Kran mexanizmlari impuls-kalitli boshqariluvchi elektr yuritmalari. Reja


LIFTLARNING TAVSIFLARI,TEXNIK KO’RSATKICHLARI


Download 45.52 Kb.
bet8/25
Sana10.11.2023
Hajmi45.52 Kb.
#1764305
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
2-semestr sirtqi 1-mavzu

LIFTLARNING TAVSIFLARI,TEXNIK KO’RSATKICHLARI.
Reja:
  1. Liftlar to’g’risida umumiy ma'lumotlar


  2. Yo’lovchi liftlar konstruksiyasi.




Liftlar to’g’risida umumiy ma'lumotlar
Xalq xo’jaligining barcha sohalarida keng ko’lamda har xil turdagi vertikal ko’tarish mashinalari ishlatilib kelinmoqda. Vertikal yo’nalishli transportining ko’p tarqalgan turi bu shaxar communal xo’jaligida va sanoatda odamlarni va yuklarni qavatlar aro tashuvchi liftlar hamda yer osti konlarida odamlarni va yuklarni tashuvchi shaxta ko’tarish mashinalari. Liftlar qisqa qaytariluvchi siklik rejimda ishlovchi va bikir yo’naltiruvchilar bo’ylab vertikal harakatlanuvchi kabina yoki platformalardir. Liftlarning avtomatlashtirish, foydalanish qulayligi va o’ta xavfsizligi yuqori darajada bo’lishligi ta'minlanishi shart.
Yo’lovchilarni tashuvchi liftlar to 15000 N gacha yuk ko’tarish imkoniyatiga ega bo’lib, 5-21yo’lovchiga mo’ljallangan. Yuk tashuvchi liftlar esa 50000 N gacha yuk ko’tarishi mumkin.
Kabinaning ishchi tezligi bo’yicha liftlar bir necha guruhlarga bo’linadi: sekin yuradigan – tezligi 0,5 m/s gacha; tez yuradigan – tezligi 1,0 m/s gacha; jadal yuradigan – tezligi 2,5 m/s gacha; o’ta jadal yuradigan –tezligi 2,5 m/s yuqori.
Yo’lovchi liftlar konstruksiyasi
Yo’lovchi liftlar asosan 1-rasmda tasvirlangan konstruktiv ko’rinishga ega bo’ladi. Zamonaviy liftlarda kabinasining holati, tezligi va tezlanishi, harakat yo’nalishi, yo’lovchining buyrug’i bo’yicha ishlaydigan eshiklarning ochilib-yopilishi mikroprosessor bilan boshqariladi.
1 – liftning ishlashini boshqaruvchi kompyuter, 2 – motor; 3 – liftning boshqaruvining ijrochi tizimi; 4 - kabinani ko’taruvchi po’lat arqonlar; 5 – yo’naltiruvchi roliklar; 6 – posangi yukni yo’naltiruvchi relslar; 7 – posangi yuk; 8 – lift kabinasini yo’naltiruvchi relslar; 9 – kabina; 10 – kabina eshiklarini ochuvchi mexanizm; 11 – qavatlar bo’yicha xotira banki.

Download 45.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling