Kreativ fikrlash
-rasm. Edvard de Bononing noodatiy fikrlashga oid beshta
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Kreativ fikrlash
4.1-rasm. Edvard de Bononing noodatiy fikrlashga oid beshta
qoidasi 13 Edvard de Bono ongga oid “telefon liniyasi” deb ataluvchi g’aroyib usulni o’ylab topgan. Aytishlaricha, u tez-tez ta’tilga chiqib, musiqa tinglar, qushlarning sayrashini eshitar, bog’dorchilik bilan shug’ullanar ekan. Muhimi, ta’til paytida hech narsaga diqqatini qaratmaslik. Miya dam olayotganida, ong muntazam xabarlarni jo’natib turadi. Ular, odatda, noodatiy xabarlardan iborat. Shu tariqa de Bono reklama aksiyalari va matnlarni “yaratadi”. Shu o’rinda bir necha maslahatni aytib o’tish maqsadga muvofiq: 1. Tasavvuringizni shakllantiring (barcha his qilish organlaringizni ishga soling), bir xil qolipdagi fikrlardan qoching. Aynan ular bizning fikrlarimiz ko’rinishini belgilashini eslaysizmi? 2. Miyangizni “oziqlantiring”: Fantastikaga oid yaxshi adabiyotlarni o’qing, mulohaza qiling va tahlil qiling. G.A.Altshullerning hisobicha, J.Vernning 108 tadan 99 ta, G.Uellsning 86 tadan 77 ta, A. Belyaevning 50 tadan 47 ta bashorat qilingan g’oyalari amaliyotda qo’llanilgan. 13 Edward de Bono asarlari asosida mualliflar tomonidan tayyorlangan 72 3. Miyaning “qotib qolishi”ga yo’l qo’ymasdan, doim mashq qildiring. Yuqorida keltirilgan de Bononing 5 qoidasiga qarang: odatiy narsalarga shubha bilan qarang. O’zingizni ijodiy to’xtamlar qilishga undang va ularni yodda saqlab qoling (shu yerda g’oya bo’lishi lozim). O’zingizga o’zingiz shart qo’ying. O’zingizga g’ayrioddiy savollar bering. Turli variantlarni izlang. Bir fikrga bo’lgan qarashlaringizni almashtirib ko’ring. O’zlashtirilgan malakalar har qanday vaziyatda sizga ijodiy yechimlarni topish imkonini beradi. 4. Har qanday bo’sh daqiqani odatdagi noodatiy narsani topishga sarflang. 5. Izlanishdan to’xtamang, noodatiy masalalarni yechish – murakkab jarayondir, faqat o’z ustingizda tizimli va uzluksiz ishlasangizgina istalgan natijaga erishishingiz mumkin. 6. Yangi g’oyalarni o’ylab topish qoidasini yodda tuting. Misol uchun, bir kunda beshtadan g’oya o’ylang. Hattoki, kreativ bo’lmagan va umuman o’zingiz amalda qo’llamaydigan, ma’nosiz g’oyalarni ham yozib boring. 7. G’oyalaringizni saqlab qo’ying: vaqt o’tishi bilan sizga qiziq tuyulgan g’oyalarni qo’llmasligingiz mumkin, nuqtai nazaringizni o’zgartirishingiz yoki mavjud g’oyalar asosida yangi g’oyalarni yaratishingiz mumkin. 8. Har bir ijodkor kishi tavakkal qilish qobiliyatiga ehtiyoj sezadi va o’z qaroringiz uchun javobgarlikdan cho’chimasligingizga ishonch hosil qiling. Xulosa qilib aytganda, inson hayoti tasavvur etish, fikrlash, xotirada saqlash kabi jarayonlar ichida kechadi. Noodatiy fikrlash, noodatiy 73 tafakkurni rivojlantirish orqali, hatto uzoq muddat ichida bo’lsa ham, yangi g’oyalar tug’ilishi mumkin. Bu jarayon harbiy xizmatchilar faoliyatida yanada muhim o’rin tutgan holda, eng murakkab va qiyin vaziyatlardan chiqish uchun noodatiy, biroq samarali qarorlar qabul qilishda qo’l keladi. Aqliy hujum – bu aniq belgilab berilgan muammolarni hal qilish maqsadida o’rganuvchi guruhlar tomonidan g’oyalarni yaratish uchun foydalanadigan usul. Boshqariladigan sharoitda va erkin fikrlash muhitida jamoalar muammoga “Biz qanday hal qilishimiz mumkin?” savollari bilan murojaat qilishadi. Ular juda ko’p g’oyalarni ishlab chiqaradi va potensial yechimlarni topish uchun ular orasidagi aloqalarni o’rnatadi. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling