Креатив педагогиканинг умумий асослари
Download 64.7 Kb.
|
Islyamova Rozaxon!
Mavzu : Tarbiya diagnostikasida umumiy metodlar Reja : 1. Tarbiyaviy diagnostikaning asosiy funksiyalari 2. Tarbiya diagnostika metodlarining tasnifi, turlari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar 3. Pedagogik konsilium medoti va undan foydalanish yo‘llariDiagnostika so‘zi- ( yunoncha diagnostikos- aniqlashga qodir)-klinik tibbiyot va veterinariyaning kasallikni aniqlash, uni davolash va oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida organizmni tekshirish usullarini o‘rganadigan fandir. Ushbu atama pedagogika bilan bog‘langanda ta’lim va tarbiya jarayonida yuzaga keladigan muammolarni chuqur o‘rganish uni sabablarini izlash va albatta yakuniy xulosa asosida korreksiya ya’ni tuzatish ishlarini olib borish bilan shug‘ullanuvchi sohadir.Istalgan kasbiy faoliyat sohasida diagnostika uning tarkibiy qismi hisoblanadi. Masalan ishlab chiqarish jarayonida mahsulotning sifatini belgilab berish bu holatdan tarbiyachi va o‘qituvchilarning faoliyati ham mustasno emas. Har bir pedagogning o‘zini ta’lim berish va tarbiyalash usullari mavjud bo‘lib, pedagoglar ushbu faoliyatlari natijasini doimo tekshirib baholab boradi va ushbu faoliyatining natijalari past bo‘lgan taqdirda uning sabablarini o‘rganib bartaraf etib boradi. Ammo bu holat hali diagnostika bilan bog‘langan holat degani emas.Diagnostika pedagogik maqsadlarda o‘tkazilib tahlillar asosida yangi tahlil analiz olinib ularni sharhlash asosida ta’lim sifatini oshiradi va ta’lim-tarbiya jarayonida ta’lim oluvchilar shaxsini rivijlantiradi. - Olingan yangi yangi axborotlar asosida o‘qituvchi pedagogik faoliyatida ta’lim sifatini oshiradi;Ta’limda pedagogik diagnostika ta’lim – tarbiya faoliyatida uning sifat va samaradorligini aniqlab beruvchi amaliyot hisoblanib, unda erishilgan muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlikni ko‘rsatib beradi. Uni takomillashtirish imkonini ochib beradi. U dars jarayonida ta’lim sub’ektlari faoliyatida pedagogik texnalogiyalarni qo‘llash jarayonida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda diagnostika ta’lim maqsadi va mazmuni, metod va vositalari, motivlar va qobiliyatlar asosida natijani ro‘yobga chiqarishga yordam beradi.Download 64.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling