Kreativ fikrlash
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Kreativ fikrlash
topadi?
Albatta, bu isteʼdodga bolalikdan ega odamlar bor. Odatda, bunday odamlar ochiqlik, tashabbuskorlik bilan ajralib turishadi. Eng kamida bunday insonlar – taniqli shaxs va ijodiy fe’l-atvorli kishilar bo’lishadi. Ingliz tilida ko’pchilikka tanish “thinking outside the box“ (so’zma- so’z “korobka (qutidan) tashqarida fikrlash“) degan ibora mavjud bo’lib, u nostandart xatti-harakatlarni aniqlash uchun ishlatiladi. Buni o’zbek tiliga quyidagicha tarjima qilish mumkin: “doiradan tashqarida o’ylash 36 qobiliyati”. Barcha bolalar juda ijodiy bo’lishadi – buni ko’plab testlar tasdiqlangan. Lekin vaqt o’tishi bilan, odatiy fikrlash stereotipi ishlab chiqiladi va bu nostandart xatti-harakatlarga “yo’q“ deyilishiga olib keladi. Shu sababli, ijodiy fikrlashni rivojlantirishning asosiy vazifasi odatiy xatti- harakatlardan qochishdir. Korobka (quti)ning ramkalari, inson fikrlari psixikaning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanish o’rniga kundan kun odat tusiga kirgan tor, o’zi yaxshi biladigan yo’l bo’ylab yurganda kelib chiqadi. Misol uchun, agar biz ham uyga har kuni bitta yo’ldan yurib odatlangan bo’lsak, bir kun boshqa yo’lni topishimiz va har kuni yangi variantlarni o’zimiz uchun ixtiro qilishimiz orqali “korobka”dan chiqishimiz mumkin. Yangi joylarda bo’lish, bilmagan narsalarni o’rganish yoki bilgan narsamizmi tubdan farq qiluvchi biror boshqa yo’l orqali bajarishni o’rganish foydalidir. Ijodiy fikrlashni rivojlantirishning yana bir yo’li – sanʼatga bo’lgan ehtiros. Misol uchun, musiqa asboblarini o’ynash yoki chalish barmoqlarning mayda motorika ko’nikmalarini rivojlantiradi. Ulardan impulslar miyaga keladi. Shu sababli musiqachilar ko’pincha juda aqlli bo’lishadi. Sport bilan shug’ullanish, raqsga tushish, ko’proq toza havoda yurish ijodiy fikrlashni rivojlantirishga hissa qo’shadi. Istalgan tasvirlarni chizing, jamoaviy o’yinlarni o’ynang, orzularingizni tasavvur qiling – bu faqat lazzat emas, balki orzularingiz ijrosini taʼminlashi va ijodiy fikrlashni rivojlantirish shaklidagi foydali narsalarni keltirib chiqaradi Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling