Kran mexanizmlari impuls-kalitli boshqariluvchi elektr yuritmalari
Download 175.1 Kb.
|
Kran mexanizmlari impuls-kalitli boshqariluvchi elektr yuritmala
KRAN MEXANIZMLARI IMPULS-KALITLI BOSHQARILUVCHI ELEKTR YURITMALARI. Reja: 1. Kranlar mexanizmlarining impuls-kalitli boshqariluvchi elektr yuritmasi; 2. Kranlar mexanizmlarining impuls-kalitli boshqariluvchi elektr yuritmasi sxemasi. Kran mexanizmlarida impuls-kalitli boshqariluvchi elektr yuritma sxemalari qo’llanilishi mumkin. 1-rasm.Kranlar mexanizmlarining impuls-kalitli boshqariluvchi elektr yuritmalarining sxemalari: a - ko’priksmon to’g’rilagich ko’rinishidagi tiristorli kommutatorli, b - uch juft qarama-qarshi parallel ulangan diodlar va tiristorlardan iborat tiristorli kommutatorli, v - elektr yuritmalarining mexanik tavsiflari. Asinxron motor rotorining zanjiriga yarim boshqariluvchi ko’priksmon to’g’rilagich ko’rinishidagi tiristorli kommutator (TK) kiritilgan.Uning chiqishiga rezistor R2d ulangan. TK tiristorlarni boshqarish releli element RE orqali bajariladi. Bu sxema uch xil rejimda ishlashi mumkin. Birinchi rejim. TK tiristorlariga boshqarish signallari berilmagan. Asinxron motor rotorining zanjiriga qo’shimcha Rp rezistor ulangan. Bu holatga A mexanik tavsifi mos. Ikkinchi rejim. RE ishga tushirilgan. Tiristorlarga boshqarish signallari berilgan, TK ochiq va motor rotorining zanjiriga qo’shimcha Rp rezistordan tashqari yana R2d rezistor ulangan. Bu holatga B mexanik tavsifi mos. Uchinchi rejim. Uchinchi rejim birinchi va ikkinchi rejimlarni ketma ketligidan iborat bo’lib, u 1 va 2 nuqtalar orasidagi tezliklar zonasida ishlaydi. Bunda TK ni impulsli ulanish va o’chirish rejimida asinxron motor momenti a va b mexanik tavsiflari orasida bo’ladi. Impuls-kalitli boshqariluvchi elektr yuritma sxemasining ikkinchi variantida (8.1, b) rezistorlar rotorning o’zgaruvchan tok zanjiriga ulangan, TK uch juft qarama-qarshi parallel ulangan diodlar va tiristorlardan iborat. Birinchi va ikkinchi sxemalarning ishlash prinsipi bir xil bo’lib, ikkinchi variantdagi sxemaning asosiy afzalligi bu kichik tezliklarda taxogeneratorlarni qo’llamasdan bikir mexanik tavsifni olishdir. Download 175.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling