalar ham borligi aniqlangan.

3-rasm. Kovulning ildizlari va mevalaridan ajratilgan alkaloidlar. 6-Staxidrin, 7-(4-Hidroksi-1H-indol-3-karboksoaldegid, 8-kapparilozid, 9-kapparilozid, 10(2-gidroksi-6-metoksi-1H-indol) etanon, 11-(2,3-dihidro-7-gidroksi-2-okso-1H-indol-3-sirka kislotasi), 12-(indol3-karboaldegid), 13-(indol-3-karboksil kislota), 14-flazin, 15-(1-(6-Metil-2-pirazinil)-1,2,3,4-butanetrol), 16-kadabitsin, 17-isokodonokarpin, 18-kapparisin, 19-kodonocarpine, 20-kapparispin, 21-(kapparispin 26-O-β-D-glyukoza), 22-(kadabisin 26-O-β-D-glyukoza).

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling