12.1-rasm. Fikrlash dizayni - usulining boshqa usullardan ajralib turadigan xususiyatlari15
Dizayn bu – muammoni hal qilishdir. Dizayner bu – muammoni hal qiluvchi shaxs.
Muammoni hal qilish, samarali yechim topish uchun dastavval tadqiqot o’tkazish va muammoni aniq belgilab olish, so’ngra asosiy e’tiborni muayyan “og’riqli nuqtalar”ga qaratish, g’oyalar ishlab chiqish va ularning orasida eng yaxshilarini tanlab olish, prototip yaratish va sinovdan o’tkazish zarur.
Fikrlash dizayni - usuli bu bosqichlar qanday o’tishini, nimalarga e’tibor qaratish lozimligi va har bir bosqichda qaysi vositalardan foydalanishni tavsiflaydi.
12.2. Fikrlash dizayni bosqichlari
Fikrlash dizayni uslubi mualliflari Xasso Plattner va Devid Kelli - biznes va boshqaruv amaliyotini an’anaviy muhandislik ta’limi bilan birlashtiradigan dizayn - maktabi asoschilari hisoblanadi. Ular fikrlash - dizaynini o’ylab topgan deb bo’lmaydi, chunki mohiyatan fikrlash dizayni - bu sog’lom fikrdir. Biroq Plattner va Kelli tamoyillarni tushunchaga oid konsepsiyaga joylab, brend yaratdi va amaliyot sifatida rivojlantira boshladi. Ijodiy jarayon bosqichlarini o’rganib, foydalanuvchini markazga qo’yib, biznesni ijodiy jarayon sifatida ifodaladi. Ijodkor shaxslar esa biznes vazifalarini yaxshiroq tushuna oladi.
Shu o’rinda mashhur pedagog, yozuvchi Deyl Kornegining bir fikrini keltirib o’tish maqsadga muvofiq: “Qo’lingizga limon tushsa undan limonad yasang”.16 Buning mazmuni aynan bugungi kunda juda dolzarb bo’lib bormoqda. Fikrlash dizaynining an’anaviy fikrlashdan asosiy farqi tanqidiy tahlil emas, balki jarayonga ijodiy yondashuv bo’lib, kutilmagan g’oyalar muammoni yechishning eng yaxshi yo’lini namoyon etishi mumkin.
Fikrlash dizayni - usuli olti bosqichdan iborat:17
Har bir bosqich ikki qismdan iborat: divergent (lat. divergere – tarqalish) – bitta muammoning ko‘plab yechimlarini izlash. Konvergent (lat. sonvergere – to‘planish) – vazifani hal qilish bo‘yicha yo‘riqnomadan aniq foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |