Kreativ fikrlashda evristik qoidalarning turlari. Tasodifiy


Evristik о‘qitishda о‘quvchi oldingi olgan bilimini о‘zlashtiradi, keyin uni ijodiy о‘zlashtirish orqali о‘zining loyihasida qо‘llaydi. Bu yerda oldingi bilimlarni о‘rganish orqali kelajakka intilish


Download 22.12 Kb.
bet2/2
Sana25.04.2023
Hajmi22.12 Kb.
#1397229
1   2
Bog'liq
Mavzu- Kreativ fikrlashda evristik qoidalarning turlari-fayllar.org

Evristik о‘qitishda о‘quvchi oldingi olgan bilimini о‘zlashtiradi, keyin uni ijodiy о‘zlashtirish orqali о‘zining loyihasida qо‘llaydi. Bu yerda oldingi bilimlarni о‘rganish orqali kelajakka intilish shiori amal qiladi.


  • Evristik о‘qitishda о‘quvchi oldingi olgan bilimini о‘zlashtiradi, keyin uni ijodiy о‘zlashtirish orqali о‘zining loyihasida qо‘llaydi. Bu yerda oldingi bilimlarni о‘rganish orqali kelajakka intilish shiori amal qiladi.

  • Evristik о‘qitish erkin rivojlanish maktabiga asoslangan bо‘lib, uning nazariyasi evristik didaktika hisoblanadi.

  • Evristik о‘qitishning mazmuni va maqsadi о‘quvchilar tomonidan о‘zining mustaqil fikrini loyihalash (konstruksiyalash) maqsad qilib olinadigan, ta’limning maqsadi va mazmuni hamda uni tashkil qilish jarayoni, tashhis qо‘yish va tushunib yetish evristik ta’lim va о‘qish hisoblanadi.

  • Evristik о‘qitishning prinsiplari ma’lum pedagogik sharoitga moslashtirib о‘qitish bо‘lib, unda о‘qitishda о‘qituvchi va о‘quvchini oldindan natijasi ma’lum bо‘lmagan muommoni yechishga undaydi.

  • Evristik о‘qitish nafaqat о‘quvchilarni balki о‘qituvchilarni ham rivojlanishga chorlaydi, chunki о‘qituvchilarga о‘quv jarayonida haqiqatni “bilmaslik” vaziyatini tashkil qilishga tо‘g‘ri keladi.

  • О‘quvchi о‘zining mashg‘ulotlari rejasini tuzadi, о‘zining shaxsiy qarashlarini asosiy masalaga qaratadi. Masalan, detalga о‘lchamlarini qо‘yishda uning shaklini, geometrik obrazlarni, uni tayyorlash jarayonlarni о‘rganishga harakat qiladi. Detalga ishlov berishdagi jarayon haqida о‘zining shaxsiy fikrini, detalning geometriyasi, uni yaxshilash haqidagi izlanishlar, texnik va texnalogik konstruksiyalash, dizayn kabilar ustida bosh qotiradi. Natijada о‘quvchilar о‘zlari о‘rganayotgan soha haqida shaxsiy individual rejalarini tuzishadi.

  • Evristik о‘qitishning yо‘nalishlari.

  • Evristik о‘qitishni ba’zida ijodiy faoliyat bilan bog‘lashadi. Lekin uning asosiy uchta yо‘nalishi mavjud:

  • 1.Evristik faoliyat о‘zida ijodiy ta’limiy mahsulot yetishtirish jarayonlarini qamrab oladi.

  • 2.Evristik faoliyatni tashkil qiluvchi bilish jarayonlari ijod qilishdagi eng zaruriy jarayon hisoblanadi.

  • 3. Evristik faoliyatda tashkiliy, metodologik, psixologik va boshqa jarayonlar ijodiy va bilish faoliyatini ta’minlaydi.

  • Evristik о‘qitishning prinsplari.


  • Muayyan pedagogik sharoitda qо‘llaniladigan о‘qitishni evristik о‘qitish tushunish mumkin.

  • 1. О‘quvchi tomonidan о‘zining asosiy erkin tanlab olinadigan ta’lim elementlari prinsiplari: ma’no, maqsad, mazmun, faoliyatning shakli va kо‘rinishi, ishlash usullari, о‘quv vositalari, ta’lim natijasini baholash mezonlari.

  • Evristik о‘qitishning asosiy maqsadi: о‘quvchilarda bilim, erkin ijod qilish, о‘quv predmetining barcha bо‘limlari bо‘yicha ijod qilish imkoniyatini yaratib berish, lekin erkinlik vazifasiz bо‘lmaydi.

  • 2. О‘rganilayotgan sohaga ta’lim faoliyatining mosligi. Ushbu prinsip bо‘yicha о‘quvchilar, masalan, chizmachilikdan tayyor bilimlarni о‘rganishi emas balki, chizmachilikning о‘zi bilan uning muommolari haqida qanchalik о‘ylashi muhim hisoblanadi.

  • 3. О‘qitishning hamrohlik prinsipi. О‘qituvchi tomonidan har qanday ijodda namayon bо‘layotgan ijobiy kо‘rsatgichlar hamrohligi qо‘llab-quvatlanadi. О‘quvchining evristik harakatiga yordam berish uchun о‘qituvchi evristik vaziyatlarni yaratib beradi. О‘quvchida fanga nisbatan qiziqish uyg‘otish va uning shaxsiy faoliyatida bilimlar asosini mustahkam egallashi yо‘lida о‘qituvchi unga sharoit yaratib beradi.

  • 4. Mustaqil ta’lim olishning refleksivtik (fikr yuritish) prinsipi. Refleksiya – bu fikr yuritish faoliyati jarayonida о‘quvchining о‘zi nima qilayotganini tushunishi, u bilan nima hodisa rо‘y berayotganligini anglashidir. Refleksiyaning asosiy maqsadi – о‘quvchi tomonidan faoliyatidagi asosiy tarkib (komponent)larni aniqlash, eslash va anglash. Refleksiya о‘quvchiga kelajakda faoliyatining maqsadini qayta aniqlashga va о‘zining ta’lim yо‘lini ravon qilishga yordam beradi.

  • Refleksivtik о‘qitish – о‘quvchiga shaxs sifatida individuallikda yagona ekanligini tushunishga yordam beradi. О‘quvchining uddaburonligi evristik faoliyatda va uning mahsulotida yaqqol namayon bо‘ladi. О‘quvchi sо‘zsiz eng avval о‘zining faoliyatidagi hamma narsaga qodirligini, individualligini kо‘rsata boshlaydi.

  • Pedagogika oliy о‘quv yurtlarida “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yо‘nalishi talabalari muhandislik grafikasi (chizmachilik) darslarida konstruksiyalash (loyihalash) asoslaridan ta’lim olishadi. О‘rta maktab chizmachilik predmetida ham loyihalash mavzusiga oid darslar ajratilgan.

  • Quyida avval о‘rta maktabda, sо‘ngra pedagogika oliy о‘quv yurtida loyihalashga doir darslarni tashkil qilish haqida mulohaza yuritiladi.

  • О‘rta maktablarning 9-sinfida detalning shaklini о‘zgartirishga oid grafik masalalar, detalning fazoviy holatini о‘zgartirishga va qayta loyihalashga oid ijodiy grafik ishlarni tashkil qilish mavzularda loyihalash, dizayn asosida berilgan buyumni о‘ziga jalb qila oladigan holda uning kо‘rinishi gо‘zal va chiroyli hamda bejirim shaklda о‘zgartirish, vaznini ham kamaytirish, yangi konstruktiv element kiritish, yangi foydali sifatlar berish yо‘li orqali buyumning og‘irligini kamaytirish, pishiqligini oshirish, ishlov berishni soddalashtirish, foydalanishda qulaylik hususiyatlarini hisobga olgan holda loyihalash sо‘ralgan. Masalan, 6–chizma, a dagi detalning vazni (og‘irligi)ni kamaytirish maqsadida uning shakli geometriyasi qisman dizayn talabida о‘zgartirilgan. Natijada 6–chizma, a, b, c va d lardagi kо‘rinishga о‘zgardi.

  • Masalan, geometrik jism kub shunday loyihalanishi lozimki, undan yasalgan model H, V va W lar о‘rnida berilgan teshiklar orqali tig‘iz о‘tsin degan vazifa berilgan bо‘lsa, о‘quvchi V tekislikdagi modelning bosh, H dagisidan ustdan va W dagisidan modelning chapdan kо‘rinishi tig‘iz о‘tishini kо‘z oldiga keltirib, ijodiy izlanishlar olib boradi va bir qancha uzinishlardan keyin turlicha loyihalar yaratiladi. О‘qituvchi bilan olib borilgan muloqatlar natijasida tо‘g‘ri javob aniqlanadi). 7-chizma, a, b, c, d larda mustaqil bajarish uchun shunday mazmundagi masalalar berilgan.

Download 22.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling